Ashtarxoniylar davrida tibbiyot. XVI asming oxiriga kelib o‘zaro urushlar natijasida Shayboniylar davlati zaiflashib qoldi. 1599-yilda Movarounnahming xoni qilib, Qoqi Muhammad saylandi. U boshqa o‘zbek qabilasi-ashtarxoniylardan edi. Shunday qilib, Ashtarxoniylar sulolasiga asos solindi. Ashtarxoniylar hukmronlik qilgan davrda ayrim shaharlarda kasalxonalar barpo etildi. Ularda bemorlami davolash bilan birga talabalar ham o‘qitilar edi. Bu vaqtdagi ko‘zga ko‘ringan tabiblardan biri - Subhonqulixondir. Subhonqulixon Buxoro amiri edi. Subhonqulixon saroyda tabiblarni yig‘ib, tabobat borasida ilmiy anjumanlar o‘tkazib turar edi. Subhonqulixonning amaliy tibbiyot bilan Shug‘ullangani ma’lum emas, ammo tibga oid ikkita asari borligi ma’lum. Bular “Subhon tibbiyoti” va “Subhonning hayotbaxsh tibbiyoti”dir. Bu kitoblar o‘zbek (turkiy) tilda yozilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |