O`zbek xonliklarining rossiya imperiyasi tomonidan bosib olinishi. Mustamlakachilik zulmiga qarshi milliy-ozodlik harakati. Jadidchilik. Reja


Turkistonda paxtachilikning rivojlanishi



Download 30,04 Kb.
bet4/4
Sana21.07.2021
Hajmi30,04 Kb.
#124730
1   2   3   4
Bog'liq
Sardor Aliyarov O'zbekiston tarixi

Turkistonda paxtachilikning rivojlanishi:

1860 yil 1915 yil

taxminan taxminan

25 ming t. 1915 520 ming t.
Turkistonda paxta tozalash sanoatining rivojlanishi:

1880-81 yillar 1913 yil

3 ta jami 208 ta

Toshkent, qo`qon, shundan bugungi O`zbekistonda

Kattaqo`rg‘onda 197 ta
Demak, qiska davr, 50 yilda o`lkada paxtachilik salkam 21 barobar ko`paydi. Paxta tozalash zavodlari soni esa yiliga 6-7 tadan ko`payib bordi. Asosiy paxtakor rayon Farg‘ona viloyati bo`lib qoldi. 1917 yilda bu erda o`lkadan Rossiyaga jo`natilayotgan jami paxtaning 62 foizi tayyorlanayotgan edi. Umuman olganda 1917 yilga kelib Rossiya o`zining paxtaga bo`lgan ehtiyojini 65-70 foizini Turkiston paxtasi hisobiga qondira boshladi. Xo`sh! O`lkada paxtachilikning bunday tez sur’atlarda rivojlanishi paxtakor-dehqonlar ahvoliga qanday ta’sir ko`rsatdi? Salbiy. Nega deganda, o`lkada boshqa oziq­ovqat maxsulotlarini etishtirish kamayib ketdi. Buning ustiga chetdan keltirilayotgan mahsulotlarning narxlari oshib ketdi.

O`lkada paxtaning Amerika navini etishtirishni yo`lga quyish bo`yicha ilmiy­tadqiqot ishlari olib boruvchi stansiyalar tashkil etildi. Bu navlarni o`rganish uchun amerikaga maxsus mutaxassislar ham yuborildi. Mustamlaka yillarida bunday navlar o`lka paxtachiligida etti barobar ko`paydi. Paxtachilikning rivojlanishi va o`lkaning boshqa boyliklarini talash bosqinchilardan mustamlakachilik manfaatlariga xizmat qiladigan temir yo`l qurilishini boshlashni taqozo qilmoqda edi.

Rossiya o`lkaning o`zida xom­ashyoga dastlabki ishlov beruvchi korxonalar tashkil etishga kirishdi. 1900 yilgacha Turkistonda 170 dan ortiq sanoat korxonalari ishga tushirildi. Bularning 80% ni paxtaga qayta ishlov beruvchi korxonalar tashkil etdi.

Raqobat natijasida hunarmandchilikning ko`plab sohalari inqirozga yuz tutdi, xonavayron bo`lgan hunarmandlar ham ersiz dehqonlar singari ishsizlar sinfini to`ldirib bordi. O`lkaning ko`plab unumdor erlariga paxta ekilishi boshoqli ekinlar ekiladigan maydonlarning qisqarishiga olib keldi. Ming yillar davomida o`zini oziq­ovqat mahsulotlari bilan ta’minlab kelgan mahalliy aholi asta­sekin oziq­ovqat masalasida Rossiyaga qaram bo`lib qoldi. g‘alla mahsulotlari o`lkaga Rossiyadan keltirilib, unga chor ma’murlarining o`zi narx­navo belgiladi. Sanoatda band bo`lgan mahalliy ishchilarning turmush sharoiti yana ham og‘irlashdi. Chunki ularning ish haqi Yevropalik ishchilardan 2-2,5 barobar kam, olinadigan soliqlar va jarimalar esa ancha ko`p edi.

Mustamlakachilik siyosatining asosiy yo`nalishlaridan yana biri Turkiston o`lkasini ruslashtirishdan iborat bo`ldi. Podsho hukumati ko`p minglab ersiz dehqonlarni, ishsizlarni mustamlaka Turkistonga ko`chirdi. Chorizm Turkistonni rus inqilobchilari va sotsial­demokratlarini surgun qiladigan makonga aylantirdi. Rossiyadan ko`chirib keltirilganlarga katta imtiyozlar berildi, ularning joylashishi, dehg‘onchilik qilishi uchun ko`p miqdorda mablag‘lar ajratildi, o`zlarini o`nglab olgunlariga qadar oziq­ovqat mahsulotlari bilan ta’minlab turildi.

Yangi tashkil topgan rus qishloqlari aholisi mahalliy aholiga nisbatan ancha ko`pekin maydonlariga ega bo`ldi, ma’lum muddatgacha soliqdan ham ozod qilindi. Natijada, ko`chirib keltirilganlar qisqa vaqtda ishlab chiqarishda o`z mavqelarinibirmuncha yaxshilab oldilar. Bunday imtiyozlarni chor ma’murlari, «Rossiyadan ko`chib kelayotganlar bo`sh erlarni o`zlashtirishga, bog‘lar yaratishga yordam beradi», degan bahonalar bilan oqladi. Aslini olganda qashshoqlashib ketgan yuz minglab aholining Markaziy Osiyoga ko`chirib keltirilishi Rossiyada tobora chuqurlashib borayotgan ichki ziddiyatlarni hal etishning bir yo`li edi.

Mustamlaka o`lkada rus aholisining ko`paya borishi Rossiya uchun harbiy va siyosiy ahamiyatga ega edi. Ular ayni bir vaqtda mahalliy xalqlarning mustamlakachilik tuzumiga qarshi harakatlarini bo`g‘ib turish uchun tayanch vazifasini bajardilar.

Chorizmning Turkistondagi madaniy­ma’rifiy ishlari mustamlakachilik siyosatiga to`la bo`ysundirildi. Bu boradagi siyosat mahalliy aholining ma’naviy hayotiga aralashmaslik deb ko`rsatilgan bo`lsa­da, aslida aholini ruslashtirish, milliy madaniyatni cheklash, kamsitishdan iborat bo`ldi. O`lkada joriy etilgan rus­tuzem maktablari haqidagi loyihaga binoan 1884 yili Toshkentda dastlabki rus­tuzem maktabi ochildi.

Podsho ma’murlari mahalliy maktablardagi ta’lim­tarbiya ishlarini takomillashtirish mahalliy aholini ruslashtirish borasidagi ishlarga to`siq bo`ladi, shu sababli eski maktablarda o`qish­o`qitish ishlarini yaxshilash uchun biron bir tadbir ko`rilmadi. Maktablarning ahvoli Rossiya bosqinidan avval qanday bo`lgan bo`lsa, shundayligicha qolib ketaveradi. Rossiya Turkistonni istilo qilgach, rus ma’murlari o`z mavqelarini mustahkamlash uchun mahalliy xalqning ayrim an’analaridan, urf­odatlaridan foydalanishga urindilar va shu maqsadda diniy aqidalardan, mahalliy xalq o`rtasida obro`­e’tibor qozongan shaxslardan, ruhoniylardan foydalandilar. Mahalliy xalqlarning tarixiy qadriyatlariga, diniy e’tiqodlariga ta’sir o`tkazish, ularni ma’naviy qaramlikda ushlash uchun chor ma’murlari, tajribali mustamlakachi davlatlarning o`z mustamlakalarida olib borgan missionerlik siyosatlaridan foydalandilar. Ostroumov va boshqa missionerlarning o`lkadagi faoliyati buning yorqin misolidir.

Mahalliy aholining turmush sharoitlari, aholi sihat-salomatligini yaxshilash borasida etarli choralar ko`rilmadi. Guberniyalarda, uezdlarda bor yo`g‘i bir yoki ikki vrach bo`lib, ular ham asosan, soldatlar va rus aholisiga yordam ko`rsatish bilan band bo`lganlar. 250 ming qoraqalpoq aholisi orasida atigi bitta shifokor bor edi. Vrachlar etishmasligini, sog‘liqni saqlash ishlarining achinarli ahvolini chor ma’murlari «mahalliy aholi kuchli, sog‘lom va kasal bo`lmaydi. Ular yashaydilar va vaqti kelganda o`ladilar. Tarqalgan epidemiyalarga qanchalik pul ajratilmasin, baribir etmaydi»,-deb chorizmning shovinistik siyosatini yaqqol namoyish etdilar.

O`lkada mustamlakachilikni kuchaytirishga qaratilgan ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy jarayonlar mahalliy aholining moddiy va ma’naviy qashshoqlanishga, ijtimoiy­iqtisodiy ziddiyatlarning keskinlashuviga olib keldi. Chorizm mustamlakachiligiga qarshi qaratilgan milliy ozodlik harakatlarining kuchayishiga sabab bo`ldi. Tarixiy manbalarda, arxiv hujjatlarida chor Rossiyasi qo`shinlarining Markaziy Osiyo hududiga kirib kelishi bilan, unga qarshi xalq ozodlik harkatlari boshlanganligi va bu chor hukumatining ag‘darilishiga, qolaversa mustaqillikka erishganimizga qadar davom etganligi haqidagi ma’lumotlar beriladi. Bu ma’lumotlar asosida Markaziy Osiyo xalqlarning chorizmga qarshi olib borgan quyidagi eng yirik va ommaviy tus olgan kurashlarini qayd qilishimiz mumkin: 1837-1846 yillardagi Sulton Kenesarin rahbarligidagi, keyinchalik Buxoro amirligining, Shahrisabz bekligidagi harakatlar, 1871 yilda Eshon Eshmuhammad boshchiligida Sirdaryo viloyatida chiqishlar; 1871 yildagi Farg‘ona Etimxon qo`zg‘oloni; 1872 yilda Chirchiqdagi isyonlar, 1873-76 yillar qo`qondagi Po`latxon qo`zg‘oloni; 1892 yildagi Toshkent qo`zg‘oloni; 1898 yildagi Andijonda Dukchi Eshon qo`zog‘oloni; 1899 yildagi Sirdaryo viloyatidagi harakatlar, 1916 yildagi Jizzax qo`zg‘oloni va boshqalarni ko`rsatib o`tish mumkin.

XIX asr 70-yillar boshlaridagi Farg‘onadagi xalq harakatlarini alohida qayd etish lozim. 1868 yilda fon Kaufman bilan sulh shartnomasi tuzib, qo`qon xonligining katta hududlarini Rossiya ixtiyoriga topshirgan va Rossiya hukmronligini tan olgan Xudoyorxon siyosatidan nafaqat oddiy xalq, balki yirik er egalari ham nozori edilar. 1872 yilda Xudoyorxon siyosatiga qarshi xalq harakati yanada kuchaydi. Bundan foydalangan Abdurahmon oftobachi o`z tanishi mulla Ishoq Xasan o`g‘lini qirg‘izlar orasida Po`latxon nomi bilan qo`zg‘olon ko`tarishga undaydi va o`zi ham bu harakatga qo`shiladi. 1873 yilda boshlangan bu qo`zg‘olonda oddiy xalq- dehqonlar, hunarmandalr faol ishtirok etdilar va bu harakat butun Farg‘ona vodiysi bo`ylab yoyildi. Xudoyorxonning o`g‘li Nasriddinbek boshchiligidagi xon qo`shinlari ham qo`zg‘olonchilarni qo`llab­quvvatladilar. Bu voqeadan qo`rqib ketgan Xudoyorxon rus hokimiyatidan boshpana so`rab, Toshkentga qochadi. qo`qonda uning o`g‘li Nasriddinbek (1875-76) xon qilib ko`tariladi.

Qo`zg‘olonchilar kelishuviga binoan Po`latxon xon etib saylanishi kerak edi. Nasriddinbekning xonlikka ko`tarilishi va uning ham ruslar bilan kelishuv siyosatini olib borishi, qo`zg‘olonchilar o`rtasida norozilik keltirib chiqardi. Natijada Marg‘ilon, Namangan, Andijon hududlarida Po`latxon tarafdolari erlarni kambaqallarga bo`lib berib, xon siyosatiga qarshi chiqdilar. qo`qon xonligining ruslarga qarashli bo`lgan erlarida ham norozilik chiqishlari avj ola boshladi. Bu rus hukumatini xavotirga solib qo`ydi va Kaufman qo`qon xonligini tugatish to`g‘risida podshodan rozilik so`rab, iltimosnoma jo`natdi. qo`qon xonligi hududiga esa Skobelev boshchiligida harbiy jazo otryadi kiritildi. Nasriddinxon hokimiyatdan chetlashtirilib, vodiyda Po`latxonning mavqei oshgan edi.

Harbiy jihatdan ustun bo`lgan rus qo`shinlari qo`zg‘olonni tezda bostira oldi. 1875 yili Po`latxon qo`shinlari harakatining ikkinchi bosqichi Ohangaron, Telov, Pskent va Toshkentda bo`lib o`tdi. Bu harakatlarda qattiq zarbaga uchragan qo`zg‘olonchilar 1876 yili kurashni Andijonda, Oloy vodiysida davom ettirdilar. Ammo kuchlar teng emas edi. 1876 yil 1 martda Po`latxon tutib olinib Marg‘ilonda osib o`ldirildi. Boshqa qo`zg‘olonchilar ham qattiq jazolandi. Podshoning buyrug‘i bilan qo`qon xonligi tugatilib, Farg‘ona viloyati tashkil etildi.

Farg‘ona vodiysida bo`lib o`tgan 70-80 yillardagi xalq harakatlarida qurbonjon dodhoh, Etimxon, Darvishxonto`ra, YOqubbek boshchiligidagi qo`zg‘olonlarni alohida qayd qilish zarur. qirg‘iz ayoli qurbonjon dodhoh rus qo`shinlariga qarshi kurashda Sharq ayollarining qahramonligi, jasoratini namoyon etdi. Manbalarning ma’lumot berishicha, general Skobelev sulh tuzish uchun mayor Ionovni qurbonjon dodhoh huzuriga jo`natadi. Ammo qurbonjon dodhoh mayorni qabul qilmay faqat o`z mavqei bilan teng bo`lgan sarkarda bilangina muzokaralar olib borishi mumkinligini bildiradi. Chorasiz qolgan rus generali Skobelev u bilan sulh tuzishga va uni «Oloy malikasi», deb tan olishga majbur bo`ldi. qurbonjon dodxohning nabiralari 1898 yilgi milliy ozodlik qo`zg‘olonida ham faol qatnashganlar Rus amaldorlari doimo Oloy malikasidan hayiqishgan. Shuning uchun gubernatorlar uning olidiga tez­tez kelib turishgan. 1901 yilda qurbonjonga imperatritsaning sovg‘asi topshirilgan. qurbonjon dodhoh 1907 yilda O`shda 96 yoshida vafot etgan.

Vaziyat ayniqsa, paxtachilikka ixtisoslashgan, aholi zich joylashgan Farg‘ona viloyatida murakkab edi. 1878 yilda bu erda 600 kishi YOtimxon boshchiligida soliqlarni kamaytirishni talab qilib isyon ko`tardi. qo`zg‘olondan cho`chigan gubernator xalqqa yon bosdi. Vaziyatni o`rganib chiqib, ayrim o`zboshimcha soliq yig‘uvchilarni ishdan bo`shatdi.

1880-83 yillarda Namangan, O`sh, Chust, Xo`jand, O`ratepada qo`zg‘olonlar ko`tarildi. Ammo ular tezda bostirildi. 1895 yilda vodiyda qo`zg‘olonlar yangidan avj oldi. Xususan, qo`rg‘ontepa uezdidagi Darveshxon to`ra boshliq xalq xarakati qo`zg‘olonga aylandi. Umuman, 1885-92 yillarda Farg‘ona vodiysida xalqning 205 marta g‘alayon va siyosiy chiqishlari bo`lib o`tdi.

Natijada harbiy gubernator Verovskiy aholi orasida ish olib borish uchun maxfiy siyosiy politsiya tuzishni taklif etdi. SHu maqsadga bir yilda 5,5 mln. so`m sarflandi. Xolbuki, iqtisodiyot tayanchi bo`lgan temir yo`l qurilishiga atigi 190 ming so`m sarflangan edi. Shunga qaramay qo`zg‘olonlar to`xtamadi. 1892 yil yozida Toshkentda «vabo isyoni» nomini olgan katta qo`zg‘olon bo`lib o`tdi. Asli Afg‘onistonda tarqalgan bu kasallik Toshkentga ham etib keldi. SHahar ma’muriyati uning oldini olish maqsadida shaharga kirish va chiqshni ta’qiqladi. O`lganlarni dafn etish uchun yangi 4 ta qabriston ochishga va’da berdi. Amalda bitta ochildi xolos. Dafn marosimlarida mahalliy aholining diniy e’tiqodlari mutlaqo hisobga olinmadi.

Norozi aholi 20 iyun kuni Xonaqo masjidi yonida to`planib shikoyat xati yozdi va uni shahar mahkamasiga etkazish uchun vakillar sayladi. 23 iyun kuni shaharda ommaviy g‘alayonlar boshlanib ketdi. 500 kishilik olomon Azizyor Eshon, Abulqosim Xo`ja va bozor oqsoqoli Ziyomuhammad boshchiligida shahar boshlig‘i uyi tomon yurish qildi.

SHu payt boshqarma oldiga kelgan soqchilar, harbiy gubernator, qurolli askarlar aholini ayamay o`qqa tutdi. Ko`p kishi qurbon bo`ldi. Garchi, bu qo`zg‘olon Toshkentda bo`lgan bo`lsada, u butun Turkistonga aks­sado berdi. Zotan, u mustamlakachilik zulmiga qarshi ozodlik harakati edi.

Turkiston xalqlarining ozodlik xarakatlari to`xtamadi. 1898 yilda «Andijon kuzg‘oloni» nomini olgan Muhammadali Eshon - Dukchi Eshon boshchiligidagi yana bir yirik kuzg‘olon bo`lib o`tdi. Ko`zg‘olonchilardan shafkatsiz o`ch olindi. Dukchi Eshon 1898 yil 12 iyunda osib o`ldirildi. 477 kishi sud qilindi. Ko`plar Sibirga jo`natildi, turli muddatlarga qamaldi. qo`zg‘olon markazi deb topilgan Mingtepa, Tojik va qashqar qishloqlari er bilan yakson qilindi. Mingtepa o`rnida 450 xonadonga mo`ljallangan Yevropacha yangi uylar ko`rib ruslar joylashtirildi. Xo`jand qishlog‘iga Duxovskiy nomi berilib, Eshon yashagan uy o`rnida rus cherkovi qurish rejalashtirildi.

XX asr boshlariga kelib Turkistondagi harakatlar yangi bosqichga ko`tarildi. Bunga 1900-1903 yillardagi iqtisodiy inqirozlar, rus-yapon urushi (1904-0905 i), nihoyat birinchi jahon urushi ham sabab bo`ldi. Bular o`lka mehnatkashlarining ahvolini yanada og‘irlashtirib yubordi.

Rossiyaning 1914 yilda boshlangan birinchi jahon urushiga tortilishi natijasida mahalliy xalqdan olinadigan soliqlar miqdori oshib bordi. Turkiston o`lkasi hududida ersiz dehqonlar soni ko`paydi. CHor hukumatining 1916 yil 25 iyunda podsho Nikolay II ning «Urush borayotgan joylarda mudofaa va harbiy inshootlarni qurish, Shuningdek , davlat mudofaasi uchun zarur bo`lgan jamiki boshqa ishlarni bajarish uchun rus bo`lmagan aholining erkaklar qismini jalb etish to`g‘risida»gi farmoni e’lon qilindi. Ushbu farmonga muvofiq O`zbekiston hududlaridan 19-43 yoshgacha bo`lgan 250 mingdan ziyod erkak aholi front ortidagi ishlarga (mardikorlikka) chaqirildi.

Mardikorlikka ketadiganlar uch oyda qaytib kelishlari va bungacha ularning oilalari hukumat tomonidan ta’minlanib turilishi va’da qilingan edi. Ro`yxatga olish davomida amaldorlar boylik orttirish payida bo`lishib, boylarning bolalarini pul evaziga ro`yxatga kiritishmadi. Bu xalq noroziligining ortib borishiga sabab bo`ldi. 1916 yil iyul oyidan mahalliy aholining qo`zg‘oloni boshlandi. 4 iyul kuni Jizzax va Xo`jandda, 5 iyulda SamarqAnd viloyatida, 9 iyul kuni qo`qon uezdida, 10 iyul kuni Marg‘ilonda, 11 iyulda Samarqand va Toshkentda mardikorlikka olishga qarshi qo`zg‘olonlar boshlandi. 1916 yil 18 iyulda butun Turkiston harbiy holatda deb e’lon qilindi.

1916 yildagi harakatlarning eng kuchaygan nuqtasi 13 iyul kuni boshlangan Jizzax qo`zg‘oloni bo`ldi. Jizzaxdagi qo`zg‘olonga Nazirxo`ja Abdusalom Jevachi kabi xalq yo`lboshchilari boshchilik qilib, aholini mustaqil beklik tuzishga chaqirdilar. qo`zg‘olon davomida temir yo`l bekatlari, ko`priklar vayron qilindi. Jizzaxning yangi shahariga etib kelgan polkovnik Afanasevning jazo otryadi qo`zg‘olonchilardan engildi. Shundan keyin Turkiston general­gubernatori yuborgan polkovnik Ivanov boshchiligidagi katta harbiy kuchlarga ega bo`lgan jazo otryadi qo`zg‘olonni shafqatsizlik bilan bostirdi. Chor qo`shinlari bilan so`nggi to`qnashuv 1916 yil 21 iyulda qilich qishlog‘ida bo`lib o`tdi. Mingga yaqin kishi hibsga olinib, jazolandi. 1916 yilgi qo`zg‘olon hukmron sinflarning zulmiga qarshi qaratilgan xalq qo`zg‘oloni edi. qo`zg‘olonni harakatga keltirgan asosiy kuch dehqonlar va hunarmand kambag‘allar bo`ldi.

Qo`zg‘olonchilarni mahalliy ziyolilar, ruhoniylarning bir qismi qo`llab­quvvatladi. qo`zg‘olon bostirilgach, uning yo`lboshchilari jazoga tortilib, o`limga mahkum etildi.jami 51 kishi qatl etildi, 168 kishi surgun qilindi, 128 kishi qamaldi, 228 kishi turli jazo xizmatlariga safarbar etildi. 1916 yilgi qo`zg‘olon butun mustamlakachilik davomida Turkistondagi eng qudratli va uyushgan qo`zg‘olon bo`ldi.




Download 30,04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish