Ko‘nikma va malakalarni ishlab chiqish va mustahkamlash darslari bilimlarni mustahkamlash darslari bilan bog‘liq. Bu jarayon bir necha maxsus darslar jarayonida amalga oshiriladi. Boshqa darslarda yangi mavzularni o‘rganishda davom ettiriladi. Shu bilan birga mashqni bajarish ishlari o‘qituvchi yordamida, ular topshiriqni qanday tushunganliklari dastlab jiddiy tekshirish bilan bajarilsa, keyinchalik esa qayerda, qanday qoida qo‘llanilishini o‘quvchilarning o‘zlari belgilaydilar. Ular turli vaziyatlarda malaka va ko‘nikmalarini qo‘llash, shu jumladan, amalda qo‘llashni o‘zlashtirib olishlari kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |