Shuningdek, o‘z tilimiz materiallaridan tuzilgan qo‘shma terminlar ayni ruscha terminlarni to‘liq kalkalash jarayonida ham yuzaga keladi. Ma’lumki, o‘zbek xalqi kadimdan boshqa xalqlar bilan hamkorlikda, qo‘shnichilikda yashab kelgan. Shunga ko‘ra, tilimizdaayrim komponentlari arabcha, forscha yoki ruscha-baynalmilalbo‘lgan, hatto har ikkala qismi ham muayyan (O‘zbek tilidan boshqa) til materialidan yasalgan qo‘shma so‘zlar va terminlar uchraydi. Shu bilan birga, o‘zbek terminologiyasiga, umuman, o‘zbek tili lug‘at tarkibiga aynan kirib kelgan va kirib kelayotgan ruscha-baynalmilal qo‘shma terminlar ham anchagina. Demak, qo‘shma terminlarning komponentlari genetik materialiga ko‘ra turlicha ekan. Shunga ko‘ra, ya’ni qo‘shma terminlarni ularni tashkil etgan komponentlarining kelib chiqish materialiga ko‘ra ikki guruhga ajratish mumkin: bir tildagi qatlamga mansub so‘z birliklaridan hosil etilgan qo‘shma terminlar; turli tillarga mansub so‘z birliklaridan hosil etilgan qo‘shma terminlar. Shuni aytish kerakki, ushbu ishda qo‘shma terminlarning genetik strukturasiga ko‘ra guruhlarga ajratishda arabcha va forscha so‘zlarga o‘zbekcha so‘zlar deb qaraldi, chunki bunday so‘zlar O‘zbek tilida asrlar davomida qo‘llanib, tilga singishib, ularning o‘zlashmaligi hatto sezilmay kolgan. Xullas, qo‘shma terminlarning genetik jihati deganda, o‘zbekcha va o‘zbek tiliga singishib ketgan arabcha va forscha so‘zlar hamda ruscha-baynalmilal termin va termin elementlar tushuniladi. Komponentlari bir leksik qatlamga mansub so‘zlardan yasalgan qo‘shma terminlar. Bunday qo‘shma terminlar ham, o‘z navbatida, ikkiga bo‘linadi: a) o‘zbek tilida avvaldan qo‘llab kelingan o‘zbekcha, arabcha, forscha so‘zlarning o‘zaro qo‘shilishidan yuzaga kelgan qo‘shma terminlar; b) komponentlari ruscha-baynalmilal termin yoki termin-elementlardan iborat, rus tilidan tayyor holda o‘zlashtirilgan qo‘shma terminlar: a) O‘zbek tilida avvaldan qo‘llanib kelgan o‘zbekcha, arabcha va forscha so‘zlarning o‘zaro qo‘shilishida hosil bo‘lgan qo‘shma terminlar ularni tashkil etgan leksik-morfologik material (so‘z turkumlari)ga ko‘ra quyidagi ko‘rinishlarga ega) ot + ot modelida yasalgan qo‘shma terminlar: Bu model yaqingacha botanika, zoologiya singari tabiiy fanlarda, ularning terminologik sistemalarida mahsuldor hisoblanar edi: ayiqtovon, baqaterak ituzum, toshbaqa, tuyaqush kabi. Keyingi davrda texnikaning bir qator terminologik sistemalarida ham shu tipdagi qo‘shma terminlar miqdori ortib bormoqda: charxtosh, shamolparrak, belbog‘ (texnik ma’nosi), ohaktosh, temirtosh, oltingugurt, tosh-sovun (bentonit), toshtuz, ildizmeva, toshko‘mir, shakarqamish, suvo‘tlar, olov-bardoshlik va b.) sifat + ot modelida yasalgan qo‘shma terminlar ham ko‘proq tabiiy fanlar terminologik sistemalarida uchraydi: ko‘richak ko‘ksulton kabi.
Do'stlaringiz bilan baham: |