Aloqaning asosiy maqsadi ma’lumot berish, aniq nuqtai nazarni amalga oshirish yoki harakatga erishishdir.
Faktlar, gʻoyalar, fikrlar, hissiyot va aloqalarning almashinuv jarayonidir. Kommunikatsiya yakka shaxslar va tashkilotlarning mohiyat vatushunchalarini bir-birlari bilan boʻlishish vositasidir. Insoniyatning toʻsiqlar va chegaralar osha aloqa qilish qobiliyati insoniyat rivojiga hissa qoʻshgan. Dunyo bo‘ylab tez va samarali aloqa qilish qobiliyati dunyoni toraytirdi va «globalizatsiya»ni haqiqatga aylantirdi.
Kommunikatsiya muayyan mamlakat yo madaniyat yoki bir tilda soʻzlashuvchilar guruhiga mansub odamlarning bir-birlari bilan va boshqa mamlakat yo madaniyat yoki bir tilda soʻzlashuvchilar guruhiga mansub odamlar bilan oʻzaro faoliyatlari va aloqa qilishlarida muhim oʻrin tutadi. Kommunikativ aloqa inson hayotiga ma’no qoʻshadi. U munosabat yaratishga va muhabbatni shakllantirishga yordam beradi, oʻzaro tushunishni ragʻbatlantiradi. U bizning butun jahon toʻgʻrisidagi bilimimizni boyitib, turmushimizni munosib qiladi.
Muloqotga ikki va undan ortiq kishilarning oʻzaro tushunish va xohlangan harakatining amalga oshirilishi deb ta’rif berilishi mumkin. Bu soʻzlar va belgilar orqali ma’lumot almashinuvidir. Bu faktlar, gʻoyalar va nuqtai nazar almashinuvi umumiy qiziqishlar maqsad va harakatlarni amalga oshiradi. Amerika Menejment Assotsiatsiyasi «kommunikatsiya ma’no almashinuvining natijasi boʻluvchi har qanday xatti-harakatdir», deb ta’rif beradi. Piter Litl muloqotga quyidagicha ta’rif beradi: «Muloqot yakka shaxslar va tashkilotlar oʻrtasidagi ma’lumot beruvchi jarayon boʻlib, u tushunish javobini keltirib chiqaradi». Nyuman va Sammer Juniorning ta’kidlashicha, «Muloqot – ikki yoki undan koʻp shaxslarning faktlar, gʻoyalar, fikrlar yoki his-tuygʻulari almashinuvidir». Keys Vevisning fikriga koʻra, «Bir insondan boshqasiga ma’lumot va tushunchani yetkazish jarayonidir. Bu, ayniqsa, insonlar oʻrtasidagi ma’no-mohiyat koʻprigidir. Koʻprikdan faoydalanish orqali inson tushunmovchiliklar daryosidan xavfsiz oʻtib olishi mumkin”. Lyuis A.Allen: « Muloqot – boshqa bir inson idrokida tushuncha yaratishni xohlaganda amalga oshirilgan barcha narsalar jamlanmasidir. U gapirish, eshitish, tushunishning tizimli va davomiy jarayonidir», deya izohlaydi. Shunday qilib, aloqaning asosiy maqsadi ma’lumot berish, aniq nuqtai nazarni amalga oshirish yoki harakatga erishishdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |