2. Ko‘makchilar. 2.1. Fe’l ko‘makchilar. Turkiy tillarda ko‘makchilar–fe’l ko‘makchilar, ot ko‘makchilar va sifat ko‘makchilarga ajratiladi. Ushbu guruhlardagi ko‘makchilarning ko‘pchiligi hududiylik, guruhiylik va individuallik semalari bilan ajralib turadi.
Turkiy tillar tarixidan ma’lumki, ravishdoshlarning ko‘makchilarga o‘tish jarayoni ancha ilgari boshlangan edi. Buning uchun quyidagi umumturkiy ko‘makchilarga murojaat qilishning o‘zi yetarli: köre (ko‘ra), o‘zb. ko‘ra, gag., turkm., qum. göre, q.balq., q.qalp., shor., no‘g‘. köre, ozarb., uyg‘., o‘zb. körä, qaraim. körä, kere, qirg‘. körö, tat., boshq. kürä, q.tat. kore; chuv. kura (ko‘ra). Bular kör (ko‘r) fe’l o‘zagi va e//ä ravishdosh hosil qiluvchi affiksdan tashkil topgan.
Qozoq va qoraqalpoq tillarida chiqish kelishigida boshqariladigan köri (ko‘ra, qaraganda) ko‘makchisi uchraydi. Ayrim tadqiqotchilar ushbu ko‘makchini M. Koshg‘ariyning “Devon”ida mavjudligini ta’kidlaydilar. K. Brokelman uni karї so‘zi bilan bog‘laydi. Mazkur ko‘makchining «O‘g‘uznoma» (XIII asr) yodgorligida mavjudligini qayd etadi. Xarakterlisi shundaki, qirg‘iz tilida körä chiqish kelishigidagi so‘z tomonidan, o‘zbek tilida ko‘ra ko‘p ma’noli bo‘lib, jo‘nalish va chiqish kelishigi tomonidan boshqariladi. Uyg‘ur tilida ham xuddi shunday. Köri, aslida, körä ning fonetik varianti ham bo‘lishi mumkin. Sharqiy Turkiston yodgorliklarida körü tarzida uchraydi.
-a//-e ravishdoshining tarkibi ham quyidagi ko‘makchilar asosida: q.turk. oza (avval, oldin), olt. ozo (old. o‘r.uyg‘. oza–o‘tgan, avvalgi), barab.tat. ozoq (avval)~turkum. oz‘al (avval)<oz‘+l; odatda, uni oz(o‘zmoq) fe’lidan yasalgan deb hisoblaydilar. A. Gaben ozal so‘zidagi -l elementining qїzїl so‘zidagi -l ga yaqinligini, o‘xshashligini ta’kidlab, analogiya bo‘yicha tükäl so‘zining paydo bo‘lganini uqtiradi; turkm.dial. yarasha (yarasha), qirg‘. jarasha, o‘zb. yarasha < yarash (to‘g‘ri kelmoq, muvofiq kelmoq); q.tur. tapa, taba, shor. tebe; qr.tat., q.balq., qum., tat., boshq. taba (yo‘nalish bo‘yicha..ga). Ba’zi tadqiqotchilar ushbu ko‘makchi tap (topmoq) fe’li bilan bog‘liq desalar, boshqalari bu fikrni rad etib, uniñ qadimgi turkiy tap (kimgadir hurmat bilan murojaat qilmoq) fe’l o‘zagidan hosil qilingan ravishdosh ekanligini ta’kidlaydilar. Ammo taban, taman (tomon) etimologiyasi ishonarliroq; qirg‘., qoz., q.qalp., no‘g‘., boshq. qaray (qarab)(qaramoq); qoz., uyg‘. tarta (atrofida)<tart–tortmoq; tat., boshq. asha (orqali), qoz. asa (yuqori)dan o‘tmoq (q.turk. ravish asha (osha)<ravishdosh); qar. ashїra, asharї (orqali), xak., shor. azira, qoz. asїra (orqali, yuqoridan) o‘r.tuv. azїr, azїldїr (orqali), gag., tur. ashїrї–fe’lning buyruq mayli(orqali o‘tmoq), ba’zi turkiy tillarda ashїrї ravish sifatida, masalan, q.balq. ashїrї (ancha, haddan tashqari), tur. ashїrї (juda, nihoyatda);tat. kichä (orqali) o‘r.q.tur. keche va chuv. kasha (bo‘ylab), olt., shor. kechire, xak. kizire~kech (o‘tmoq) va kechir (<kech), tuv. kez(j)ir, kej(z)ildir (orqali):qoz. öte, boshq. ütä (orqali<ot–o‘tmoq). o‘r.q.turk. ötkürü, olt. ötküre (orqali)ot; shor., q.qalp., qoz., olt. ala, yoq. ila (boshlab<al (olmoq) o‘r.boshq. alär (boshlab): olt. ötkön künneñ ala (o‘tgan kundan boshlab).
Ikkinchi tarkibiy model–ravishdosh (-ї//-i, -u//-ü), aslida, birinchisining shakli (ashїra va ashїrї); q.tur. ötrü (so‘ng, keyin), tur. ötürü, ozar. ötru, turkm. ötri, q.tat. otrü (sababli, natijada)<ötür-ü~öt (o‘tmoq); qirg‘. deyre, qar. dera, dere, deri, no‘g‘., q.balq. deri, tat.dial. tärä, yoq. diäri (gacha)(tegmoq); q.tur. itru (qarshisida), o‘r.tuv. udur (qarshi)(qarshi bo‘lmoq); Ushbu fe’l tuba dialektida N. A. Baskakov tomonidan udur tarzida qayd etilgan; ozarb., qr.tat. doyru, gag. do:ru, boshq. tura (..ga, bo‘yicha)< toyur, K. Brokelman fikricha, toyrush (musobaqaga chopmoq), o‘r.q.tur. toyrush (bahslashmoq), toyrul (to‘g‘rilanmoq), toyru (orqasidan); q.tur. qarshu, turkm., ozarb. karshї, qoz. qarsї; gag. qarshї; tat. qarsha; q.balq. qarshchї, o‘zb. qarshi(uchrashmoq, musobaqa uchun bir yerda yig‘ilmoq, to‘planmoq, bir-biriga qarshi turmoq).
Neologizm(yangi)-ko‘makchilarga - qarap, alїp, bїshlap, tartїp kabilar kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |