O‘zbek tilshunosligi kafedrasi o‘zbek terminologiyasi fanidan ma’ruza matnlari



Download 457,78 Kb.
bet23/82
Sana04.03.2022
Hajmi457,78 Kb.
#483300
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   82
Bog'liq
leksikografiya majmua

Avto-, azo-, makro-,mikro-, poli-, ultra- singari o‘zaklar; sonlarni ifodalovchi mono-, bi-, di-, tetra-, tri- kabi elementlar faqat prepozitiv qo‘llanishga ega bo‘lsa, -bus, -drom, -navt, -fob, -for, -skop kabilar asosan postpozitiv holda qo‘llanadi. Yunon va lotin tillariga mansub shunday termin elementlar ham borki, ular o‘rniga qarab yo prepozitiv holatda, yo postpozitiv holatda kela oladi. har ikki holatda ham termin elementning asl, dastlabki ma’nosi saqlanib qoladi yoki sezilib turadi. Bunga misol qilib quyidagilarni keltirish mumkin: andr - yunoncha erkak ma’nosidagi so‘z: Ixtiandr (kitob qahramoni) - baliq-odam demakdir. Bu o‘rinda mazkur -andr termin elementi postpozitiv holatda, androgenlar va androfobiya kabi tibbiy terminlarda esa prepozitiv qo‘llangan. Shuningdek, yunoncha anthropos so‘zi pitekantrop, sinantrop, filantrop kabi terminlarda postpozitiv termin element sifatida kuzatilsa, antropofobiya, antropologiya, antroponim, antropogenez kabi terminlarda prepozitiv holatda keladi. Yana quyidagi terminalementlarni qiyoslab ko‘rish mumkin: gen < yun. genos (ma’nosi: avlod, tug‘ilish; paydo bo‘lish): gidrogen, oksigen; generator, genetika, genotsid va boshqalar; gon < yun. gonia (ma’nosi: burchak): geksagon, Pentagon, poligon: goniometry, gramma < yun. gramma (ma’nosi: yozuv, yozish): kardiogramma, radiogramma, telegramma; grammatika, grammofon, natr < yun. iatros (ma’nosi: vrach): pediatr; iatrokimyo kabi.Terminologik sistemalarda qo‘llanadigan glot// gloss(til), graf (yozmoq bosmoq nashr qilmoq), derma(teri), (g) yemat (kon), kard (yurak), lit (tosh), log(iya) - so‘z, tushuncha, ta’limot, ped(bola; oyoq), term (issiklik), fil (sevmoq), fon (tovush), pat(azob, azob chekish) kabi juda ko‘plab termin elementlar ham yuqoridagiday ikki xil pozitsiyada bo‘la oladi.

Prepozitiv termin elementlar postpozitiv termin elementlar bilan, shuningdek, baynalmilal terminlar bilan birlikda yangi-yangi terminlar hosil qiladi. Xuddi shu xususiyat postpozitiv elementlarga ham tegishlidir. Ularning farqli tomoni shundaki, bir qator milliy tillarda, xususan, O‘zbek tilida prepozitiv elementlar O‘zbekcha so‘zlar bilan qo‘shilib kela oladi, lekin postpozitiv elementlar bu jihatdan ancha cheklangandir.


Download 457,78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish