Tayanch tushunchalar: pedagogik diagnostika, tarkibiy diagnostika, tuzilmaviy diagnostika, tizimli diagnostika, korreksiya, kompensatsiya, ijtimoiy reabilitatsiya, ijtimoiy adaptasiya, oilaviy tarbiya, reabilitasiya.
Mavzuning qisqacha mazmuni: ta’lim tizimi oldida ta’lim va tarbiya jarayonida har bir bolaning barkamol o‘sishini ta’minlashdek muhim va mas’uliyatli vazifa turadi. Maktab pedagoglar jamoasi bu murakkab vazifani bajarar ekan, ba’zan ayrim bolalarning o‘qishida qiyinchiliklari borligini ko‘radi. Bular ta’lim-tarbiyadagi bo‘shliqlar natijasida paydo bo‘ladi.
PEDAGOGIK DIAGNOSTIKA VA PEDAGOGIK KORREKSIYA – TA’LIMNING AJRALMAS QISMI SIFATIDA
Korreksion pedagogika turli kategoriyali anomal bolalarni mutaxassislar yordamida maxsus ta’lim dasturiga muvofiq rivojlantirish, o‘qitish va tarbiyalashning umumiy qonuniyatlarini ishlab chiqish, ularni har tomonlama, fiziologik va psixologik o‘rganish hamda kamol toptirishga yo‘naltirilgan yaxlit jarayondir.
Do'stlaringiz bilan baham: |