8.Ta’limning fanlararo bog‘liqliq tamoyili. Ta’limning asosiy maqsadi o‘quvchi-talabalarni mustaqil hayotga tayyorlash, ya’ni turli xil hayotiy sharoitlarda o‘z bilim, malaka va ko‘nikmalarini amalda qo‘llay olish darajasiga yetkazishdir. Shuning uchun ta’lim jarayonida o‘quvchi-talabalarni faqat ilmiy bilimlar bilan qurollantiribgina qolmasdan, balki ana shu fanlararo bog‘liq bilimlarni amaliyotda qo‘llay olishlarini ta’minlash lozim. Demak, bu tamoyil ta’limning fanlararo bog‘liqligi bilan hamohang bo‘lib, ular bir-birlarini to‘ldirib keladilar. Ta’limning fanlararo bog‘liqligi ilmiy bilimlarni nazariy jihatdan o‘rganishga, mantiqiy bog‘liqliklarni tushunishiga, fikrlash qobiliyatini o‘stirishga xizmat qilsa, amaliy harakatlar ana shu bilimlarni amalda qo‘llab ko‘rish, yanada to‘liqroq ishonch hosil qilish, malaka hamda ko‘nikmalarni shakllantirishga yordam beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |