O‘zbekisòon respublikasi oliy va o‘RÒa maxsus òA’lim vazirligi o‘RÒa maxsus, kasb-hunar òA’limi markazi


Òurli  xil  so‘roqlarni  bajarish  xususiyatlari



Download 0,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet133/151
Sana29.08.2021
Hajmi0,82 Mb.
#158817
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   151
Bog'liq
bibliografiya

Òurli  xil  so‘roqlarni  bajarish  xususiyatlari
Mavzuli  so‘roqlarni  bajarish — „mavzu“  tushunchasi  juda
keng,  u  ma’lum  bir  masalani,  savolni,  muammoni,  biror
kishining hayoti va ijodini, o‘lka va mamlakat haqidagi ma’lumotni
anglatishi mumkin. Mavzuli so‘roqlar, asosan, sistemali katalog,
kartotekalar  va  ma’lumotlar  bazasi  va  banki,  bibliografik
qo‘llanmalar yordamida bajariladi. Bularga qo‘shimcha ravishda
kitob  ichi  va  jurnal  ichi  ro‘yxatlari,  nashrning  o‘zi — kitob,
gazeta, jurnal, davomli nashrlar, to‘plamlar va boshqa hujjatlar
ham ko‘rib chiqiladi. Masalaning hal etilgani shunda ko‘rinadiki,
ro‘yxatlardan,  albatta,  2 — 3  ta  hujjat  tavsiya  etilishi  kerak.
Masalan,  maktab  o‘qituvchisiga  Oybek  ijodi  haqida  ma’lumot
kerak  bo‘lsa,  notanish  bo‘lgan  yangi  ilmiy  maqolalar  tavsiya
etiladi,  o‘quvchiga  yozma  ish  yozish  uchun  esa  uning  yoshiga
moslab yozuvchi ijodiga oid ommabop nashrlar, talabaning ilmiy
referat  bajarishi  uchun  esa  ilmiy  xarakterdagi  asarlar  tavsiya
etiladi. Bu so‘roqlarni bajarishda alifbo katalogidan tashqari sistemali
va  elektron  katalogdan  foydalanish  zarur,  ularda  kalitli  so‘zlar
yordamida  turli  mavzular  bo‘yicha  adabiyotlar  ro‘yxatini  olish
mumkin. Mavzuli so‘roqni bajarishda so‘roq bilan bajariladigan
ma’lumotning o‘zaro mantiqiy bog‘liqligini belgilab olish kerak.
Agar  kitobxon  so‘rog‘i  juda  keng  qamrovli  bo‘lsa,  uni  suhbat
davomida aniqlashtirib, ixchamlashtirib olish mumkin. O‘lkashu-
noslikka oid so‘roqlarni bajarishda, albatta, o‘lkashunoslik karto-
tekasidan,  o‘lkaga  oid  qo‘llanmalardan,  nashrlarning  o‘zidan
foydalanish  zarur.  Aniqlovchi  bibliografik  ma’lumotlarni  baja-
rishning metodikasi va yutug‘i kitobxonning tayyorgarlik darajasiga,
bibliografik tavsifning qay darajada kitobxonga tushunarli va tanish
ekanligiga bog‘liq. Bunday so‘roqlar ko‘proq kitobxon tomonidan
asar muallifining ism-sharifi, asar nomi, muallif asarining boshqa
muallif  nomi  bilan  atalgandagi  holatida,  muharrir,  tarjimon
yoki  tuzuvchining  muallif  o‘rnida  berilishida,  asar  nomining
noto‘g‘ri  aytilishida,  hali  nashr  qilinmagan  asarni  so‘raganda,
jurnal  yoki  gazeta  maqolasini  alohida  nashr  sifatida  so‘raganda
yuz beradi. Bunday so‘roqlarni bajarish uchun, avvalo, so‘roqning
mazmuni, maqsadi aniqlanadi, bibliografik elementlari to‘ldiriladi.
Keyin  axborotni  qidirish  dasturi  ishlab  chiqiladi,  katalog  va
kartotekadan  to  qo‘llanmagacha  bo‘lgan  axborot  manbalari
tanlanadi, vaqtli matbuot va ma’lumotnoma nashrlar tanlanadi.
Agar qidirilayotgan hujjat kitoblar orasida bo‘lmasa, uni jurnallar


187
orasidan,  so‘nggi  sonida  chiqadigan  adabiyotlar  ro‘yxatidan
qidirish  kerak.
Manzilli bibliografik so‘roqni bajarish juda tez va murakkab
qidirishsiz amalga oshadi. Hujjat haqidagi to‘la va aniq bibliografik
ma’lumotga  ega  bo‘lgan  bibliograf  katalog  va  kartotekalarga,
elektron  katalogga  murojaat  qiladi  yoki  kitobxonning  o‘zini
qidirish  jarayoniga  jalb  qiladi.  Elektron  katalog  orqali  buni
qidirish juda tez va oson amalga oshadi. Òegishli hujjatni muallif
familiyasi,  sarlavhasi,  nashr  yili,  nashriyot  nomi,  kalitli  so‘z
yordamida qidirish va kutubxonaning qaysi bo‘limida joylashgan-
ligini  bilish  mumkin.  Faktografik  so‘roqni  bajarishda,  albatta,
ma’lumotnoma  nashrlardan  foydalaniladi.  Buning  uchun
kutubxona  xodimi  ma’lumotnoma  nashrning  xususiyatlarini,
mazmunini, ahamiyatini, yordamchi apparatlarini yaxshi bilishi
zarur.

Download 0,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   151




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish