O’zbek tilshunosligi kafedrasi o’qituvchi nutq madaniyati fanidan o’quv- uslubiy majmua



Download 1,46 Mb.
bet12/49
Sana29.12.2021
Hajmi1,46 Mb.
#77299
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   49
Bog'liq
nutq.mad.majmua akbarjon
Kitobxon talaba natijasi, Kitobxon talaba natijasi, Kitobxon talaba natijasi, Kitobxon talaba natijasi, Kitobxon talaba natijasi, Tamirlash 1, Robototexnika 1, Invoice 2, Tamirlash 5, 1-ma'ruza, 03.11.Bek, 1-ma'ruza savol.docx, Факультет (2), Факультет (2)
Tayanch tushunchalar:

1. O’qituvchi nutq madaniyati - amaliy jihatdan o’qituvchi nutqining xilma - xil muammolarini tadqiq qiluvchi fan.

2. Nutq madaniyati - namunaviy nutq sirlarini egallash haqidagi ta’limot.

3. Madaniy nutq fazilatlari - uning to’g’riligi, aniqligi, mantiqiyligi, ifodaviyligi, boyligi va sofligi.

4. Yuqori nutq madaniyati - bu fikrlarni til vositalari bilan to’g’ri, aniq va ta’sirchan qilib bera olish.

5. To’g’ri nutq - hozirgi adabiy til me’yorlariga rioya qilib tuzilgan nutq.



Aqliy hujum uchun savollar:

1. «O’qituvchi nutq madaniyati» fani qanday muammolarni o’rganadi?

2. Qanday nutq madaniy nutq hisoblanadi?

3. Nutq madaniyati qaysi fanlar bilan o’zaro munosabatda bo’ladi?

4. Tilni faqat aloqa vositasi deb tushuning to’g’rimi?

5. Hozirgi kunda fan oldidagi muhim vazifalar qaysilar?



Foydalanilgan adabiyotlar:

1. I.Karimov. Barkamol avlod - O’zbekiston taraqqiyotining poydevori, Toshkent, 1997 -yil.

2. R.Qung’urov, E.Begmatov, Yo.Tojiyev. Nutq madaniyati va uslubiyat asoslari, Toshkent, 1992 -yil.

3. T.Qudartov. Nutq madaniyati asoslari, Toshkent, 1993 -yil.

4. K.Nazarov. Nutq madaniyatiga oid masalalar, Toshkent, 1973 -yil.

5. E.Begmatov, A.Boboyeva, M.Asomiddinova, B.Umrqulov. O’zbek nutqi madaniyati ocherklari, Toshkent, 1988 -yil.

6. S.Inomxo’jayev. Notiqlik san’ati asoslari, Toshkent 1982 -yil.

7. U.Nosirov. Nutq madaniyati va davr. Nutq madaniyatiga oid masalalar, Toshkent 1973 -yil.

8. S.Akobirov. Lug’at - so’z xazinasi, Toshkent, 1977 -yil.

9. B.Umrqulov. Lektor nutqi va badiiy til, Toshkent, 1981 -yil.

10. E.Fozilov. Nutq madaniyatining ba’zi - bir nazariy masalalari. «Nutq madaniyatiga oid masalalar» to’plami, Toshkent, 1973 -yil.

1-ilova


2-ilova


3-ilova


ARMONLI DUNYO

Yana qish keldi. Atrof oppoq qor. Qirlar, dalalar, daraxtlar, qishlog’imizning bu yerdan ko’rinib turgan tomlari – hamma yoq oppoq. U yer-bu yerda do’ppayib turgan qabrlar ham qish hukmiga bo’ysunib, oq kiyim kiygan. Dunyo tin olyapti. O’zi qabriston doim sukunat hukmida, tong saharda, ayniqsa, qor yog’ib, izg’irin yugurganda bu sokinlik butun atrofga yoyiladi.

Qabriston boshida turgan xov anavi bir tup qayrag’ochni ko’ryapsizmi? U ham oq kiyim kiyibdi. Go’yo boshiga oq yopinchiq yopinib, ibo bilan salom berayotgan suluv kelinchakka o’xshaydi. Ha, suluv kelinchakka...

Negadir qor yog’sa, qor bilan hamma narsani kelinchakka o’xshataman. Kechagina men ham shu kelinchak kabi ibo bilan salom bermaganmidim? Kechagina egnimdagi libosim kabi oppoq orzular bilan ilk qadamlarim bosgan uydan chiqib ketmaganmidim? Butun dunyo go’zal edi. Butun olam meni olqishlardi. Oppoq nurga chulg’anib, yurib emas, uchib borardim. O’shanda ham qor yoqqandi. Qanday baxt-a! Ikki kundan so’ng yangi yil; yangi yilni yangi uyimda, yangi baxtim bilan birga kutib olaman. Qarang, qor yog’ib havoni izg’irin shamollar o’z hukmiga olgan bo’lsa ham, qushlar chug’urlayapti: meni olqishlayapti, shekilli. Bu dunyo ilgari ham shunday chiroylimidi yo yangi hayotga qadam qo’yayotgan har bir qizga Olloh mana shunday go’zallikni tushuna oladigan ko’z ato etarmikan-a?

Ilgari qishni yomon ko’rardim: sovuq, hamma bir uyga tiqilib o’tiradigan fasl, deb o’ylardim. Nahot shuncha go’zallikni avval sezmaganman.

Hovlimizda bir tup atirgul o’sadi. Kuz oxirlariga borib bir g’uncha paydo bo’ldi-yu, birdan kirib kelgan qish izg’irinlariga dosh berolmay, shundayicha muzladi-qoldi.Hozir ko’zim tushdi-yu, rahmim kelib ketdi: ochilmay xazon bo’lishdan xudoning o’zi saqlasin.

Onamning yuzida bunday quvonchni sira ko’rmaganman. Gir yugurib keladi-da, ikki yuzimdan o’pib-o’pib oladi, uzoq tikilib qoladi. Negadir qo’yib yuborgisi kelmaydi. Uning ko’zlarida yana nimanidir ko’rdim. Bu nima? Xavotirmi, qo’rquvmi yo qizini o’zga yurtga jo’natayotgan onaning oq fotihasimi? Balki onam o’shanda qizini qaytib ko’rolmasligini sezgandir. SHuning uchun qo’yib yuborgisi kelmagandir. Lekin mana shu oq libos bilan bu dunyoni tark etish mumkinligini xayoliga ham keltirmagan bo’lsa kerak. Men-chi, men bilibmanmi boshimga shu kunlar tushishini?

To’yning shovqin suronini ortda qoldirib, karnay-surnay sadolari ostida uydan chiqib ketdik. Eh, beshafqat dunyo, bunchalar qiziqsan-a! Agar ajal bizni yetaklamasa, to’g’ri bizni quchoq ochib kutayotgan xonadonga borsak bo’lmasmidi?

Baxtdan mast kuyov bizni boshlab ketdi. Haydovchi yigit ham yosh ekan, ketguncha mashinani uchirib, bizni kuldirib bordi. O’zimiz xohlagan kafega kirdik. Qaytmoqchi bo’ldik. Orqadan kelayotgan yuk mashinasini ko’rdim...

Keyin nima bo’lganini eslashni xohlamayman. Faqat yengil bo’lib qoldim. Borligimni sezmayapman, osmon-u falakda uchib yurganga o’xshayman. O’zimni pastda ko’rdim: qandaydir kishilar mashinaga solishdi, shifoxonaga olib borishdi...

Osmonda bir juft kabutar charx urib uchyapti. Dunyo tashvishlaridan bexabar, hech bir xavf-xatarsiz. Biz ham shu kabutar misoli baxtiyor edik. Baxt osmonida nurlarga chulg’anib, parvoz etardik.

Bugun sizni ko’rdim. Oradan o’tgan bir yil, bo’lib o’tgan voqealar sizga o’z ta’sirini o’tkazibdi. Sochingizga oq oralabdi, yuzlaringizni ajin qoplabdi. Men yaxshi ko’rishimni bilib, tuvakka atirgul o’tqazganingizni aytgandingiz. Sizni o’sha gulga tikilib turgan holatda ko’rdim. Negadir bu yil gullamabdi.

Yana qor yog’yapti. Esingizdami, birinchi qor yoqqanda unga ajablanib, go’yo birinchi marta ko’rayotganday boqqanimiz. Atrof sukunatini buzib, shodligi olamga sig’may qichqirayotgan hov anavi bolalarni ko’ryapsizmi? Kechagina biz ham shunday go’zal shodlik og’ushida emasmidik!? Birinsi qor bilan bir-birimizni qutlaganimiz, kiyimimizgan qo’ngan qor parchalarini chiroyliligini bir-birimizga aytib maqtanganimiz... Qanchalar beg’ubor edi-ya o’sha kunlar! Qordek oppoq, pokiza edi hislarimiz.

Men ayriliqlar ortda qoldi, endi doim bir-birimizni ko’rib yashaymiz, deb uyladim. Ayriliqni bir-birini ko’rmay yashash deb tushunardim. Lekin intilgan kishingni ko’rib turib ham undan ayri yashash mumkin ekan. Mana, hozir men sizni ko’rib turibman. Sochingizga erta qo’ngan oq tolalarni silagim, yuzingizga qismat chizib ketgan ajinlarni tarqatgim keladi, lekin oramizda o’tib bo’lmas ayriliq dengizi bor. Yonginangizda turib, nafasingizni his qilib tursam-da, bu dengizdan o’tolmayman.

...Tug’ilib o’sgan uyimga bordim. O’sha mudhish voqeadan keyin qadam bosmagandim. Akam qizchali bo’libdi. Unga mening ismimni beribdilar. Bu dunyoda odamlarga meni eslatib turadigan nima bor o’zi, deb doim o’ylanib yurardim. Xursand bo’ldim. Jajji jiyanchamning yuz-ko’zlaridan o’zimga o’xshash tomonlarni qidirdim. Odatdagi chaqaloqlardan biri: bilinar-bilinmas qosh, bir nuqtaga tikilib turuvchi ko’zlar, chimchilab qo’ygandek burun, kichkinagina og’izcha... Bularning nimasi menga o’xshash, bilolmadim. Ammo uning ko’zlari... Ular deraza osha tashqariga, bir nuqtaga tikilib turibdi. O’sha yoqqa qaradim: men sevgan atirgul! Tabiatning ishlari qiziq-a! Bir damgina ko’rinib turuvchi aldamchi quyosh nurlariga ishongan bo’lsa kerak, u yana qishda g’unchalabdi. Lekin uni endi sovuq urmagan. Kimdir (akam bo’lsa kerak) ustini o’rab, sovuq o’tmaydigan qilib qo’yibdi. Astoydil parvarishlabdi.

Demak, men ham yashayapman. Jajji qizaloqning bug’ubor ko’zlarida, qalb sirlarini kimgadir so’zlamoqchi bo’lib og’iz juftlagan g’unchaning lablarida yashayapman...

02.01.2004.

3-“B” guruh talabasi

Xo’jaeva Feruza.


Download 1,46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
axborot texnologiyalari
ta’lim vazirligi
zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
O’zbekiston respublikasi
nomidagi toshkent
guruh talabasi
o’rta maxsus
toshkent axborot
texnologiyalari universiteti
xorazmiy nomidagi
davlat pedagogika
rivojlantirish vazirligi
pedagogika instituti
vazirligi muhammad
haqida tushuncha
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
respublikasi axborot
toshkent davlat
tashkil etish
vazirligi toshkent
Toshkent davlat
bilan ishlash
O'zbekiston respublikasi
matematika fakulteti
Ishdan maqsad
o’rta ta’lim
ta’limi vazirligi
fanining predmeti
saqlash vazirligi
moliya instituti
haqida umumiy
pedagogika universiteti
fanlar fakulteti
fanidan tayyorlagan
umumiy o’rta
samarqand davlat
ishlab chiqarish
fanidan mustaqil
Toshkent axborot
universiteti fizika
fizika matematika
uzbekistan coronavirus
Darsning maqsadi
sinflar uchun
Buxoro davlat
coronavirus covid
Samarqand davlat
koronavirus covid
sog'liqni saqlash