ТИРИКЛИККА ШУКРОНА
SHovqin-suronga boy XXI asrda yashar ekanmiz, har kunimiz to’s-to’palonlar ichra qanday o’tib ketayotganini ham bilmay qolyapmiz. O’zimiz xohlagan joyga borolmasak, kiygimiz kelgan qimmatbaho kiyimni ololmasak, biror o’qituvchimiz xohlagan bahomizni qo’yib bermasa yoki qo’limizda pulimiz tugab qolsa, nola qilamiz: “Ey xudo, nega omadsizman-a?” – deya. Dunyodagi eng baxtsiz kishidek xafalar bo’lamiz. Bir kuni esa... biror yaqinimizni yo’qotgach yoki bshimiz yostiqqa botganda bu dunyoning ham omonat ekanligini qalbimizda tuyamizda, yuqorida biz noligan narsalar arzimas va hech bir qiymatga ega emasligini his qilamiz. Ana shundagina tiriklikning qadriga yetamiz. Mening bugun sizga aytmoqchi bo’lganim ham aynan tiriklik, yashash naqadar baxt ekani haqida ya’ni tiriklikka shukrona mavzusida!
...Tumanli sahro aro boryapman, atrof sukunat... Negadir juda toliqib ketyapman, qancha yursam ham yo’lim tugamaydi, charchab qumga cho’qalayman. Nogahon kimdir ortimizdan chaqirgandek bo’ldi, cho’chib ortimga qaradim. Qaradim-u, dahshatdan yuragim yorilguday bo’ldi. Ortimda juda ham badbashara bir kimsa ko’zlari bejo, alanglagancha men tomon yurib kelyapti, qo’rqib ketdim. Hozir yetib oladi, yo’q! Tez-tez yuraman, yo’q yetib oladi, yuguraman, ana hozir yetib oladi, yo’q! CHo’chib uyg’ondim, yuragim qinidan chiqquday uryapti, oyoq-qo’llarimda jon yo’q. Negadir juda holsizlanib ketdim. CHanqab, tomog’im qaqrab, sekin o’rnimdan turdim. Bazo’r yurib borib suv ichdim, juda holsizlanib ketyapman. Yotoqxonamga kirar chog’im katta toshoynada o’z aksimni ko’rdim – ranglarim oqarib ketgan, ko’zlarim kirtayib ketibdi. Balki qo’rqinchli tush ta’siridir, bilmadim, birov o’sha damda toshoyna oldida tiz cho’kdim. Diniy kitoblarda o’qiganlarim bir-bir xayolimdan o’tdi – arosat vodiysi, narigi dunyo, gunoh va savob... Nahotki o’lib qolsam, qo’rqib ketyapman. Nahotki shu tarzda bu dunyoni tark etsam, nahot bu dunyoda o’zimdan bir yaxshi nom qoldirmay, izsiz yo’qolib ketsam. Nahotkimen uchun aziz bo’lgan mehribonlarimni bir martagina ko’rmay o’lib qolsam?!
Ana shunday qo’rqinchli xayollar og’ushida beihtiyor ko’zlarimdan yosh quyildi. Yana diniy kitoblarda o’qiganim – jon berar chog’i insonning o’zi ayon bo’lishi, ranglar za’faron bo’lib, oyoq-qo’ldan jon ketishi xayolimdan o’tdi.Tiz cho’kkan ko’yi uzoq yig’ladim, yaratgandan yolvorib, menga umr berishini so’radim. Yaratgan Egamga bu dunyoda biror yaxshilik qoldirish ilinjim ekanini g’oyibona bildirdim. Yuragim tez-tez uryapti, oyoq-qo’llarimda hamon jon yo’q. Yig’lay-yig’lay o’rnimdan asta turdim. Keyin esa ko’zlarimda yosh ila meni bu yorug’ dunyoga keltirgan, yo’qdan bor qilib ulg’aytirgan mehribonlarim – ayajon va dadajonimning yotoqlariga bordim. Eshiklari oldida turgancha, yuragimda yashashga behad ilinj, umid bilan, biroq yaratgannning xohishi ne bo’lishini bilolmay rozilik so’radim. Ularni ko’rolmasam-da, meni juda yaxshi ko’rishlarini his qilib, men uchun kuyinmasliklarini g’oyibona so’radim. Keyin ortga qaytdim, o’z xonamga kirdim. O’rnimga yotdim-u, kalimamni qaytaraman: “La ilaha illollohu, Muhammadan Rasululloh!” Ko’nglimda esa xudoyimdan umr berishini so’ray-so’ray ko’zlarim yumila boshladi...
Issiqqina nafas yuzlarimga urildi, ko’zlarimni ochdim. Iliq havo, farahbaxsh tong! Ayajonim yuzlarimdan o’pib uyg’otayotgan ekanlar. Nahotki xudoyimga ohlarim yetdi, nahot yana men tongni ko’ryapman?! Ayajonimning bo’ynilaridan mahkam quchoqlab oldim, xudoga shukronalar aytdim. Ayajonim nonushta tayyor ekanligini aytib, chiqib ketdilar. Turib oynadan atrofga qarayman, ikkinchi qavatda yashashimiz sababli balanddan atrof juda go’zal ko’rinadi. Bepoyon osmon, bir-biriga gal bermay ketayotgan mashinalar, qushlar, odamlar – barchasi zavqli. Nohos qo’llarimni ochgancha menga umr bergani uchun, yorug’ jahonni yana ko’rayotganim uchun, yashayotganim uchun tirikligimga, Yaratganga shukronalar aytdim.
Zulmat ichra o’tar mening kun-u tunim,
Men ham sizdek ko’rgim kelar oy-quyoshni.
Lek taqdir-da, nolimayman yashayman jim,
Faryod solib toshga urmam aziz boshni...
SHukur qilmoq mo’minlikdan dalolatdur,
Gar nolisak bu xudoga malomatdur...
Har gal Orolmirzo Safarovning shu qo’shig’ini eslar ekanman, yashashga ishtiyoq, hayotga muhabbatim ortadi.
Bu dunyoda insondan faqat yaxshilik, yaxshi nom qoladi. Bu umrni qanday o’tkazish har kimning o’z qo’lida. Yuqoridagi qo’shiqning so’ngida “Tiriklikning o’zi ham zo’r mukofotdur” degan satrlar bor. Ha, har kunimiz uchun, har bir o’tgan umrimiz uchun, tirikligimiz uchun Yaratganga shukronalar keltirish esa har birimizga farzdir. Men ham har tong uyg’onganimda cheksiz fazolarga qarab, yana tongni ko’rayotganim, yuragim urayotgani, tirikligim uchun shukronalar qilaman, O’zinnga shukur!
Gohda to’lib ketganda toqat, Ko’z ochish ham omonat ekan,
Ko’zga hatto ko’rinmaydi taxt. Bir yaxshilik dilimda zo’r ahd.
SHukronalar aytaman faqat, Yashayversin shukurlar degan,
Yashayapman, shuning o’zi baxt! Yashayapman, shuning o’zi baxt!
3-“E” guruh talabasi
Do'stlaringiz bilan baham: |