Umumlashtiruvchi darslar (bilimlarini umumlashtirish va tizimlashtirishlar) ilgari o‘tilgan materialdan eng muhim savollari qayta takrorlanadigan va tizimlashtiriladigan, o‘quvchilar bilimidagi bo‘shliqlar to‘ldiriladigan va o‘rganilayotgan kursning muhim g‘oyalari ochib beriladigan darslar hisoblanadi. Umumlashtiruvchi darslar mavzu, bo‘lim va o‘quv kurslarining yakunida o‘tkaziladi. Kirish va yakunlash darsning tarkibiy elementi hisoblanadi. Takrorlash va umumlashtirish hikoya, qisqacha xabarlar, darslikni o‘qib berish yoki suhbatlashish shaklida o‘tkazilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |