O`zbek xonliklarining rossiya imperiyasi tomonidan bosib olinishi. Mustamlakachilik zulmiga qarshi milliy-ozodlik harakati. Jadidchilik. Reja


Rossiya imperiyasining o`lkamizdagi mustamlakachilik siyosati. Rossiya aholisini ko`chirib keltirish siyosati



Download 30,04 Kb.
bet3/4
Sana21.07.2021
Hajmi30,04 Kb.
#124730
1   2   3   4
Bog'liq
Sardor Aliyarov O'zbekiston tarixi

Rossiya imperiyasining o`lkamizdagi mustamlakachilik siyosati. Rossiya aholisini ko`chirib keltirish siyosati. Chor Rossiyasi Turkiston o`lkasini egallagan kunlaridan boshlab o`zining iqtisodiy mustamlakachilik niyatlarini amalga oshirishga kirishdi. Buning uchun, birinchi navbatda, Rossiya gubernyalaridagi sanoat korxonalarini muntazam ravishda xom­ashyo bilan taa’minlab turuvchi temir yo`llar ishga tushirildi. 1881-1886 yillarda Mixaylovskiy ko`rfazidan Chorjo`yga Kaspiyorti temir yo`li o`tkazildi, 1888 yilda bu yo`l uzaytirilib, Samarqandgacha etkazildi.1906 yilda Toshkent-Orenburg temir yo`li ishga tushirildi. 1912 yilda Farg‘ona vodiysi ham Rossiya bilan temir yo`l orqali bog‘landi.

Turkistonga turli firma va birjalar kirib kela boshladi, ular Turkistonning iqtisodiy hayotiga o`z ta’sirini kuchaytira bordi. Ular o`lkadan xom­ashyo olib ketish, Rossiyadan sanoat va qishloq xo`jalik mahsulotlarini olib kelib sotish bilan cheklanmay, sug‘oriladigan erlarni sotib olib paxta ekishni kengaytirdilar. Paxtachilikning rivojlanishi bunday firma-birjalar, mahalliy sudxo`r va savdogarlar uchun katta imkoniyatlar yaratib berdi. Ular asosan xom­ashyo etishtirish yo`liga o`tib olgan dehqonlarga kelasi yil oladigan hosili hisobidan pul qarz berar edilar. Dehqonlarning hosildan tushgan daromadi qarzlarini to`lashga, erga ishlov berishga, oilasiga oziq­ovqat mahsulotlarini sotib olishga ham etmas, buning ustiga katta er maydonlari mahalliy boylar va sudxo`rllar qo`liga o`tib keta boshladi. Bu holat ersiz dehqonlar, mardikorlar va arzon ishchi kuchining yanada ko`payishiga sabab bo`ldi.

Rossiya sanoatida paxta tolasiga bo`lgan ehtiyojning ortib borishi bu erlarda etishtiriladigan paxta sifatiga e’tiborni kuchaytirdi. Chor Rossiyasi Turkistonni istilo qilgan dastlabki kundanoq o`lkaga boylik orttirish manbai sifatida qarab o`z maqsadlarini amalga oshirishga kirishdi.

Paxtachilik va paxta tozalash sanoati Rossiyaning tez rivojlanib borayotgan to`qimachilik va ip gazlama sanoatining xom­ashyo, paxta tolasiga bo`lgan ehtiyojini qondirish uchun nihoyatda zarur edi.

Bundan rus burjuaziyasi, dvoryan-pomeshchiklari, sudxo`r moliyachilari manfaatdor edi. Nima uchun? Sabab shuki, bungacha Rossiya to`qimachilik sanoati uchun zarur bo`lgan paxtani katta xarajat evaziga AQSH va Misrdan olar edi. Buning ustiga AQSH paxtasi Turkiston paxtasiga nisbatan 13-15 barobar qimmat edi. Natijada Turkiston paxtasiga bo`lgan talab va ehtiyoj shu darajada oshib ketdiki, u ayrimlarga tinchlik va uyqu bermay qo`ydi. Bug‘doyzorlar, bog‘lar, poliz maydonlari qisqardi, kanallar qazilib, yangi erlar o`zlashtirildi. Paxta maydonlari keskin ko`paydi.


Download 30,04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish