AFZALLIKLARI
|
KAMCHILIKLARI
|
TAYYORLANISH
|
Mavzuga shaxsan aniqlik kiritadi.
|
Yaxshi notiq bo‘lmasligi mumkin.
|
Notiqlar bilan gaplashib, munosibini tanlash.
|
Auditoriyaning bir maromdaligini buzishi mumkin.
|
|
Notiqni munosib tarzda tanishtirish.
|
Baholarni aniqlashtirish
AFZALLIKLARI
|
KAMCHILIKLARI
|
TAYYORLANISH
|
Baho va ishonchni tadqiq qilishga imkon yaratadi.
|
Talabalar o‘z fikrlari yuzasidan vijdonli bo‘lmasliklari mumkin.
|
O‘qituvchi topshiriqlarni alohida e’tibor bilan tayyorlashi kerak.
|
Mos muhitda talabalarga o‘z fikrlarini muhokama qilishga imkon yaratadi.
|
Talabalar juda ham qo‘pol bo‘lishlari mumkin.
|
O‘qituvchi to‘g‘ri tushunchalarni berishi kerak.
|
Muhokamaga yo‘nalish beradi.
|
Talabalar o‘zlarini fikrlarini samarali usulda to‘g‘ri og‘zaki ifoda qilmasliklari mumkin.
|
Bahs – munozara uchun savollarni tayyorlashi kerak.
|
Mutaxassislar paneli
AFZALLIKLARI
|
KAMCHILIKLARI
|
TAYYORLANISH
|
Mutaxassislar har xil fikrlarni taqdim qilishadi.
|
Shaxsiylik mavzuni to‘sib qo‘yishi mumkin.
|
O‘qiituvchi panelning markazini aniqlaydi, kirish qismi va xulosa qiladi.
|
Bir kishilik muhokamadan ko‘ra yaxshiroq muhokamani yaratadi.
|
Mutaxassislardan ko‘pincha samarali nutq chiqmaydi.
|
O‘qituvchi panelni qisqacha xulosa qiladi.
|
So‘zlovchilarning tez-tez almashib turishi chalg‘imaslikning oldini oladi.
|
Mantiqiy tartibda bo‘lmasligi mumkin.
|
|
|
Boshlang‘ich yoshdagi o‘quvchilar uchun mos emas.
|
|
O‘quvchilar diqqatini dars davomida jalb qilish usullari
–har 10 daqiqa davom etuvchi mavzu tushuntirishning ikki daqiqasini o‘quvchilarning o‘sha mavzuga bo‘lgan munosabatini aniqlashga va savollariga javob berishga bag‘ishlang. Bu har yo‘lda amalga oshirilishi mumkin, masalan, nimani tushungan bo‘lsa, shuni yozdirish yoki bo‘lib o‘tgan mavzuni muhokama qilish orqali;
–o‘quvchilarning dars davomida bitta joyda o‘tirishiga yo‘l qo‘ymang, ulardan savollarga turli imo-ishoralar (gestures), qo‘l harakatlari (body language) orqali javob berishini talab qiling, yoki tez-tez doskaga chaqirib turing;
–o‘quvchilarning har bir harakati, fikrlariga nisbatan o‘z fikringizni bildiring (feedback). Ular o‘z fikriga qanday munosabatda ekanligingizga qiziqadi va siz bildirgan munosabat ularni ruhlantiradi.
–dars oxirida, o‘quvchilarga dars davomida o‘rgangan va juda qiziqarli deb topgan uchta ma’lumotni aytishini so‘rang.
–har dars so‘nggida, ularni ruhlantiradigan gaplar aytib hayajonga soling, xonadan ko‘tarinki kayfiyatda chiqib ketishlariga ishonch hosil qiling.
(Slechty, 2002)
O‘quvchilarning dars mobaynida o‘zlarini namoyish etishlarini baholash
Rubrik usuli (Rubrics) – bu baholash sistemasi juda ham keng tarqalgan bo‘lib, bunda o‘quvchi bajargan vazifani ma’lum qonun-qoidalarga asoslanib tekshirish tushuniladi. O‘quvchi bajargan vazifaning talabga javob beradigan qismlari qo‘shilib yagona bahoni tashkil etadi.
Portfoli – bu ma’lum o‘quv davri mobaynida o‘quvchining harakatlarini namoyish etadigan ma’lumotlar yig‘indisi yoki mustaqil ravishda bajarilgan ishlarining misollaridir. Umumiy tarzda aytganda bu usul o‘qituvchilarga baholashning aniqroq bo‘lishiga ko‘maklashadi, o‘quvchini bir daqiqada bajariladigan testdan ko‘ra, uning malaka va ko‘nikmalari sezilib turuvchi o‘z mehnati jamg‘armasi, ya’ni portfoliodan foydalanib baholash afzaldir. Portfolio o‘quvchiga bajargan ishlaridan kelib chiqib kelajakda nimalar ustida ishlashi kerakligini bilib olishiga imkon yaratadi.
O‘quvchining o‘z–o‘zini baholashi (Self – assesment) aniq bir kriteriya orqali amalga oshiriladi. Bu jarayonda o‘quvchi o‘z bilimiga nazar tashlaydi va mustaqil
o‘qib o‘rganish jarayoniga nisbatan ko‘proq ma’suliyat his qila boshlaydilar. O‘quvchilar o‘z–o‘zini to‘g‘ri va samarali baholay olishlari uchun o‘qituvchilar ularni baholashning ma’lum bir usuli bilan ta’minlashlari lozim.
REJA:
1. Pedagogik mahorat nima va uning mohiyati.
2. O‘qituvchi pedagogik mahoratining vazifalari va asosiy tarkibiy qismlari.
3. Pedagogik mahoratni egallash vositalari.
4. O‘qituvchi kasbining tarixiy taraqqiyoti va uning jamiyatda tutgan o‘rni.
Tayanch tushunchalar:“Pedagogik mahorat” fani; pedagogik faoliyat; pedagogik jarayonning harakat vositasi; komponent; o‘qituvchining kasbiy tayyorligi; tarkibiy qismlar; prinsiplar; tarbiyalanganlik darajasi; zamonaviy axborot texnologiyalari; murabbiy; mustaqil o‘qib o‘rganish; guruhli va ommaviy tadbirlar; “ilg‘or o‘qituvchi”; “ijodkor o‘qituvchi”; “novator o‘qituvchi”; kasbiy sifatlar tizimi; o‘qituvchi va tarbiyachi.
Mavzuning qisqacha mazmuni: pedagogik mahorat va uning mohiyati, o‘qituvchi pedagogik mahoratining vazifalari va asosiy tarkibiy qismlari, pedagogik mahoratni egallash vositalari, o‘qituvchi kasbining tarixiy taraqqiyoti va uning jamiyatda tutgan o‘rni haqidagi fikrlar o‘z aksini topgan.
PEDAGOGIK MAHORAT NIMA VA UNING MOHIYATI.
Pedagogik mahorat nima? Uning mohiyati nimalardan iborat? Ularni egallash uchun nimalarni bilish kerak? Hozirgi zamon pedagogikasi va psixologiyasi «pedagogik mahorat» tushunchasiga turlicha izoh beradi. Jumladan, “Pedagogik ensiklopediya”da quyidagicha izohlangan: “O‘z kasbining mohir ustasi bo‘lgan, yuksak darajada madaniyatli, o‘z fanini chuqur biladigan, yondosh fanlar sohalarini yaxshi tahlil eta oladigan, tarbiyalash va o‘qitish uslubiyatini mukammal egallagan mutaxassis”. Ushbu ta’rifning mohiyatidan kelib chiqib o‘qituvchining pedagogik mahorati tushunchasi mazmunini shunday izohlash mumkin:
1. Madaniyatning yuqori darajasi, bilimdonlik va aql-zakovatning yuksak ko‘rsatkichi.
2. O‘z faniga doir bilimlarning mukammal sohibi.
3. Pedagogika va psixologiya kabi fanlar sohasidagi bilimlarni puxta egallaganligi, ulardan kasbiy faoliyatida foydalana olishi.
4. O‘quv-tarbiyaviy ishlar metodikasini mukammal bilishi.
Pedagogik mahorat tizimi quyidagi o‘zaro bir-biri bilan bog‘liq bo‘lgan asosiy komponentlardan iborat:
Pedagogik insonparvarlik talablariga bo‘ysunishi.
Kasbga oid bilimlarni boshqa fanlar bilan aloqadorlikda mukammal bilish.
Pedagogik qobiliyatga ega bo‘lish.
Pedagogik texnika sirlarini puxta egallash.
Barcha kasblar orasida o‘qituvchilik kasbi o‘zgacha va muhim ijtimoiy ahamiyat kasb etadi. Zero, o‘qituvchi yosh avlod kamolotining me’mori, yoshlarga ta’lim-tarbiya beruvchi insondir. Bugungi kunda u yoshlarni g‘oyaviy – siyosiy jihatdan chiniqtirib tabiat, jamiyat, ijtimoiy hayot, tafakkur taraqqiyoti qonuniyatlarini o‘rgatadi, mehnat faoliyatiga tayyorlab, kasb-hunar sirlarini puxta egallashlariga ko‘maklashadi va jamiyat uchun muhim bo‘lgan ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatlarni hal etadi. Ana shu mas’uliyat o‘qituvchidan o‘z kasbining mohir ustasi bo‘lishni, o‘quvchilarga tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatib, ularning qiziqishi, qobiliyati, iste’dodi, e’tiqodi va amaliy ko‘nikmalarini har tomonlama rivojlantirish yo‘llarini izlab topadigan kasb egasi bo‘lishni talab etadi. Buning uchun doimo o‘qituvchilarning kasbiy mahoratini, ko‘nikma va malakalarini oshirib borish, ularga har tomonlama g‘amxo‘rlik qilish, zarur shart-sharoitlar yaratish, kerakli moddiy va ilmiy –metodik hamda texnik yordam ko‘rsatish, ijodiy tashabbuskorligini muntazam oshirib borishga ko‘maklashish lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |