Bu vaqtdagi ko‘zga ko‘ringan tabiblardan biri - Subhonqulixondir. Subhonqulixon Buxoro amiri edi. Subhonqulixon saroyda tabiblarni yig‘ib, tabobat borasida ilmiy anjumanlar o‘tkazib turar edi. Subhonqulixonning amaliy tibbiyot bilan Shug‘ullangani ma’lum emas, ammo tibga oid ikkita asari borligi ma’lum. Bular “Subhon tibbiyoti” va “Subhonning hayotbaxsh tibbiyoti”dir. Bu kitoblar o‘zbek (turkiy) tilda yozilgan. “Subhon tibbiyoti”da muallif oson, tushunarli qilib har xil kasalliklami aniqlash va davolash haqida so‘z yuritadi. Kitobda asosiy davolash masalalari qisqa, lekin aniq bayon etilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |