Ijtimoiy pedagogika faoliyat pedagogika fani sohasi sifatida Reja - Ijtimoiy pedagogikaning tadqiqot ob’ekti va predmeti.
- Ijtimoiy pedagogikaning tamoyillari.
- Ijtimoiy pedagogikaning kategoriyalari.
- Ijtimoiy pedagogika fanining paydo bo‘lishi va rivojlanishi.
Ijtimoiy pedagogikaning maqsadi, vazifalari, ob'ekti va predmeti. Ijtimoiy pedagogika o`z nomiga ko`ra sotsium, ya'ni jamiyat bilan shug`ullanadi. Shu bois uni jamiyat tarbiyasi ham deyish mumkin. Jamiyat tarbiyasi deganda “Inson” tizimi ichida olib boriladigan tarbiya tushuniladi. Ya'ni, bevosita insonlararo munosabatlar jarayonidagi tarbiyaviy ta'sir, shuningdek ijtimoiy institutlar faoliyatining (xayriya jamg`armalari, tashkilotlar, jamiyatlar va assotsiatsiyalar) tarbiyaviy ta'siri nazarda tutiladi. Ijtimoiy “autsayderlar”, ya'ni qariyalar, nogironlar, yolg`iz yashovchilar, iqtisodiy nochor aqvolda yashovchilar va xalqning shu kabi boshqa tabaqalariga kiruvchilarga yordam berish ijtimoiy pedagogikaning maqsadalaridan biridir. Chunki faqat jamiyat va ijtimoiy ta'sir vositasida insonlarda insoniylik, vatanparvarlik, ijtimoiy faollik, mas'uliyatlilik singari fazilatlarni shakllantirish mumkinki, ushbu jarayonda oila, maktab va boshqa o`quv muassasalari yordamchilar sifatida faoliyat ko`rsatadi. Ijtimoiy pedagogika (lat.socium-jamiyat)ning asosiy vazifasi ijtimoiy tarbiya muammolarini o`rganishdan iborat. Demakki, uning ob'ekti ijtimoiy hayotiy tarbiyaviy jarayonlardir. Predmet esa, shaxsning shakllanishiga ijtimoiy muhitning ta'siri qonuniyatlari, jumladan oilaning, birlashmalarning, jamqarmalarning tarbiyaviy ta'siri kabilar hisoblanadi. Demak, ijtimoiy pedagogikaning predmeti -bu shaxsning ijtimoiylashuv jarayonidir. Ижтимоий педагогика фанининг вазифалари - YU.V.Vaselkova ijtimoiy pedagogikaning asosiy vazifalari sifatida tarbiyaviy, ijtimoiyhuquqiy va ijtimoiyreabilitatsion umumlashmalarni ajratadi.
- Tarbiyaviy vazifa bolani atrof muhitga qo’shilish, uning ijtimoiylashuv jarayoni, o’quv va tarbiya jarayoniga ko’nikishini ko’zda tutadi.
- Ijtimoiy- huquqiy vazifa davlatning bolalarga g’amxo’rligi, ularning huquqiy himoyasini bildiradi.
- Ijtimoiy reabilitatsion vazifa-nogiron, jismoniy va ruhiy nuqsonlarga ega bolalar bilan tarbiyaviy va o’quv ishlarini olib borishdir. Bunda asosiy ijtimoiy vazifalarni pedagog bajaradi.
- SHu bilan birga u vazifalarning yanada kengroq tavsiflarini ham beradi:
- falokatga uchragan bola(o’smir)larga yordam ko’rsatish. Inqirozdan chiqish yo’llarini topish, qiyin vaqtda qo’llab-quvvatlash ham muhimdir;
- bola(o’smir)ni, uning holatini, oila va maktabdagi munosabatlarini o’rganish;
- bolani o’rab turgan va unga ta’sir qiluvchi turli ijtimoiy sohalardagi ijtimoiy tarbiya holatining tahlili;
- ijtimoiy pedagogning ijobiy tajribani tahlil qilish, tarqatish, targ’ib qilishga qaratilish;
- u bola(o’smir) faoliyatini o’z-o’zini tarbiyalash, o’z-o’zini o’qitish va o’z hayotini mustaqil tashkil qilishni bilishga qaratishi ;
- ijtimoiy pedagog bola (o’smir) muammolarini hal qiluvchi, uning inqirozi, huquqlariga aloqador tashkilot, mutaxassislarni birlashtirish bilan ham shug’ullanish;
- ijtimoiy pedagogning vazifalaridan biri ijtimoiy tarbiyaning turli muammolarini o’rganishni tashkil qilish, ijtimoiy pedagoglar faoliyatini tahlil qilishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |