O‘zbek tilshunosligi kafedrasi o‘zbek terminologiyasi fanidan ma’ruza matnlari



Download 457,78 Kb.
bet31/82
Sana04.03.2022
Hajmi457,78 Kb.
#483300
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   82
Bog'liq
leksikografiya majmua

Qo‘shma termin elementlarning «sifat + sifat» (sushelkali richag, qo‘shko‘rakli shamolparrak), «sifat + fe’l» (issiqsevar o‘simlik yorug‘sevar), «son + sifat» (ikki valentli element, ko‘pyoqli burchak to‘rt xonali jadval) singari tiplari ham bor. Shuni aytish kerakki, so‘nggi tipda yasalgan terminele-mentlarni, ya’ni ikkinchi qismi -li olgan qo‘shma sifatlarning qo‘shma emas, balki birikmali sifatlar ekani haqida fikrlar ham bor. Qo‘shma termin va termin elementlarning o‘zbek tilida avvaldan qo‘llab kelingan so‘zlar asosida shakllanishiga ko‘p jihatdan ruscha qo‘shma terminlarning o‘zbek tiliga to‘liq kalkalash jarayoni ham katta ta’sir etmoqda. Ma’lumki, kalkalash, asosan, o‘tgan asrning 20-30-yillaridan boshlab kuchaygan so‘z hosil qilish usullaridan bo‘lib, hozirda u o‘zbek tili lug‘at tarkibini, uning terminologik sistemalarini boyituvchi muhim omillardan biriga aylandi. Qaysi bir fan sohasini olmaylik unda ruscha so‘zlarga andoza, o‘xshatma qilib, o‘z tilimiz materiallaridan yasalgan qo‘shma terminlarni uchratamiz. Yuqorida keltirilgan qo‘shma terminlar tegishli ruscha qo‘shma terminlarni aynan, so‘zma-so‘z kalkalash orqali hosil qi-lingan.) Komponentlari ruscha-baynalmilal o‘zaklardan iborat, o‘zbek tiliga tayyor holda o‘zlashtirilgan qo‘shma terminlar. Bu yerda shuni aytib o‘tish kerakki, ruscha va baynalmilal o‘zaklarning xilma-xil kombinatsiyasi asosida yuzaga kelgan va rus tilida qo‘shma termin deb qaraladigan kompozitlarning barchasi ham o‘zbek tilida qo‘shma termin bo‘la olmaydi.

Bu yerda uch holatga e’tibor berish kerak: a) agar ruscha-baynalmilal qo‘shma terminning har ikkala (yoki uch) komponenti o‘zbek tilida mustaqil termin yoki terminelement sifatida qo‘llansa, bunday terminlar o‘zbek tilida ham qo‘shma sanaladi. Masalan: karbonvodorod, elektrstansiya, elektrlampa, radiostansiya, fotosintez, kinofilm, elektrmotor, vakuummetr, kristall-gidrat, kvarsgenerator, radiolampa, kinokomediya kabilarning har ikkala komponenti ham o‘zbek terminologik sistemalarida mustaqil termin bo‘la oladi, shuning uchun bu tipdagilar o‘zbek tilida qo‘shma terminlar sanaladi) birinchi komponenti muntazam takrorlanuvchi, qator-qator bloklar hosil qiluvchi termin elementdan yoki mustaqil qo‘llanuvchi atributiv elementning qisqartmasidan iborat, ikkinchi qismi esa mustaqil termindan tuzilgan ruscha qo‘shma terminlar o‘zbek tilida ham qo‘shma hisoblanmogi kerak. Masalan, anti-terminelementi bilan matematikada antioktava, antikosinus, antiparallel, antisimmetriya, antiradikal, antisimvolsin-gari undan ortiq qo‘shma terminlar hosil qilingan. Texnikada avtomobil, avtomatik so‘zlarining qisqartmasi bo‘lgan avto-ishtirokida bir necha o‘nlab qo‘shma terminlar yasalgan: avtobaza, avtobenzin, avtopritsep, avtogreyder, avtokataliz, avtokran, avtomashina, avtorentgen va boshqalar. Bu tipdagi qo‘shma terminlarning yasalishi va materiali, komponentlarining ma’nosi tegishli sohalarning mutaxassislari uchun tushunarlidir.


Download 457,78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish