O‘zbek tilshunosligi kafedrasi o‘zbek terminologiyasi fanidan ma’ruza matnlari



Download 457,78 Kb.
bet27/82
Sana04.03.2022
Hajmi457,78 Kb.
#483300
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   82
Bog'liq
leksikografiya majmua

Shuni aytish kerakki, qo‘shma terminlar ayrim jihatlari bilan qo‘shma so‘zlardan ma’lum darajada farq kiladi. Masalan, qo‘shma so‘zlar barcha mustaqil so‘z turkumlari doirasida amal qilishi mumkin. Qo‘shma terminlar esa, asosan, ot turkumi doirasida amal qiladi, qo‘shma sifatlar faqat terminelement, ya’ni birikma terminning aniqlovchi komponenti sifatidagina qaraladi. Bu yerda shuni qayd etish kerakki, otdan boshqa so‘z turkumlarining termin bo‘la olishi potensial bo‘lib, ular ayrim olingan holda termin bo‘la olmaydi. Ularning terminologik xarakteri matnda aniqlanadi, masalan, fe’llar birikmalar tarkibida ham termin bo‘la olmaydi, ular «faqat terminlarning turkiy substitutlaridir, fikrni ifodalash vositalaridir, biroq voqea-hodisalarning nomi bo‘la olmaydi» Ular o‘zlarining terminlik xarakterini fakdt tegishli ot hamda otlashgan fe’l shakllari bilan birikkan holda namoyon etadi.

Terminning nutqiy ifoda shakli faqat ot bo‘la olishi haqidagi fikrlarni G. O. Vinokur, O. S. Axmanova, R. Doniyorov ishlaridaham uchratamiz. Demak, qo‘shma terminlar deganda faqat qo‘shma otlar va qo‘shma sifatlarni tushunamiz. Shuningdek, yangidan paydo bo‘layotgan qo‘shmaterminlarning komponentlari o‘zlarining mustaqil ma’nolarini saqlab qoladi. Aksari an’anaviy qo‘shma so‘zlarda, hatto ular termin sifatida qo‘llanganida ham, bu holni ko‘rmaymiz (osh +qozon; bo‘ri + kalla). Qo‘shma terminlar asosan qo‘shib yozilishga moyil bo‘ladi. Yuqoridagi ayrim farqlanuvchi tomonlaridan ko‘ra, qo‘shma so‘zlar va qo‘shma terminlarning umumiy tomonlari ko‘proq bo‘lganligidan biz qo‘shma terminlar masalasini qo‘shma so‘zlar, ularning tabiati, qo‘shma so‘zlarning o‘rganilishi kabi masalalar bilan bog‘liq holda qisqacha ko‘rib chiqamiz.

Qo‘shma so‘zlar masalasi yaqin yillargacha o‘zbek tilshunosligida va umuman turkiyshunoslikda kam o‘rganilgan masalalardan biri edi. Keyingi yillarda bu masalani o‘rganish ancha jonlandi. O‘zbek tilshunosligida qo‘shma so‘zlarga oid dastlabki mufassal ma’lumot A.Yeulomovga tegishlidir. Adabiyotlarni o‘rganish shuni ko‘rsatadiki, o‘zbek tilshunosligida keyingi davrda qo‘shma so‘zlar (tabiiyki, qo‘shma terminlar ham) masalasiga e’tibor sezilarli darajada kuchaygan, bu masala nashr etilayotgan har bir o‘zbek tili grammatikasidagina emas, balki maxsus ishlarda ham atroflicha o‘rganilmoqda. Qo‘shma so‘zlarga bag‘ishlangan maxsus ishlarda komponentlarning leksik-grammatik xarakteristikasi nuqtayi nazaridan hamda struktura jihatidan qo‘shma so‘zlar ancha chuqur o‘rganilgan, ayrim hollarda komponentlarning o‘zaro aloqalari ham ochib berilgan.


Download 457,78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish