MAVZU:
Reklama faoliyati bilan shug’ullanuvchi tashkilotlar uchun
axborot tizimini yaratish
MUNDARIJA
Kirish………………………………………………………………..…………………4
I-BОB. AXBOROT TIZIMLARI
1.1 Axborot tizimlari tushunchasi………………………………...………………….7
1.2 Avtomatlashtirilgan axborot tizimlari ………………...……….………………..9
1.3 Axborot tizimlarini boshqarish …………………….. ……….……………..….15
1.4 1-bob bo’yicha xulosalar…….…………...…….. …………….…..…………….16
II-BОB WEB DASTURLASH.
2.1 Gipermatnli axborot tizimi. Web-brouzerlar ……..….…. …………………..18
2.2 Web texnologiyada qllaniladigan dasturlash tillari ………..…….…………...21
2.3 Web – sahifalarni ishlab chiqish va tahrirlash vositalari …………...………..22
2.4 2-bob bo’yicha xulosalar …………..….. …………….. …………………….....24
III-BОB. HTMLdа Hаvоlаlаr.
3.1 Hаvоlаlаr — HTML hujjаtlаrni bir-birigа bоg’lаsh……..…………………..…...25
3.2 Hаvоlаlаr tuzish usullаri…………………………………………..…………...…26
3.3 Hаvоlаlаr — qо’shimchа imkоniyаtlаr……………...……………………………29
IV-BОB. MEXNАT XАVFSIZLIGI VA TABIATDA EKALOGIYA
TUSHUNCHASI.
4.1 Mehnat sharoitlarini tashkil qiluvchi omillar……..………………………..…35
4.2 Xavfsizlik muammolari ……………………………………….……..................38
4.3 Tabiatdan foydalanish va ekalogiya tushunchalari ..…………………………40
Xulоsа…………………………………………..…………………..………………...43
Fоydаlаnilgаn Аdаbiyоtlаr…………………………………………….……………44
KIRISH
О‘zbekistonda jamoatchilik bilan aloqalar, xalq bilan muloqot muhim ijtimoiy
institutga aylanmoqda. Jamoatchilik fikri - fuqarolik jamiyatini o‘zida aks ettiradigan
bamisoli bir ko‘zgu ekanligi hayotda o‘z isbotini topmoqda. Prezidentimiz Shavkat
Mirziyoyev 2017-yil 27-iyun - Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni
munosabati bilan soha xodimlariga yo'llagan tabrigida ta’kidlanganidek, “Xalq bilan
muloqot, odamlaming orzu-intilishlari, dardu tashvishlari bilan yashash davlat siyosati
darajasiga ko'tarilayotgan bugungi kunda har bir ommaviy axborot vositasi chinakam
muloqot maydonchasiga, erkin fikr minbariga aylangan taqdirdagina biz o‘z oldimizga
qo‘ygan maqsadlarga erisha olamiz”.
O’zbekiston Respublikasining 2014-yiI 5-mayda qabul qilingan “Davlat
hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida”gi qonunida (1-
ilova) Axborot xizmatlarining huquqiy asosi mustahkamlandi. O‘zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 17-fevralda qabul qilingan
“O‘zbekiston Respublikasi davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining axborot
xizmatlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 125-
qarorida (2-ilova) davlat va xo‘jalik boshqaruvi sohasida ochiqlik va shaffoflikka
asoslangan samarali qarorlar qabul qilish tizimini joriy etish, axborot olishda mansabdor
shaxslaming jamiyat oldidagi hisobdorligi, ochiqligi va mas’uliyatini ta’minlash
vazifalari belgilab berildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 27-
iyundagi “Ommaviy axborot vositalari mustaqilligini ta’minlash hamda davlat organlari
va tashkilotlari axborot xizmatlari faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-
tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori (3-ilova) mazkur sohani yanada rivojlantirishda g‘oyat
muhim qadam bo‘ldi.
Demak, yuqorida qayd etilgan qonun, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va
Vazirlar Mahkamasining qarorlari axborot xizmatlarining huquqiy asosi hisoblanadi.
Mazkur qonun va qaror ijrosini ta’minlash maqsadida Mirzo Ulug‘bek nomidagi
O‘zbekiston Milliy universiteti Jumalistika fakultetida, O‘zbekiston Jumalistika va
ommaviy kommunikatsiya universitetida, O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti
Xalqaro jumalistika fakultetida, Qoraqalpog‘iston davlat universiteti Jumalistika
bo‘limida “Axborot xizmatlari” fani o‘qitilmoqda. Mazkur oliy ta’lim muassasalariga
2019-2020 o‘quv yilidan e’tiboran Axborot xizmatlari yo‘nalishida ham abituriyentlar
qabul qilina boshlagani, shu sohada kadrlar tayyorlashga ixtisoslashtirilgan fakultetlar
tashkil etilayotgani muhim voqelikdir. Bo‘lg‘usi jurnalistlar jamoatchilik bilan aloqalar
(PR) fani nazariyasi va amaliyotini, Axborot xizmatini maxsus kurs orqali o'rganish
bilan bir qatorda respublika yetakchi tashkilotlari, vazirliklar, siyosiy partiyalar va
boshqa idoralaming Axborot xizmatlarida mahorat sirlarini o‘zlashtirmoqdalar.
Respublikamizdagi qator tashkilotlaming Axborot xizmatlarida hozirgi vaqtda mazkur
o‘quv dargohidan yetishib chiqqan kadrlar samarali faoliyat ko‘rsatishmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 2-fevralda qabul qilingan
“Axborot sohasi va ommaviy kommunikatsiyalami yanada rivojlantirishga oid
qo'shimcha chora-tadbirlar to‘g‘- risida”gi farmonida “Davlat organlari, xo'jalik
boshqaruvi organlari, davlat korxonalari va tashkilotlari matbuot xizmatlarining
jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan o‘o’zaro hamkorligi yetarli darajada
yo‘lga qo‘yilmagan”i qayd etilib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
Administratsiyasi huzuridagi -Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi
zimmasiga davlat organlari va boshqa tashkilotlarga ular faoliyatining ochiqligini
ta’minlashda, davlat xizmatchilariga ommaviy axborot vositalari bilan ochiq, ommaviy
o‘o’zaro hamkorlik qilish madaniyatini singdirishda, shu jumladan, ulaming Axborot
xizmatlari (jamoatchilik bilan ishlash bo‘yicha bo'linmalari) faoliyatini
muvofiqlashtirish va uslubiy jihatdan ta’minlash orqali ko'maklashish vazifasi ham
yuklatildi. Bu vazifalar to‘la-to‘kis bajarilishi uchun awalo, har bir vazirlik, idora,
muassasa va tashkilotning Axborot xizmatlari ham mas’uldirlar.
Axborot xizmatining asosiy vazifalaridan biri - tashkilotning jamoatchilik bilan
aloqalarini rivojlantirishdan iborat ekan, bunda ommaviy axborot vositalarining davlat
hokimiyati va boshqaruv organlari faoliyati ustidan jamoatchilik hamda parlament
nazoratini ta’minlash, davlat va jamoatchilik o‘rtasida mustahkam aloqa o‘matish
masalalariga alohida e’tibor qaratiladi. Yurtimizda OAVning samarali faoliyat
ko‘rsatishi uchun zarur sharoit va imkoniyatlami yaratish, fuqarolaming axborotni erkin
va moneliksiz olish hamda foydalanish huquqlarini amalga oshirish, axborotning
muhofaza qilinishi, shaxs, jamiyat va davlatning axborot borasidagi xavfsizligini
ta’minlash yuzasidan keng qamrovli ishlar amalga oshirilmoqda. Sohadagi izchil
islohotlar jarayonida davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, barcha vazirlik va
idoralar, jamoat tashkilotlarida axborot xizmatlari tashkil etilib, ular faoliyati davr talabi
asosida yo‘lga qo‘yilmoqda.
Turli idora va tashkilotlar tomonidan muntazam ravishda dolzarb mavzularda
matbuot konferensiyalari, brifinglar o‘tkazilishi, bunda jamoatchilik bilan muloqotning
interfaol usullaridan keng foydalanish, tegishli ma’lumotlarning maxsus veb-saytlarda
joylashtirilishi aholining axborot olishga boigan ehtiyojini qondirishga xizmat
qilmoqda. Ayni paytda bu yo'nalishdagi ishlarni yanada samarali tashkil etish, davlat va
jamoat birlashmalari axborot xizmatlari, media-tuzilmalar ishini faollashtirish, soha
mutaxassislarining bilim va ko‘nikmalarini muttasil oshirib borish dolzarb ahamiyatga
ega.
Axborot xizmatlarida asosan shu soha siru-sinoatlaridan boxabar jurnalistlar
faoliyat ko'rsatishadi. Ular ham OAV xodimlari kabi asosan axborot to‘plash va
tarqatish bilan shug‘ullanadi. Axborot xizmati xodimi o‘qimishli bo‘lishi zarur. Ya’ni,
aytmoqchi, yozmoqchi bo'lgan har bir fikrini awalo, ishonchli manbalardan o‘qib-
o‘rganishi maqsadga muvofiqdir.
Axborot xizmatida faoliyat ko'rsatuvchi mas’ul xodim qaysiki mavzuda so‘z
yuritmasin awalo, uning quyidagi uchta muhim asosi hisoblanmish ishonchli
manbalami o‘z ko‘zi bilan o‘qib ko‘rmog‘i lozim:
1. Metodologik asosi (O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti asarlari va nutqlarida
bayon etilgan fikrlar);
2. Huquqiy asosi (O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, Prezident farmonlari va
qarorlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari hamda boshqa meyoriy hujjatlarda bayon
etilgan fikrlar);
3. Nazariy asosi (ilmiy asoslangan kitoblar, darsliklar, qo‘llanmalar, maqolalar va
boshqa yozma manbalarda bayon etilgan fikrlar).
Ushbu manbalami o‘qimasdan gapirgan mas’ul xodim xatolikka yo‘l qo‘yishi
hech gapmas. Tashkilot rahbari nomidan gapirishga haqli bo‘lgan Axborot xizmati
rahbari xatolikka yo‘l qo‘yishi kechirilmas holdir. U o‘sha asossiz, xato gapi bilan
tashkilotning obro‘siga putur yetkazadi...
Mazkur ishni tayyorlashda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning ma’ruzalarida
ilgari surilgan g‘oyalar, tegishli qonunlar va qarorlarda belgilangan normalar
metodologik hamda huquqiy asos qilib olindi. Mamlakatimizda xalq bilan muloqot
jarayonlarini tadqiq etgan holda bu borada to‘plangan bilim va tajribalar, ilmiy xulosalar
yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.
O‘quv qo‘llanmada axborot xizmatlari faoliyatini ilmiy tashkil etish hamda
takomillashtirish, bu borada to‘plangan tajribalar haqida so‘z yuritiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |