Muloqotning tashqi va ichki shakllari mavjud.
Tashkilotdagi xodimlar tashkilotdan tashqaridagi shaxslar bilan muloqotlari tashqi muloqot deb ataladi. Bu shaxslar mijozlar yoki Xaridorlar, dilerlar yoki distribyutorlar, axborot vositalari xodimlari, hukumat, omma va shu kabilar tashqi muloqot namunalaridir. Tashqi muloqotga tashkilot tashqarisida boshqa kompaniyalar, hukumat bilan, umumiy omma va hokazolar bilan sodir boʻladigan nutqiy faoliyat kiritiladi.
Insonlar tashkilot ichida bir-birlari bilan muloqot qilishlari ichki muloqot hisoblanadi. Bu bir jamoada ishlash va umumiy maqsadlarni anglab yetish uchun qilinadi. Muloqot rasmiy yoki norasmiy boʻlishi mumkin. Ichki muloqot yuzma-yuz va yozma muloqotni oʻz ichiga oladi. Xabar, hisobot, ofis buyruqlari, aylanma farmoyish, faks, videokonferensiya, yigʻilish va shu kabilar ichki muloqot namunalaridir.Ichki muloqot deganda, kompaniya ichida sodir boʻluvchi nutqiy faoliyat tushuniladi. Ichki muloqotning oʻzi 2 qismga boʻlinadi:
Rasmiy muloqotda barcha belgilangan a’zolar xohishlaridan qat’i nazar bir-birlariga ergashishga majburdirlar. Rasmiy muomalaga oʻqituvchi-oʻquvchi, vrach-mijoz, sotuvchi-xaridor, rahbar-xodim va boshqalar oʻrtasidagi muomala kiradi.
Rasmiy muloqotning afzalliklari:
Tizim va ma’muriyat bo‘ylab harakatlanadi va nihoyat bosh ijrochi oldidagi mas’uliyat bilan birgalikda ma’muriyatni qoʻllab-quvvatlaydi.
Bevosita xo‘jayin va uning qoʻl ostidagilari oʻrtasida chuqur munosabatlarni rivojlantirishga yordam beradi.
Ma’lumotni yoyilishida bir xillikni saqlaydi.
U tizimli ravishda sodir boʻladi va ma’lumot ishonchli boʻladi.
Ma’lumot manbasi ma’lum boʻlganligi sababli ishchilar oʻrtasida uygʻunlikni yaratadi.
Rasmiy muloqotning salbiy jihatlari:
Muloqot menejerlar orqali olib borilganligi tufayli turli xil menejerlar ish yuklamasi oshiriladi.
Quyiroq darajada ijrochilar va ishchilar oʻrtasidagi muloqot bo‘shligini kyengaytiradi.
Norasmiy muloqot rasmiy uslub bilan teng ravishda har bir tashkilotning muloqot uslubi mavjud boʻlib, u ingliz tilida «grapevine», greypvayn (tok novdasi) deb ataladi, chunki, u barcha yo‘nalishlarda harakat qiladi – gorizontal, vertikal, diagonal. Norasmiy muomalaga shaxslar oʻrtasidagi oʽzaro munosabatlarga asoslangan muomalani koʻrsatish mumkin.
Bu vaqtni behuda sarflaydi, chunki, ma’muriyatning skalyar zanjiriga rioya qiladi. Muloqot bir ma’muriyat darajasidan boshqasiga ko‘chishi tufayli juda koʻp vaqtni oladi.
Norasmiy muomalaning oliy formasi sevgi va doʻstlikdir. Muomalada norasmiylikka intilish insonlarga xos boʻlgan xislatdir. Kishilar bilan norasmiy muomala qilish qobiliyati quyidagilarga bogʻliq:
— shaxsiy xislatlarga (muomalaga intilish, ishonch, tortinmaslik va boshqalar);
— muomalaga ustalik (aloqa oʻrnata bilish,quloq solish, suhbatdoshni tinglash,suhbatni boshlash, davom ettirish va yakunlash, suhbatdoshni tushuna bilish, uning xislatlarini, oʽzigaxos xususiyatlarini koʻra bilish, vaziyatni yumshata bilish va boshqalar);
— muomala odobini, nazokatini saqlay bilish.
Do'stlaringiz bilan baham: |