Tayanch tushunchalar: metod, o‘qitish metodi, usul, metodika, qoida, sugestopedia, jigsaw reading, socratic seminar, philosophical chair, ma’ruza, seminar, amaliy mashg‘ulot, ta’lim vositalari
Mavzuning qisqacha mazmuni: mazkur mavzuni o‘qish davomida talabalar metod, o‘qitish metodi, usul, metodika, qoida kategoriyalarining farqi, ta’lim metodlari tasnifi, AQSHda til o‘rganishning zamonaviy metodlari, ta’limni tashkil etish shakllari va vositalari, ta’lim sifatini nazorat qilish va uning turlari haqida ma’lumotga ega bo‘ladilar.
M ETOD, O‘QITISH METODI, USUL, METODIKA, QOIDA KATEGORIYALARINING FARQI NIMADA?
Metod so‘zi grekcha tadqiqot, maqsadga erishish yo‘li, usuli deganidir. Bu so‘zning etimologiyasi (kelib chiqishi) uning ilmiy kategoriya sifatidagi talqinida ham aks etgan. “Metod – eng umumiy ma’noda – maqsadga erishish usuli, ma’lum tarzda tartibga solingan faoliyat”.
Do'stlaringiz bilan baham: |