Kichik xomaki yozuvlar – asosiy tushunchalar bilan tanishtiradi, bilimlari tor sohada (o‘rganilayotgan fanng bo‘limid) qo‘llashni talab etadi.
Ifodalash shakli bo‘yicha: qog‘oz keyslar, videokeyslar, multimedia keysllar.
O‘lchami bo‘yicha: to‘la keyslar (o‘rtacha 20-25 bet) bir necha kun mobaynida jamoa bo‘lib ishlashga mo‘ljallangan va, odatda, o‘z yechimining taqdimotini jamoaviy ishlab chiqishga qaratadi; qisqa keyslar (3-5 bet) bevosita darsda ishlashga mo‘ljallangan va umumiy munozara, deb qaraladi. Mini keyslar (1-2 bet) qisqa keyslar kabi auditoriyada muhokama etishga mo‘ljallangan va qisman darsda beriladigan nazariyaga ko‘rgazma sifatida qo‘llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |