O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti


Pedagogik texnologiyaning mezonlari



Download 3,69 Mb.
bet179/258
Sana30.01.2022
Hajmi3,69 Mb.
#419288
1   ...   175   176   177   178   179   180   181   182   ...   258
Bog'liq
Мажмуа Умумий педагогика Ибрагимовга

Pedagogik texnologiyaning mezonlari. Ta’lim shakllari, usullari, uslubiy tizimlari xususiy metodikalar ko’rinishida hosil bo’lgan bo’lib, ular takomillashib borishi jarayonida texnologiyaga o’sib o’tadi.
Texnologiya universal xususiyatga ega bo’lib, uni har bir mutaxassis tomonidan amalga oshirish, bir xil darajada bajarish va ko’zda tutilgan maqsadga erishish mumkin. Uning metodikadan asosiy farqi shundaki, metodika o’qitish usullari va yo’llarining ma’lum shaxs uchun qulay bo’lgan majmuidan iborat. Metodika o’qituvchining bilim, ko’nikmalari, mahorati, shaxsiy sifatlari, temperamentiga bog’liq. Buni dasturlashtirilgan ta’lim texnologiyasi bilan turli xususiy fanlarni har xil didaktik vositalardan foydalangan holda jadal (intensiv) o’qitish metodikalari orasidagi farqni solishtirishda ko’rish mumkin.
Shu asosda texnologiyalarning asosiy mezonlarini quyidagicha belgilash mumkin:
1. Ma’lum ilmiy asosga, konsepsiyaga tayanish.
2. Tizimlilik, o’quv-tarbiya jarayoni va uning tarkibiy qismlarining o’zaro mantiqiy bog’liqligi.
3. Samaradorligi, ta’lim standartlariga erishishni kafolatlashi, talab qilinadigan vaqt, kuch va vositalarning me’yor darajasida ekanligi.
4. Boshqalar tomonidan qayta amalga oshirish mumkinligi.
Ta’limning kafolatlangan natija beradigan texnologik jarayonini yaratish yo’lidagi dastlabki qadam 60-yillarda yaratilgan dasturlashtirilgan ta’lim bo’lgan edi. Bunda o’quvchi to’liq o’zlashtirishga erishguncha bajarishi lozim bo’lgan barcha vazifalar aniq ketma-ketlikda, batafsil ishlab chiqilgan dastur tuziladi. Bu dastur ta’lim maqsadida ko’zda tutilgan darajadagi bilim va ko’nikmalarni har bir o’quvchi o’zlashtirishini kafolatlashi lozim. O’zlashtirish jarayonining borishi haqida o’qituvchi bilan birga o’quvchining o’ziga ham axborot yetib turadi. O’quvchi mantiqiy bog’langan qisqa vazifalarni ma’lum ketma-ketlikda bajarish orqali deyarli xatolarsiz asosiy maqsadga yetib bora oladi. Bunday texnologiya o’quv jarayonini to’liq nazorat qilish imkoniyatini beradi. Bunda mantiqiy bog’langan qisqa vazifalar ketma-ketligi ta’lim jarayonining algoritmini hosil qiladi. O’quvchi va o’qituvchi faoliyatining shunday algoritm asosida tashkil qilinishi ko’zda tutilgan maqsadga erishishni kafolatlaydi. Ta’lim jarayonining shunday tartibda tashkil qilinishini hozirda to’liq ma’noda pedagogik texnologiya deb atash mumkin.
Pedagogik texnologiya ta’lim oluvchilar va tarbiyalanuvchilarga pedagoglar tomonidan kasbiy-pedagogik maqsadlarni amalga oshiruvchi ta’sir ko’rsatilishini tashkil qilish tizimini belgilaydi.
Pedagogik texnologiya pedagogik faoliyatni aniq maqsadlar asosida tashkil qilish hamda uning texnologikligini nazorat qilish imkoniyatini beradi.
Pedagogik texnologiya tizimi pedagogik maqsadlarning aniq amalga oshirilishini ta’minlaydi.
Texnologik tizimning asosiy belgisi kutilgan natijaga erishishni kafolatlashdir. Buning uchun asosiy maqsadga erishishning har bir bosqichida bajarilishi lozim vazifalar, buning uchun talab qilinadigan vositalar hamda metodlarning aniq modullari yoki algoritmlari hosil qilinadi.
Notexnologik tizim (xususiy metodikalar)da esa kutilgan natijaga erishish kafolatlanmaydi.
Pedagogik texnologiya ratsional asosdagi ilmiy mezonlarga asoslangan bo’lishi bilan birga, uning yanada rivojlanishida intuitiv (empirik) bilimlar ham muhim ahamiyatga ega. Shu ma’noda texnologiyani ma’lum ma’noda san’atga qiyos qilinadi. Chunki san’at intuitsiyaga asoslanadi, texnologiya esa fanga asoslanadi. Lekin juda ko’p faoliyat sohalari dastlab san’atdan boshlanadi va texnologiya bilan tugaydi. So’ngra, hammasi boshidan boshlanadi. Pedagogik texnologiyaning rivojlanish jarayonlarida ham ushbu holatlarni kuzatish mumkin. Fanga muvofiq ko’rilgan pedagogik amaliyot pedagogik texnologiyadir.
Ta’lim oluvchilar va ta’lim beruvchilarning o’quv-tarbiya jarayonida avvaldan belgilangan sifatlarning shakllanishiga olib keladigan izchil amaliy faoliyatlarini pedagogik texnologiya deb hisoblash mumkin.
Pedagogik texnologiya (yoki ta’lim texnologiyasi) bor-yo’g’i va eng asosan ta’lim oluvchi yoki tarbiyalanuvchining ta’lim-tarbiya jarayonida qanday faoliyatni va qay darajada amalga oshirishidan iborat.
O’quvchining o’rganilayotgan materialni sifatli o’zlashtirishini ta’minlovchi izchil amaliy faoliyati ta’lim texnologiyasi bo'lishi mumkin.
Har qanday pedagogik texnologiya ba'zi bir metodologik talablarga yoki texnologiklik mezonlariga javob bera olishi kerak. Pedagogik texnologiyalarning asosiy sifatlari quyidagilarda ifoda etiladi:
Konseptuallik. Har bir pedagogik texnologiyaga ta'lim maqsadlariga erishish falsafiy, psixologik, didaktik va ijtimoiy-pedagogik asoslarini ichiga oluvchi ma'lum ilmiy konsepsiyaga tayanish xos bo`lishi kerak.
Sistemalilik. Pedagogik texnologiya sistemalilik belgilariga ega bo`lishi kerak: jarayonning mantiqi, uning hamma qismlari bog`liqligi, yaxlitligi.
Boshqariluvchanligi o`qitish jarayoni diagnostik maqsadni ko`zlash, rejalashtirish, lohalashtirish, bosqisma-bosqich diagnostika qilish, natijalarni tuzatish maqsadida vosita va metodlarni o`zlashtirish mumkinligini ko`zda tutadi.
Samaraliligi. Zamonaviy pedagogik texnologiyalar aniq sharoitlarda mavjud va natijalar bo`yicha samarali, harajatlar bo`yicha optimal bo`lishi, o`qitishning ma'lum standartiga erishishni kafolatlashi kerak (ya'ni, 70% foizdan ortiq tarbiyalanuvchilar “yaxshi” bahoga va “a'lo” bahoga o`qishlari kerak, bu esa agarda sinfda 25 ta tarbiyalanuvchi bo`lsa – shundan 19 tasi deganidir).
Qayta yangilanishi pedagogik texnologiyani boshqa bir turdagi ta'lim muas­sasalarida, boshqa sub'ektlar bilan qo`llanilishini (takror­la­ni­shi­ni, qayta tiklanishini) nazarda tutadi.




REJA:

  1. Innovatsion pedagogika va ta’lim innovatsiyalari. Ta’lim innovatsiyalarining turlari.

  2. Novatsiya (yangilanish). Novatsiya va innovatsiyaning farqli jihatlari.

  3. Innovatsion faoliyat mazmuni. Pedagogning innovatsion faoliyati.

  4. Ta’lim innovatsiyalarini pedagogik jarayonga tatbiq etish bosqichlari.

1.Innovatsion pedagogika va ta’lim innovatsiyalari. Ta’lim innovatsiyalarining turlari


Ilm-fan, texnika, ishlab chiqarish va texnologiyaning jadal rivojlanishi jamiyat hayotining barcha sohalarida taraqqiyotining yangi istiqbollarini ochib berdi. Insoniyatning davlat va jamiyat qurilishiga doir asriy tajribalari ijtimoiy munosabatlarni yangicha yondashuvlar asosida tartibga solish borasidagi ilg‘or yondashuvlarning qaror toptirilishiga olib keldi. Mazkur yondashuvlarning mohiyati so‘nggi yillarda umumiy tarzda “modernizatsiyalash” tushunchasi yordamida ifodalanib kelinmoqda. Xo‘sh, “modernizatsiya” tushunchasi lug‘aviy jihatdan qanday ma’noni anglatadi? Ushbu tushuncha negizida qanday holat tavsiflanadi?
Modernizatsiya (ingl. “modern” – zamonaviy, ilg‘or, yangilangan) – ob’ektning yangi talablar va me’yorlar, texnik ko‘rsatmalar, sifat ko‘rsatkichlariga mos ravishda yangilanishi sanaladi.
Ta’lim tizimining modernizatsiyalashda quyidagi ustuvor vazifalar hal qilinadi:
- har bir shaxsning to‘laqonli ta’lim olishida boshqalar bilan teng huquqliligi va ta’lim olishning ochiqligini ta’minlash;
- uzluksiz ta’lim tizimida yangi sifat ko‘rsatkichlariga erishish;
- yangi ta’lim resurslarini jalb qilish va ulardan samarali foydalanish asosida uzluksiz ta’lim tizimida samarali me’yoriy-huquqiy va tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarni shakllantirish;
- davlat va jamiyatning qo‘llab-quvvatlashi negizida ta’lim tizimi xodimlarining ijtimoiy maqomi va kasbiy kompetentligini rivojlantirish;
- ta’lim tizimining davlat va jamoatchilik boshqaruviga asoslanganlik tamoyiliga muvofiq ta’lim jarayoni ishtirokchilari – talabalar, pedagoglar, ota-onalar va ta’lim muassasalarining rolini oshirishdan iborat. Ta’limni modernizatsiyalash jarayoni o‘z-o‘zidan innovatsiyalarga bog‘liq bo‘ladi.
“Innovatsiya ... ta’limda “miqdor”ning “sifat”ga o‘zgarishi ya’ni kuchli darajadagi sifat bu-sinfda o‘zaro interfaol harakatlar, fikrni ifodalash uchun imkoniyatlar yaratish, hayotiy tajribalarni o‘rganish kabi yangi va samarali yondoshuv va strategiyalar orqali ifodalanadigan atamalarning jamlanmasidir”2 (Aleks Muur. 40-bet).
Pedagogik innovatsiyalar o‘z xususiyatiga ko‘ra quyidagi tarkibiy tuzilishga ega bo‘ladi:
1.Sohada namoyon bo‘layotgan yangilikni ajratib ko‘rsatuvchi blok (unda pedagogikadagi yangi g‘oyalar, pedagogik yangiliklarning tasnifi, ularni asoslashga xizmat qiladigan shart-sharoitlar, yangilik darajasini belgilovchi me’yorlar, pedagoglarning yangiliklarni o‘zlashtirish va undan amaliyotda samarali foydalanishga tayyorliklari, an’analar va novatorlik tashabbuslari, sohada yangiliklarni yaratish bosqichlari aks etadi).
2. Pedagoglar tomonidan yangilikning idrok qilinishi, o‘zlashtirilishi va baholanishi ifodalovchi blok (unda pedagogik jamoalar tomonidan yangiliklarning baholanishi va o‘zlashtirilishi – turli innovatsion jarayonlar, konservatorlik va novatorlik, innovatsiya muhiti, pedagogik jamoalarning yangilikni idrok etish va baholashga tayyorliklari aks etadi.
3. YAngilikdan foydalanish va uni joriy etish bloki (unda yangilikni amaliyotga tadbiq etish va ulardan samarali foydalanish hodisasi ro‘y beradi).
2. Novatsiya (yangilanish). Novatsiya va innovatsiyaning farqli jihatlari
Lug‘aviy jihatdan “innovatsiya” tushunchasi ingliz tilidan tarjima qilinganda (“innovation”) “yangilik kiritish” degan ma’noni anglatadi. “Innovatsiya” tushunchasi mazmunan aniq holatni ifodalaydi.
“O‘zbekiston Milliy ensiklopediyasi”da ko‘rsatilishicha, innovatsiya quyidagicha mazmun va tushunchalarga ega: “Innovatsiya (ingl. “innovationas” – kiritilgan yangilik, ixtiro) – 1) texnika va texnologiya avlodlarini almashtirishni ta’minlash uchun iqtisodiyotga sarflangan mablag‘lar; 2) ilmiy-texnika yutuqlari va ilg‘or tajribalarga asoslangaan texnika, texnologiya, boshqarish va mehnatni tashkil etish kabi sohalardagi yangiliklar, shuningdek, ularning turli sohalar va faoliyat doiralarida qo‘llanishi”.
A.I.Prigojinning fikriga ko‘ra, innovatsiya maqsadga muvofiq ravishda muayyan ijtimoiy birlik – tashkilot, aholi, jamiyat, guruhga nisbatan munosabatga yangicha yondashish, bu munosabatni bir qadar turg‘un elementlar bilan boyitib borish tushunilishi lozim. Bu o‘rinda anglanadiki, muallifning qarashlari bevosita ijtimoiy munosabatlar, ularga nisbatan innovatsion yondashish mohiyatini ifodalaydi. SHundan kelib chiqqan holda har bir shaxs fuqaro, mutaxassis, rahbar, xodim, qolaversa, turli ijtimoiy munosabatlar jarayonining ishtirokchisi sifatida o‘ziga xos innovatsion faoliyatni tashkil etadi.
Amerikalik psixolog E.Rodjers o‘z tadqiqotlarida innovatsion xarakterga ega ijtimoiy munosabatlarning ijtimoiy-psixologik jihatlari, ijtimoiy munosabatlarga yangilik kiritish, bu jarayonda ishtirok etuvchi shaxslarning toifalari, ularning yangilikka bo‘lgan munosabatlari, yangilikni qabul qilish, mohiyatini anglashga bo‘lgan tayyorlik darajasi hamda muayyan shaxslar toifalari o‘rtasidagi innovatsion xarakterga ega ijtimoiy munosabatlarning tasnifi masalalarini o‘rgangan.
Innovatsion ta’lim (ingl. “innovation” – yangilik kiritish, ixtiro) – ta’lim oluvchida yangi g‘oya, me’yor, qoidalarni yaratish, o‘zga shaxslar tomonidan yaratilgan ilg‘or g‘oyalar, me’yor, qoidalarni tabiiy qabul qilishga oid sifatlar, malakalarni shakllantirish imkoniyatini yaratadigan ta’lim.
“Innovatsion ta’lim” tushunchasi birinchi bor 1979 yilda “Rim klubi”da qo‘llanilgan.
Innovatsion ta’lim jarayonida qo‘llaniladigan texnologiyalar innovatsion ta’lim texnologiyalari yoki ta’lim innovatsiyalari deb nomlanadi. Innovatsiyalar turli ko‘rinishga ega.
Ta’lim tizimida yoki o‘quv faoliyatida innovatsiyalarni qo‘llashda sarflangan mablag‘ va kuchdan imkon qadar eng yuqori natijani olish maqsadi ko‘zlanadi. Innovatsiyalarning har qanday yangilikdan farqi shundaki, u boshqarish va nazorat qilishga imkon beradigan o‘zgaruvchan mexanizmga ega bo‘lishi zarur. Mohiyatiga ko‘ra innovatsiyalar munosabat yoki jarayonga yangilik kiritishning dinamik tizimi sanaladi. O‘z-o‘zidan tizim sifatida yangilik kiritirish munosabat yoki jarayonning, birinchidan, ichki mantig‘ini, ikkinchidan, kiritilayotgan yangilikning muayyan vaqt oralig‘ida izchil rivojlanishi va atrof-muhitga ko‘rsatadigan o‘zaro ta’sirini ifodalaydi.
Ilmiy adabiyotlarda “novatsiya” (yangilanish, yangilik) hamda “innovatsiya” (yangilik kiritish) tushunchalarining bir-biridan farqlanishiga alohida e’tibor qaratiladi. Misol uchun, V.I. Zagvyazinskiyning e’tirof etishicha, “yangi”, “yangilik” tushunchasi nafaqat muayyan g‘oyani, balki hali amaliyotda foydalanilmagan yondashuv, metod hamda texnologiyalarni ifodalaydi. Ammo bunda jarayon elementlari yaxlit yoki alohida olingan elementlaran iborat bo‘lib, o‘zgarib turuvchi sharoit va vaziyatda ta’lim va tarbiya vazifalarini samarali hal etish g‘oyalarini o‘zida aks ettiradi.
Darhaqiqat, yangilik – vosita sanalib, u aksariyat holatlarda yangi metod, metodika, texnologiya va b. ko‘rinishida namoyon bo‘ladi.
Mohiyatiga ko‘ra novatsiya va innovatsiya o‘rtasida muayyan farqlar mavjud. Ular quyidagilardir:

Novatsiya

Innovatsiya

1) amaldagi nazariya doirasida qo‘llaniladi;


2) ko‘lam va vaqt bo‘yicha chegaralanadi;
3) metodlar yangilanadi;
4) natija avvalgi tizimni takomillashtiradi

1) tizimli, yaxlit va davomli bo‘ladi;
2) ma’lum amaliyotda yangi faoliyat tizimini loyihalaydi;
3) sub’ektlarning faoliyati to‘la yangilanadi;
4) yangi texnologiyalar yaratiladi;
5) faoliyatda yangi sifat natijalariga erishiladi;
6) amaliyotning o‘zi ham yangilanadi

I.P.Podlasiyning fikriga ko‘ra, ta’lim innovatsionlari quyidagi o‘zgarishlarga olib keladi:


- pedagogik tizimning tamomila o‘zgarishi;
- o‘quv jarayonining o‘zgarishi;
- pedagogik nazariyaning o‘zgarishi;
- o‘qituvchi faoliyatining o‘zgarishi;
- talaba faoliyatining yangilanishi;
- pedagogik texnologiyaning o‘zgarishi;
- ta’lim mazmunining yangilanishi;
- o‘qitish shakl, metod va vositalarining o‘zgarishi;
- ta’lim tizimi boshqaruvning o‘zgarishi;
- ta’lim maqsadi va natijalarning o‘zgarishi
Innovatsiya jarayoni tarkibiy tuzilmalardan iborat bo‘lish bilan birga muayyan qonuniyatlarga ham bo‘ysunadi. Mazkur jarayon uchun quyidagi to‘rtta qonuniyat xarakterli sanaladi.
1- qonuniyat. Pedagogik innovatsion muhitining keskin beqarorlik
2-qonuniyat. Amalga oshish
3-qonuniyat. Qoliplashtirish
4-qonuniyat. (stereotiplashtirish) Pedagogik innovatsiyalarning davriy takrorlanishi
Keskin beqarorlik qonuniyatiga ko‘ra pedagogik jarayon va hodisalar to‘g‘risidagi yaxlit tasavvurlar o‘zgaradi, shakllangan pedagogik yangilik baholanadi va bu yangilikning ahamiyati, qiymati e’tirof etiladi.
Amalga oshish qonuniyati yangilikning hayotiyligini ifodalaydi, unga ko‘ra yangi pedagogik innovatsiyalar stixiyali yoki ongli ravishda o‘ta tezkor yoki tezkor ravisha amaliyotga tatbiq etilai.
Qoliplashtirish (stereotiplashtirish) qonuniyati aksariyat pedagoglarda yangicha tafakkurning qaror topganligini va ularning innovatsiyalarni amaliyotga tatbiq etish yo‘lida faollik ko‘rsatishlarini tavsiflaydi. Bu jarayonda dastlab innovatsion xarakter kasb etgan g‘oyalar yanada ilg‘or yangiliklarni amalga oshirishsh yo‘lida to‘siq bo‘la boshlaydi.
Pedagogik innovatsiyalarning davriy takrorlanishi va qaytarilishi qonuniyati yangiliklarning yangi, yanada qulay sharoitlarda qayta tiklanishini ifodalaydi.
Odatda pedagogik innovatsiyalarning amaliyotga tatbiq etilishi ikki xil kechadi:
1. Pedagogik innovatsiyalarning amaliyotga tatbiqi stixiyali kechadi, ya’ni, innovatsion jarayonda pedagogik yangiliklarga bo‘lgan ehtiyoj hisobga olinmaydi, ularni amaliyotga tatbiq etishda mavjud shart-sharoitlar, usul va yo‘llariga ongli munosabat bildirilmaydi.
2. Pedagogik innovatsiyalarning amaliyotga tatbiqi tizimli kechadi, ya’ni, pedagogik yangiliklar innovatsion jarayonda ongli, maqsadga muvofiq, ilmiy asoslangan faoliyat mahsuli sifatida amaliyotga joriy etiladi.
3. Innovatsion faoliyat mazmuni. Pedagogning innovatsion faoliyati
Pedagogik innovatsion jarayon mohiyati. Zamonaviy ta’limga xos muhim jihatlardan biri – pedagog faoliyatining innovatsion xarakter kasb etishiga erishish sanaladi. Rivojlangan xorijiy mamlakatlarda pedagog faoliyatining innovatsion xarakter kasb etishiga erishish masalasi o‘tgan asrning 60-yillaridan boshlab jiddiy o‘rganila boshlagan. Xususan, X.Barnet, J.Basset, D.Gamilton, N.Gross, R.Karlson, M. Maylz, A.Xeyvlok, D.CHen, R.Edem, F.N. Gonobolin, S.M. Godnin, V.I.Zagvyazinskiy, V.A.Kan-Kalik, N.V.Kuzmina hamda V.A.Slastenin kabi tadqiqotchilar tomonidan olib borilgan ishlarda innovatsion faoliyat, pedagogik faoliyatga innovatsion yondashish, innovatsion g‘oyalarni asoslash va ularni amaliyotga samarali tadbiq etish, xorijiy mamlakatlar hamda respublikada yaratilgan pedagogik innovatsiyalardan xabaror bilish orqali pedagog faoliyatida ulardan faol foydalanish borasidagi amaliy harakatlar mazmunini yoritilgan.
Har qanday innovatsiyada “yangi”, “yangilik” tushunchalari muhim ahamiyatga ega. Turli munosabat va jarayonlarga kiritilayotgan yangilik mazmunan xususiy, sub’ektiv, mahalliy va shartli g‘oyalar tarzida namoyon bo‘ladi.
Xususiy yangilik munosabat, ob’ekt yoki jarayonga tegishli elementlardan birini o‘zgartirish, yangilashni nazarida tutadi.
Sub’ektiv yangilik ma’lum ob’ektning o‘zini yangilash zaruriyatni ifodalaydi.
Mahalliy yangilik alohida olingan ob’ekt uchun kiritilayotgan yangilikning amaliy ahamiyatini tavsiflash uchun xizmat qiladi.
SHartli yangilik esa munosabat, ob’ekt yoki jarayonda murakkab, progressiv yangilanishning sodir etilishini ta’minlovchi ma’lum elementlarning yig‘indisini yoritishga xizmat qiladi.
Rossiyalik olimlar – A.I.Prigojin, B.V.Sazonov, V.S.Tolstoy, N.P.Stepanov va b. esa innovatsion jarayon hamda uning tarkibiy qismlarini o‘rganishga e’tiborni qaratgan. Bu o‘rinda ular innovatsion jarayonning tashkil etilishiga nisbatan quyidagi ikki yondashuv mavjud ekanligini e’tirof etadi:
1) yangilikning individual mikro darajasi (unga ko‘ra qandaydir yangi g‘oya amaliyotga joriy etiladi);
2) alohida-alohida kiritilgan yangiliklarning o‘zaro ta’sirini ifodalovchi makro daraja (bu o‘rinda alohida-alohida kiritilgan yangiliklarning o‘zaro ta’sirlanishi, birligi, raqobati va birining o‘rnini ikkinchisi tomonidan egallanishi ahamiyatli sanaladi).
A.I.Prigojin, B.V.Sazonov va V.S.Tolstoylar o‘z tadqiqotlarida yangilik kiritishning tizimli konsepsiyani asoslashga uringan. Bu o‘rinda mualliflar innovatsion jarayonlarning quyidagi ikki muhim bosqichini bir-biridan ajratib ko‘rsatishadi:
1. YAngilik sifatida namoyon bo‘ladigan g‘oyalarni ishlab chiqish (m: korxona, tashkilot tomonidan muayyan turdagi mahsulotni ishlab chiqishning rejalashtirilishi).
2. YAngilik (muayyan mahsulot)ni kengko‘lamda ishlab chiqish.
«Innovatsion faoliyat – bu yangi ijtimoiy talablar bilan an’anaviy me’yorlarning mos kelmasligi, yoxud amaliyotning yangi shakllanayotgan me’yorining mavjud me’yor bilan to‘qnashuvi natijasida vujudga kelgan muammolarni yechishga qaratilgan faoliyatdir»,-deb ta’kidlaydi V.I.Slobadchikov.
Inson faoliyati o‘z oldiga qo‘ygan maqsadlariga ko‘ra bir-biridan farq qiladi. Masalan, ijodiy faoliyat, ilmiy faoliyat, pedagogik faoliyat, tadbirkorlik faoliyati, o‘quv-biluv faoliyati, boshqaruv faoliyati va innovatsion faoliyat kabilar. Faoliyatning mazmuni, shart-sharoitlari, vositalari o‘zgarib borishi natijasida insonning ahloqiy madaniyati takomillashib boradi.
«Pedagogik faoliyat - jamiyatning ta’lim-tarbiyaga bo‘lgan ehtiyojini qondirish maqsadida umuminsoniy sifatlar va milliy fazilatlarni shakllantirishni ilmiy asoslangan reja-dasturga muvofiq amalga oshirish, ya’ni yosh avlodni hayotga tayyorlaydigan ijtimoiy zarur faoliyat»,-deya ta’riflaydi B.Ziyomuhammedov.
Bugungi kunda pedagogika sohasida yangi ilmiy yo‘nalish - pedagogik innovatsiya va ta’lim jarayonini yangilash g‘oyalarining paydo bo‘lishi natijasida o‘qituvchining pedagogik faoliyatida ham yangi yo‘nalish «o‘qituvchining innovatsion faoliyati» tushunchasi paydo bo‘ldi.
Ta’lim tizimidagi innovatsiyalar, ularni amaliyotga kiritish, innovatsion jarayonlarni boshqarishni tahlil qilish orqali innovatsion faoliyat tushunchasini ta’riflash imkoniyati paydo bo‘ldi. Innovatsion faoliyat - pedagogik jamoani harakatga keltiruvchi, olg‘a boshlovchi, taraqqiy ettiruvchi kuchdir. Innovatsion faoliyat bu amaliyot va nazariyaning muhim qismi bo‘lib, ijtimoiy-madaniy ob’ekt sifatlarini yaxshilashga qaratilgan ijtimoiy sub’ektlarning harakat tizimi bo‘lib, u ma’lum doiradagi muammolarni yechish qobiliyatigina emas, balki har qanday vaziyatdagi muammolarni yechish uchun motivatsion tayyorgarlikka ega bo‘lishdir. O‘qituvchi innovatsion faoliyatining markaziy masalasi o‘quv jarayonini samarali tashkil etishdan iborat. “Barcha amaliyotdagi o‘qituvchilar bilganidek, o‘qituvchining eng asosiy vazifasi o‘quvchilarning o‘qishga bo‘lgan ishtiyoqi pasayganda uni ko‘tarish va mavjud bo‘lgan motivatsiyani o‘qitishning o‘zi orqali (masalan, tanqidiy qarash o‘qituvchi tomonidan beriladigan vazifa va materiallarga) zaiflashtirmaslik yoki buzmaslikdan iborat”
Innovatsion faoliyatni ma’lum bir ijtimoiy amaliyot maydonida ko‘rib chiqish zarur. Bu amaliyotning konkret sub’ekt nuqtai nazaridan, amaldagi an’anaga nisbatan jiddiy o‘zgarishlarga olib keladigan yangi faoliyatni innovatsion deb hisoblash mumkin.
Innovatsion faoliyatning infratuzilmasini innovatsion faoliyatni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan xizmatlarni innovatsion faoliyat sub’ektlariga taklif etuvchi tashkilotlar tashkil etadi. Demak, malaka oshirish institutlari, tuman (shahar) metodika kengashlari, maktab metod birlashmalari o‘qituvchilar innovatsion faoliyat yuritishlari uchun zarur bo‘ladigan xizmatlarni tashkil etishlari kerak.
Shunga ko‘ra «innovatsion o‘zgarishlarni sezish, anglash har qanday o‘qituvchiga ham xos bo‘lavermaydi,-deb yozadi U.Nishonaliyev,- bu yerda eng asosiysi o‘qituvchining o‘zi yangilikni sezishga psixologik jihatdan tayyor bo‘lishidir».
Innovatsion faoliyat -uzluksiz ravishda yangiliklar asosida ishlash bo‘lib, u uzoq vaqt davomida shakllanadi va takomillashib boradi.
O‘qituvchilarni innovatsion faoliyatga tayyorlash muammosiga murojaat etish jamiyatda innovatsion jarayonlar dinamikasining o‘sib borayotganligini tushunish natijasida vujudga keldi. Uning tahlili faqat fan va texnika erishgan zamonaviy yutuqlardan foydalanishni o‘z ichiga olmasdan, balki yangiliklarni izlash, yaratish, moslashtirish, tatbiq etish va olingan natijalarni qayta tekshirish kabi jarayonlarni ham qamrab oladi.
Innovatsion faoliyatning tuzilishini o‘rganib chiqqan olimlardan biri V.Slastenin uni quyidagicha tuzilishga ega deb ko‘rsatib o‘tadi: «Innovatsion faoliyatning tuzilishi-ijodiy yondashuv, ijodiy faollik, yangilikni kiritishga texnologik va metodologik tayyorgarlik, yangicha fikrlash, muomala madaniyati. Innovatsion faoliyatning darajalari: reproduktiv, evristik, kreativ bo‘lishi mumkin».
Innovatsion faoliyat davrida yangiliklar, innovatsiyalar, tom ma’noda ta’lim jarayoniga kirib keladi.
Innovatsion faoliyatga tayyorlashdan maqsad-o‘qituvchining yangilikka intiluvchanligini, mustaqil o‘z ustida ishlash ko‘nikmasi va malakasini shakllantirish, yangi pedagogik texnologiyalar, interfaol metodlardan foydalanib, dars va darsdan tashqari mashg‘ulotlarni o‘tkazish malakasini takomillashtirishdan iborat.
«Innovatsion faoliyat o‘qituvchining o‘z faoliyatidan qoniqmasligidan kelib chiqadi. U o‘qituvchi tomonidan u yoki bu pedagogik vazifani hal qilishda qandaydir to‘siqqa duch kelinib, uni muvaffaqiyatli hal etishga intilish asosida yuzaga keladi».
Innovatsion faoliyat yangi g‘oyani izlashdan boshlanadi. Pedagogik innovatsiya ta’lim-tarbiya jarayonidagi muhim va murakkab masala yechimiga yo‘nalitirilganligi sababli o‘qituvchidan yangicha yondashuvni talab qiladi.
O‘qituvchini innovatsion faoliyatga tayyorlashda bir qator psixologik to‘siqlar mavjud. Bularning birinchisi o‘qituvchining o‘zi ko‘nikkan faoliyat chegarasidan tashqariga chiqishi juda qiyinligi, ya’ni o‘qituvchilarda ijodkorlikning yyetarli emasligi bo‘lsa, yana bir sabab yangi va noma’lum narsalar har doim odamlarda cho‘chish va xavfsirashni keltirib chiqarishidir.
A.M. Xon o‘qituvchilarda innovatsion faoliyatni shakllantirishda uchraydigan psixologik to‘siqlarning ikki turini ajratadi: kognitiv psixologik to‘siqlar va muntazam paydo bo‘ladigan to‘siqlar. Kognitiv psixologik to‘siqlar yangilik haqidagi bilimlarning yetishmasligi, yangilikni his qilmaslik va nofaol xatti-harakatlar hisoblansa, muntazam psixologik to‘siqlar yangilikka nisbatan ishonchsizlik, rahbariyatga ishonmaslik, tashabbuskorlarni qo‘llab-quvvatlamaslik va odatda yangilik kirituvchilarga qarshi kurashish kabi ko‘rinishlarda namoyon bo‘ladi.
4. Ta’lim innovatsiyalarini pedagogik jarayonga tatbiq etish bosqichlari
Odatda pedagogik innovatsiyalarning amaliyotga tatbiq etilishi ikki xil kechadi:
1. Pedagogik innovatsiyalarning amaliyotga tatbiqi stixiyali kechadi, ya’ni, innovatsion jarayonda pedagogik yangiliklarga bo‘lgan ehtiyoj hisobga olinmaydi, ularni amaliyotga tatbiq etishda mavjud shart-sharoitlar, usul va yo‘llariga ongli munosabat bildirilmaydi.
2. Pedagogik innovatsiyalarning amaliyotga tatbiqi stixiyali kechadi, ya’ni, pedagogik yangiliklar innovatsion jarayonda ongli, maqsadga muvofiq, ilmiy asoslangan faoliyat mahsuli sifatida amaliyotga joriy etiladi
Bugungi kunda pedagoglarning innovatsion faoliyat ko‘nikma, malakalariga ega bo‘lishlari muhim ahamiyatga ega. Pedagoglar tomonidan innofatsion faoliyat ko‘nikma, malakalarini o‘zlashtira olishlarida ularning innovatsion yondashuvga ega bo‘lishlari talab etiladi. O‘z mohiyatiga ko‘ra pedagoglar tomonidan innovatsion faoliyat ko‘nikma, malakalarining o‘zlashtirilishi ularda innovatsion yondashuvni qaror topishi asosida kechadi. Pedagoglarda innovatsion yondashuvning qaror topishi ham murakkab jarayon bo‘lib, u bir necha bosqichda kechadi
Demak, ilm-fan, texnika, ishlab chiqarish va texnologiyaning rivojlanishi ta’lim tizimida ham tub o‘zgarishlar sodir bo‘lishiga olib keladi. Ta’lim tizimining modernizatsiyasi davlat va jamiyat malakali kadrlarga, shaxsning esa sifatli ta’lim olishga bo‘lgan ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda ro‘y beradi.
Ta’lim amaliyotida pedagogik texnologiyalarning qo‘llanilishi ta’lim tizimi modernizatsiyasining tarkibiy elementi hisoblanadi. Zamonaviy sharoitda ta’lim-tarbiya jarayonlarini texnologiyalashtirish kam kuch va vaqt sarflagan holda kutilayotgan natijani qo‘lga kiritishga imkon beradi, o‘qitish sifatini yaxshilab, samaradorligini oshiradi.
Pedagogik innovatsiyalar pedagogik faoliyatga yangiliklarning izchil olib kirilishini tavsiflaydi. Pedagogik innovatsiyalarning didaktik imkoniyatlariga ko‘ra ta’lim tizimi va jarayoni rivojlanib boradi. O‘qituvchining innovatsion faoliyati pedagogik jamoani harakatga keltiruvchi, olg‘a undovchi, bunyodkorlikka rag‘batlantiruvchi kuch sifatida namoyon bo‘lib, ta’lim jarayonining sifatini kafolatlaydi. SHu sababli har bir o‘qituvchi innovatsiyalarning mohiyatini to‘la tushungan holda o‘z faoliyatiga izchil tatbiq eta olishi zarur.
O‘qituvchi innovatsion faoliyatining mezonlari va uni shakllanish bosqichlari. Innovatsion faoliyat o‘qituvchining hamma muvaffaqiyatini belgilovchi asosiy faoliyat bo‘lib, u shaxsning kasbiy, metodik mahoratini sifatli qayta qurish demakdir. O‘qituvchilarning innovatsion faoliyatga tayyorgarligini tahlil qilishni 3 bosqichda amalga oshirish maqsadga muvofiq bo‘ladi:
1. YAngilikni pedagogik faoliyatda qo‘llashdan oldingi davrdagi o‘qituvchi faoliyatini tahlil qilish.
2. Innovatsion faoliyatning faol shakllanish davrini tahlil qilish.
3. Pedagogik jarayonga yangilik kiritilib bo‘lgandan keyingi davrdagi faoliyatni tahlil qilish.



Download 3,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   175   176   177   178   179   180   181   182   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish