-nli ravishdosh modeli e’tirof etilmagan. Ushbu modelni tavsiflash uchun quyidagi misollarni keltirish mumkin: boshq. taban, qoz., q.qalp., uyg‘. (Farg‘ona) taman; qirg‘. taman (keske taman), o‘zb. tomon. Ushbu ko‘makchi ba’zan taba //tapa negizidan kelib chiqqan -n li ravishdoshi sifatida talqin etiladi. Ammo no‘g‘. tabayanqum. tabaq (taba+oq?), o‘zb. tomonga, tomondan kabilarning mavjudligi bunday ravishdoshniñ ishonarli ekanligiga shubha tug‘diradi. Taba Mahmud Koshg‘ariyning “Devonu lug‘atit turk”ida ot shaklida berilgan bo‘lishi ham mumkin: Al anїñ tabasї qїldї (U uning qarshisiga harakat qildi). Xuddi shu ma’no bilan tabaga tabaru ko‘makchisi to‘g‘ri kela-di<tab-ar-u-fe’ldan) va taba-ru (otdan);
-nli ravishdoshlar, shuningdek, quyidagi ko‘makchilar ham uchraydi: q.tur. adїn, yoq. atїn (tashqariturkm., qar., no‘g‘., olt., qoz., q.qalp., q.balq., qr.tat: sayїn; tat. sayän, o‘zb. sayin; boshq. payän<sarhisob. Bunga shor. saya, turkm. sayї, q.tur. sayu kabilarni ham kiritish mumkin; q.tur. tegin, tat. (dial.). tїñän, qirg‘., qar. deyin, qoz. deyän, no‘g‘. deyim<teg - yetmoq, tegmoq (o‘r.q.tur. tegu - gacha, ozarb.(dial.). täx, gag. dan//dän, dak//däk (affiks-ko‘makchi), yoq. ti:yä (gacha)- yetmoq, tegmoq).
2.2. Ot ko‘makchilar. Ot ko‘makchilari tarkibiga ko‘ra xilma-xildir. Ancha keng tarqalgani ot+-lї//-li modelidir: qoz. arqїlї, turkm., q.qalp. arqalї, tat. arqälä, boshq. achqärä<arqälä, uyg‘. arqїlїq, o‘zb. orqali<arqa (tayanch)<orqa; tat. tiklä, boshq. tikläm (gacha), qar. tekli (atrofi), tat (dial.)–tiñlä(gacha), turkm. deñech, q.tur. ted, teginch (gacha); turkm. yalї, o‘zb.(esk.) yanglig‘ (kabi, singari); yañlїy(shakl, qiyofa, ko‘rinish); tat. chaqlä, tat (dial.). chaqlä//chiklä, qoz. shaqtї, q.balq. chaqlї, boshq. saqla (chog‘li) (o‘lchov+lї), qum. chaqї (uzunligida); turkm. chenli, q.qalp. shelli (gacha)(o‘lchov), o‘r.turkm. chen, ozarb. -chan//-chän (gacha).
Ushbu model bo‘yicha quyidagi hosilalar paydo bo‘lgan: qirg‘. sїyaqtї, qoz. siyaqtї, q.qalp. sїyaqlї(yuz, tashqi ko‘rinish, o‘xshash). Ular orasida o‘zlashgan o‘zaklar ham bor: tat., boshq. xatlä (gacha), tat., boshq. shikällä, turkm.,q.balq. shekilli, qoz., q.qalp. sїqїllї, qirg‘. sekildi kabi.
Ko‘makchilarning ko‘pchiligi ot-ravishlar, shuningdek, otning kelishikka o‘xshash (qadimgi) formalariga to‘g‘ri keladi.
Jumladan, -g‘aru//-gerüli ravishlarga borib taqaladigan ko‘makchilar: qoz., q.qalp. tїsqarї, qirg‘. tїshqarї, turkm. dasharї, o‘zb. tashqari, o‘r.qoz. tїs, tat., boshq. tash (boshqa, tashqari), sal. tasї (boshqa, tashqari); shor. sa:ra, sa:rї, turkm., q.tur. sarї, o‘zb. sario‘r.chig‘. yaru (sari), olt. da:r (tomon); ayїl da:r (ovul sari, tomon; yarї~qar. yarin (orqali), o‘r.qar. q.tur. yarї (tomon), tat.dial. yarä (kich yara–kechga tomon), bär yarä (qayergadir), yar(ä) (o‘rin, tomon); turkm. anrї(q), q.balq., no‘g‘., qirg‘., olt., q.qalp. arї, boshq. arä, shor. a:ra, qum. äri, qoz. ärä (tomonga)<a(p)+rї//an+qarї kabi; o‘zb. nari, shor. ne:re, na:ra, turkm(dial.). na:ri, na:ri (nari)<balkim, q.tur. їnaru (nari)turkm. ba:ri, q.tur., no‘g‘., qum., q.qalp., qirg‘., olt., o‘zb., qoz., q.balq., uyg‘. (Farg‘) beri, boshq. Birä, ber, gag. be:ri, tuv. be:r, ozarb. bariyoki bä-ri:>bäri: qum., q.qalp., qr.tat. berli, tat., boshq. birlä, tur(dial.). belli
-ra//-rä li ravishlarga taqaladigan ko‘makchilar: q.tur., esk. o‘zb. -ichrä, tur., turkm.(eski). ichre; ozarb. üzrä, uyg‘. özrä, tur., gag. üzerä, o‘zb. uzra, q.tur. üzä (yuqori), yoq. üöhä (yuqori); ozarb. sonra, gag., q.balq. soñra, turkm., qr.tat. soñra, o‘zb. so‘ngra.
Qadimgi va o‘rta turkiy tilda -ra//-rali modal bir necha ko‘rinishda mavjud edi. Hozirda esa ular uchramaydi: q.tur. kisrä (so‘ng); bu yerda ki~kin, si - III shaxs egalik affiksi yoki kis+rä dagi - s~as va us; q.tur. öñrä (old tomon, kunchiqar), o‘r.tur. isrä (so‘ng<isra–past: ämäl isräsindä–orzular ostida). K.Brokelman isra (iz) deb taxmin qiladi.
2.3. Asl ko‘makchilar. Asl ko‘makchilar orasida ravish va vaqt-makon ma’nosidagi otlardan kelib chiqqan ko‘machilar mavjud. Ularning kelib chiqishi hanuz noma’lumligicha qolmoqda. Birinchi guruhga -burun, son (so‘ñ), öñ, ikkinchisiga -gibi, üchün, kiyin, bashqa, öñge, özge lar kiradi: qr.tat., uyg‘., o‘zb., turkm.dial. burun, q.qalp., qoz. burїn, qirg‘., uyg‘. murun. shim.jan. purim (avval)<burun ravishiga to‘g‘ri keladi.
M. Ryasyanen burun>murunni (odam a’zosi) ga taqaydi; tuv. turni (old qism); qoz., q.qalp., no‘g‘., qum., barab.tat., sal., qar., qr.tat., turkm. soñ (so‘ng): boshq. hiñ, o‘zb. so‘ng, qar. son (so‘ng)<son–orqa qism, o‘r.tuv. soñ, tur. son (oxiri), q.tur. soñra (keyinga qoldirmoq), soñuq (so‘ng). V. Bang soñ tipidagi hosilalardagi -nni adessiv (inglizcha. Kelishikning o‘rin, egalik, harakat quroli ma’nosini ko‘rsatuvchi kategorial formasi) tarzida qaraydi; turkm. öñ, öninche, tur. önje (avval)~öñ (oldin). Bundan (öñ dan) eski ko‘makchi öndin ko‘makchisi hosil qilingan: Ol mändin öndin bardї (u mendan oldin bordi); q.turk. kebi, o‘zb., uyg‘ (Farg‘.) kabi, esk.turkm., qr.tat. kibi, tur., gag. gibi, esk.usm. bigi, tat. käbäk, boshq. käwäk, tat. (dial.). käwä, kiyük, kük, qar., q.balq. kibik, ozarb: kimi, turkm. kimin, qum. kimik (o‘xshash)>kä:p (namuna, kartina+III shaxs egalik qo‘shimchasi -i.
Do'stlaringiz bilan baham: |