Zamonaviy darslar quyidagi talablarga javob bera olishi lozim:
fanning ilg‘or yutuqlari, pedagogik texnologiyalardan foydalanish, darsni o‘quv-tarbiyaviy jarayon qonuniyatlari asosida tashkil etish;
|
darsda barcha didaktik tamoyil va qoidalarning optimal nisbatlarini ta’minlash;
|
o‘quvchilarning qiziqishlari, layoqati va talablarini hisobga olish asosida ular tomonidan bilimlarning puxta o‘zlashtirilishi uchun zarur sharoitlarni yaratish;
|
o‘quvchilar anglab yetadigan fanlararo bog‘liqliklarni o‘rnatish;
|
ilgari o‘rganilgan bilim va malakalari, shuningdek, o‘quvchilarning rivojlanish darajasiga tayanish;
|
shaxsning har tomonlama rivojlantirishni motivatsiyalash va faollashtirish;
|
o‘quv-tarbiyaviy faoliyat barcha bosqichlarining mantiqiyligi va emotsionalligi;
|
pedagogik vositalardan samarali foydalanish;
|
zarur bilim, ko‘nikma va malakalar, fikrlash va faoliyatning ratsional usullarini shakllantirish;
|
mavjud bilimlarni doimo boyitib borish ehtiyojini yuzaga keltirish;
|
har bir darsni puxta loyihalashtirish, rejalashtirish, tashxis va taxmin qilish.
|
XX asrning 70 – yillari o‘rtalarida milliy maktablarda o‘quvchilarning mashg‘ulotlarga qiziqishlari pasayish xavfi aniqlandi. Muammoni bartaraf etish maqsadida nostandart darslarning tashkil etilishiga alohida e’tibor qaratildi. Nostandart dars an’anaviy tuzilishdagi improvizatsion o‘quv mashg‘ulotidir.
Pedagogik adabiyotlarni tahlil qilish nostandart darslarning o‘nlab turlari mavjudligini ko‘rsatdi. Ular orasida “berilish” darsi, amaliy o‘yinlar, matbuot konferensiyalari, ijodiy hisobotlar, musobaqalar, KVN turidagi o‘yinlar, tanlov, teatrlashtirilgan darslar, binar, kompyuterli darslar, fantaziyalar, “sudlar”, haqiqatni izlash, “paradokslar”, auksionlar, dialoglar va boshqalar bor.
Ochiq dars bu ilk bor past o‘zlashtiruvchi talabalariuchun Siegfried Engelman tomonidan ishlab chiqilgan o‘rgatish metodi. Yuqori saviyada tashkillangan darslar va ochiq fikr-mulohazalar. U mavzudan chetlashish va darsni samarasiz chiqmasligini ko‘zlagan holda dars jarayonini faollashtirishni maqsad qilgan. Bu metodni quyidagi kalit tushunchalar sharhlaydi:
O‘quvchilar kichik guruhlarga bo‘linadi.
E’tibor o‘qituvchiga qaratiladi.
O‘qituvchi tomonidan alohida tashkillashtiriladi.
Maqsadli harakatlar va faol munosabat o‘qituvchi tomonidan amalga oshiriladi.
Faol munosabat, fikr-mulohazalar va xatolarni to‘g‘rilash.
Yuqori natija
Ta’kidlash joizki, “ochiq dars” atamasi pedagogika matnlarida qo‘llanilganda, muhokamada bo‘lgan kuchli uslubdagi metod va maxsus instruksiyaviy dizayn tushuniladi, leksiya yoki seminar darslari kabi sodda bo‘lmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |