O‘zbek tilshunosligi kafedrasi


-ma’ruza TURKIY TILLARDA YORDAMCHI SO‘ZLAR. KO‘MAKCHILAR



Download 3,85 Mb.
bet152/195
Sana24.12.2022
Hajmi3,85 Mb.
#895511
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   195
Bog'liq
Turkiytillarningqiyosiy-tarixiygrammatikasi.-.ComparativehistoricalgrammarofTurkiclanguages.

9-ma’ruza
TURKIY TILLARDA YORDAMCHI SO‘ZLAR. KO‘MAKCHILAR
Reja:
1. Turkiy tillardagi yordamchi so‘zlar haqida.
2. Ko‘makchilar:
2.1. Fe’l ko‘makchilar.
2.2. Ot ko‘makchilar.
2.3. Asl ko‘makchilar.
2.4. Sifat ko‘makchilar.
2.5. Makon-payt ma’nosidagi ko‘makchilar.
Adabiyotlar:
1. Serebrennikov N. A., Gadjiyeva N. Z. Sravnitelno-istoricheskaya gram-matika tyurkskix yazïkov. М., «Nauka», 1986.
2. Sravnitelno-istiricheskaya grammatika tyukskix yazïkov. Morfologiya. М., «Nauka», 1988.
3. Murmaxanova А.Тürki tildеriniñ sаlїsїtїrmаlї grаmmаtїkаsї. Аlmаtї, «Меktеp», 1971.
4. Rafiyev A. Turkiy tillarning qiyosiy-tarixiy grammatikasi. Toshkent, 2004.
Tayanch tushunchalar: yordamchi so‘zlar. Ko‘makchi. Ko‘makchilardagi munosabat turlari. Fe'l ko‘makchi. Ot ko‘makchi. Sifat ko‘makchi. Asl ko‘makchi.
1. Turkiy tillardagi yordamchi so‘zlar haqida. Ko‘makchilarga morfo-logik jihatdan o‘zgarmaydigan, otlardan (jumladan, harakat nomidan) keyin keladigan va ana shu otlarning kelishik bilan bog‘lanishini ko‘rsatadigan so‘zlardir. Ko‘makchilar gapda mustaqil bo‘lak bo‘lolmaydi va o‘z ma’nosini (makon, payt, sabab, qiyoslash va hokazo) faqat boshqariladigan so‘z bilan birgalikda ifodalaydi.
Odatda, ko‘makchilar u yoki bu kelishik bilan boshqarilishi bo‘yicha tasnif etiladi. Muayyan turkiy tillar tarixi jarayonida ko‘makchining boshqaruvda ishtirokini ko‘rish mumkin: taba/tapa …ga, ya’ni yo‘nalish bo‘yicha ma’nosiga XI asrga oid matnlarda bosh kelishikda keladi (tag‘ tapa–tog‘ tomonga), hozirgi turkiy tillarda esa jo‘nalish kelishigi yoki bosh va jo‘nalish kelishigini boshqaradi.
Turkiy ko‘makchilar–ot ko‘makchilar va fe’l ko‘makchilarga, aniqrog‘i, ular otlar, ravishlar va ravishdoshlarning ajratilgan shakllariga mansubdir.
Ko‘makchilar orasida arab va boshqa tillardan o‘zlashganlari ham uchraydi.
Ko‘makchilarning faqat bir qismigina umumturkiy bo‘lib, ular ko‘pchilik turkiy tillarda uchraydi. Ko‘pchilik ko‘makchilar muayyan hududda tarqalgan, ular matnda ana shu semasi bilan ajralib turadi. Ayrim ko‘makchilar yangi hosil qilingan bo‘lib, ular faqat ba’zi turkiy tillar va ularning dialektlarida uchraydi, xolos.
Ko‘makchi konstruksiyasining paydo bo‘lishi, shakllanishi va taraqqiyotini tahlil qilish–qiyosiy-tarixiy sintaksisning vazifasi hisoblanadi. Uning vakolatiga ko‘makchining boshqaruv shakliga ta’siri, shuningdek, ko‘makchili konstruksiya-ning otlarning kelishik formalarida o‘zgarishini tavsiflash ham kiradi. Ko‘pchilik tadqiqotchilarning ta’kidlashicha, fe’l ko‘makchilar (ravishdoshlar), odatda, ular qaysi fe’l o‘zagidan bo‘lishiga qarab, kelishiklarni boshqaradi.
Ko‘makchilar quyidagi munosabat turlarini ifodalaydi:
1) makon, o‘rin munosabatini: q.tat. taba (yo‘nalish bo‘yicha), turkm. s‘arї (-ga), ozarb. dog‘rї (-ga), boshq. uta (orqali), q.qalp. achї (nari), turkm. garshї (qarshi), q.tur. ichrä (...ga) va hokazo;
2) vaqt munosabatini: turkm. oz‘al (avval), tat. vöchän (avval), q.qalp. soñ (so‘ng), turkm. bä:ri (-dan);
3) birgalikdagi harakat munosabatini: uyg‘. bilän, q.qalp. birge;
4) harakatning boshlanishi, tamom bo‘lishi munosabatini: shor. ala (...dan), qirg‘. jete, tat. tiklä, yoq. diäri (...gacha);
5) qiyoslash munosabatini: turkm. yalї//yalї (kabi), ozarb. kimi (o‘xshash);
6) maqsad munosabatini: qoz. bola (sabab, uchun), ozarb. örta (sababdan, uchun), tuv., o‘zb. uchun (uchun);
7) sabab munosabatini: q.balq. sebebli: o‘zb. sababli;
8) taxmin munosabatini: turkm. barada, qirg‘. ti:rali: (haqida);
9) chiqish munosabatini: qr.tat. bashqa, tat. bütän, qum. öñge, tuv. öske (tashqari) kabi.

Download 3,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   195




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish