O‘zbek tilshunosligi kafedrasi o‘zbek terminologiyasi fanidan ma’ruza matnlari


-mavzu: O‘zbek tili ish yuritish terminlarini tartibga solish haqida



Download 457,78 Kb.
bet33/82
Sana04.03.2022
Hajmi457,78 Kb.
#483300
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   82
Bog'liq
leksikografiya majmua

18-mavzu: O‘zbek tili ish yuritish terminlarini tartibga solish haqida.
Reja:
1. O‘zbek hujjatchiligi terminlari tarixi.
2. O‘zbek tilida ish yuritishda terminlarini tartibga solish haqida.
3. Hujjatchilik tarixida terminlarni milliyligini ta’minlash- dolzarb vazifa.


Tayanch so‘z va iboralar: o‘zbek hujjatchiligi, terminlar tarixi,
o‘zbek tili, ish yuritish, termin, tartib, hujjatchilik tarixi, terminlar milliyligi.

O‘zbek hujjatchiligi boy va uzoq tariximizning ilk bosqichlaridayoq paydo bo‘lib, o‘ziga xos an’analar asosida, o‘ziga xos uslub va shakllar vositasida rivojlanib kelgan bo‘lsa-da, XX asrning dastlabki o‘n yilliklarida va undan keyin respublikamizda hujjatchilik bevosita o‘zbek tili negizida rivojlantirilmadi - bu sohadagi asosiy yo‘nalish rus tilidan nusxa ko‘chirishdan iborat bo‘lib koldi. Ana shuning va boshqa bir qancha omillarning oqibati o‘laroq o‘zbek tilining rasmiy ish uslubi deyarli takomil topmadi. O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan bugungi kunda o‘zbek tilida mukammal hujjatchilikni yaratish, uning atamalarini ishlab chiqish eng dolzarb vazifalardan biri bo‘lib turibdi.


Ma’lumki, har qanday hujjat muayyan axborotni u yoki bu tarzda ifodalash uchun xizmat qiladi, Demak hujjatlardagi birlamchi va asosiy unsur hujjatning tili hisoblanadi. Hujjatlarda so‘z va gap tartibi bilan aloqador, so‘z qo‘llash bilan bog‘liq juda ko‘p muammolar borki, ularni faqat ayni til tabiatidan kelib chiqib hal etmoq lozim. Shu sababli ham respublika arxiv boshqarmasi yoki respublika Davlat andoza (standart)lar qo‘mitasi qoshida ish yuritishning yagona davlat tizimini yaratish, hujjatlarni tayyorlashning umumiy qoidalari va ularning yagona andozalarini ishlab chiquvchi alohida tashkilot bo‘lishi kerak chunki shu paytgacha bu ishlar bilan sobiq butun ittifoq hujjatshunoslik va arxiv ishlari ilmiy-tadqiqot instituti shug‘ullanar edi.
Respublikamizda, institut darajasida bo‘lmasa-da, kichikroq bir guruh tashkil etilib, bu muassasa, masalaga o‘zbek tili nuqtayi nazaridan yondashgan holda, yagona hujjat nusxalarini ishlab chiqishi lozim. Afsuski, bu ish haligacha hukumat doirasida va darajasida hal qilinmay kelmoqda. To‘g‘ri, ko‘plab muassasa va tashkilotlarimiz bugungi kunda o‘zbek tilida ish yuritishga o‘tib, O‘zbek tilining boy materiallari va qonuniyatlaridan keng foydalanmoqdalar. Biroq bu ishlar markazlashgan holda amalga oshirilmas ekan, undan samarali natijalar kutish qiyin.
Hujjatchilik (ish yuritish) atamalari haqida ham shu gaplarni aytish mumkin. Atamalarni tartibga solish birinchi galda davlat tilida ish yuritishni joriy qilishga qaratilishi kerak zero, bu sohadagi bir qator atamalar o‘zining o‘zbekcha muqobilini kutmoqda. Ayrim hollarda tushunchalarning mohiyatini mukammal, chuqur anglamay turib, davriy matbuot saxifalarida ularga noo‘rin atamalar, muqobillar taklif qilinmoqda. Masalan, bir qator gazetalarning «Atamalar burchagi» ruknida zayavka o‘rnida talabnoma atamasini qo‘llash taklif qilindi. Holbuki, hatto 30-yillarda ham talabnoma atamasi ruscha «trebovanie» ma’nosida qo‘llangan. Xuddi shuningdek ruscha «sennost» so‘zi muqobili sifatida qadriyat atamasi taklif qilindiki, bu atama falsafiy nuqtai nazardan, ya’ni axloqiy qadriyat sifatida to‘g‘ri bo‘lishi mumkin. Biroq tushuncha mohiyatini bir tomonlama o‘ylab topilgan muqobillar jamoatchilikni chalg‘itishi mumkin. Chunonchi, bir qator korxonalardagi ba’zi bir hujjatlarda «inventarizatsiya sennostey» atamasi qadriyatlarni inventarlash tarzida berildi. Ko‘rinib turibdiki, ruscha «sennost» atamasining ish yuritish soxasidagi muqobili qadriyat emas ekan. Bu o‘rinda qimmatdor yoki qimmatbaho buyumlar birikmasini qo‘llash maqsadga muvofiqdir.
Yaqinda nashr etilgan «O‘zbek tilida ish yuritish» kitobimizda xarakteristika so‘zining muqobili sifatida tavsifnoma atamasini qo‘llagan edik. Biroq ayrim gazeta maqollarida bu atama o‘rnida ruhiyatnoma so‘zini qo‘lash lozimligi haqida takliflar ham bo‘ldi. Bu taklif tushuncha mohiyatini to‘liq aks ettirmaydi, chunki xarakteristikada faqat shaxsning ruxiyati, xulq-atvori emas, balki mutaxassislik bo‘yicha mahorati, ishga munosabati, xizmat vazifasidagi o‘zgarishlar, lavozimi, jamoat ishlaridagi ishtiroki, qanday mukofot va rag‘batlantirishlarga sazovor bo‘lganligi, hatto ayrim hollarda berilgan ma’mu-riy jazolar ham o‘z aksini topadi. Shu sababli ham biz yuqoridagilarning barchasini qamrab oluvchi tavsifnoma atamasini qo‘llagan edik.
Bizning fikrimizcha, ruhiyatnoma so‘zi xarakteristika atamasining muqobili bo‘la olmaydi. Ish yuritish atamalarini hosil qilishda -noma qo‘shimchasining qo‘llanayotganligi haqida ham e’tirozlar bildirildi. Ma’lumki, so‘z yasovchi qo‘shimchalarni maxsuslashtirish, odatda, mutaxassislar tomonidan ongli va rejali ravishda amalga oshiriladi. O‘zbek atamashunosligida texnika va botanika atamalarini hosil qilishda bunday maxsuslashtirishga alohida ahamiyat berib kelinmoqda. Binobarin, ish yuritishda, hujjatchilikda hujjat nomlarini tartibga solish, ularni muayyan kolip bo‘yicha hosil qilishda ham ba’zi qo‘shimchalarni maxsuslashtirish maqsadga muvofiqdir. Masalan, bayonnoma, dalolatnoma, yo‘riqnoma, ma’lumotnoma, murojaatnoma, tavsifnoma, tavsiyanoma, shartnoma kabi hujjat nomlaridagi -noma qo‘shimchasi, birinchidan, hujjatning yozma shaklda ekanligiga ishora qilsa, ikkinchidan, hujjatchilik sohasiga oid atamalarni tartibga solishda qo‘l kelib, atamalarga qo‘yilgan qator talablarga mos to‘shadi. Mazkur «O‘zbek tilida ish yuritish» kitobini yaratishda bir qator qiyinchiliklarga duch kelindi. Bu qiyinchiliklardan biri mana shunday qo‘llanmalarning o‘zbek tilida deyarli yaratilmaganligi, ya’ni tajribaning yo‘qligi bo‘lsa, ikkinchisi, eng asosiysi, o‘zbek tili ish yuritish atamalarining jamlamganligidir. Haqiqatan ham, 1933 yilda nashr etilgan Y.Bo‘latov va B.Ilyozovlarning «Ruscha-O‘zbekcha ish yuritish terminlari so‘zligi»hamda 1934 yilda nashr qilingan B. Ilyozovning «O‘zbekcha-ruschaishyuro‘tish terminlari so‘zligi»ni hisobga olmaganda, bu soha atamalarini o‘rganshssa hech qanday ilmiy yoki amaliy ish qilinmagan edi. Natijada o‘zbekcha yoki o‘zbek tili qonun-qoidalari asosida hosil qilingan atamalar bilan almashtirish imkoni bo‘lgan yuzlab ruscha-baynalmilal atamalar yillar davomida o‘zbek tilidaqo‘llanib keldi, hatto ularni tartibga keltirish haqida o‘ylab ham qilmadi. Adres, akt, anketa, viza, kanselyariya, protokol, raport, rezolyutsiya, spravka kabi atamalar shular jumlasidandir. Hujjatchilik asosan rus tilida olib borilganligi tufayli hatto og‘zaki nutqda O‘zbek tilida mavjud bo‘lgan yoki hosil qilinishi mumkin bo‘lgan buyruq, ishonchnoma, ko‘chirma, farmon, xabarnoma, chatsiruvnoma kabi bir qancha atamalar prikaz, doverennost, vipiska, ukaz, izvesheniye, povestka singari qo‘llanib kelindi va hanuz bundan qutulganimiz yo‘q. «O‘zbek tilida ish yuritish» qo‘llanmasining mualliflari ish yuritish atamalari sohasidagi yuqoridagidek kamchilik va nuqsonlarni imkon darajasida kamaytirishga harakat qildilar, xususan, bir qator atamalarning tarjimasi berildi, ayrim atamalar yangidan hosil qilindi. Biroq mualliflar bu yangi atamalar mutlaq to‘g‘ri va benuqson deb da’vo qilmaydilar. Buning isboti sifatida kitobda tavsiya etilgan majlis bayoni (protokol) atamasini ko‘rsatish mumkin. Keyingi kuzatishlar va amaliyot ushbu atamaning nuqsonli ekanini, uning o‘rnida bayonnoma (majlis bayonnomasi, tergov bayonnomasi kabi) so‘zini qo‘llash maqsadga muvofiqligini ko‘rsatmoqda. Endilikda ish yuritish atamalari sohasidagi nuqson va kamchiliklarni bartaraf etish vaqti keldi. Bu ish ham ilmiy, ham amaliy jihatlarni qamrab olmog‘i va faqat sanoqli kishilarning ishi bo‘lib qolmay, barcha soha mutaxassislari va keng jamoatchilikning izchil faoliyatidan iborat bo‘lmog‘i kerak.



Download 457,78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish