7-topshiriq. “Sinkveyn” texnologiyasihaqida tushuncha. Maqsad – kategoriyaga tavfsif berish
1-qator – tushuncha - ot
2-qator –2 so‘zdan iborat sifat
3-qator –3 so‘zdan iborat fe’l
4-qator –4 so‘zdan iborat munosabat
5-qator –1 so‘zdan iborat sinonim
Quyidagi iqtisodiy so‘zlarni sinkveyn usulida izohlang.
So‘z
|
1 daraja
|
2 daraja
|
3 daraja
|
4 daraja
|
5 daraja
|
Kirim
|
|
|
|
|
|
Xaridor
|
|
|
|
|
|
Qarzdor
|
|
|
|
|
|
Mablag‘
|
|
|
|
|
|
Tovar
|
|
|
|
|
|
Byudjet
|
|
|
|
|
|
Iqtisodiyot
|
|
|
|
|
|
Tadbirkor
|
|
|
|
|
|
Moliya
|
|
|
|
|
|
Kredit
|
|
|
|
|
|
8-topshiriq.Til va yozuv haqidagi ma’lumotlarni o`rganib, ularni Venn diagrammasi asosida solishtiring.
VENN DIAGRAMMASI - 2 va 3 jihatlarni hamda umumiy tomonlarini solishtirish yoki taqqoslash yoki qarama-qarshi qo’yish uchun qo’llaniladi.
Tizimli fikrlash, solishtirish, taqqoslash, tahlil qilish ko’nikmalarini rivojlantiradi.
9-topshiriq. Iqtisodiyotga tegishli so`z va terminlarning qo`shib yozilishiga e`tibor bering va imlo qoidalarini qisqacha konspektlashtiring.
Bojxona, arznoma, shartnoma, talabnoma, kamHarj, umumdavlat, o‘rinbosar, so‘zboshi.
10-topshiriq. “Xalqimizning yozuvlari” matnini o`qing va quyida berilgan jadvalni to`ldiring.
Yozuvlar
|
Qo`llanilgan davri
|
Ahamiyati va kamchiliklari
|
Qadimiy turkiy yozuv
|
|
|
Arab
|
|
|
Kirill
|
|
|
Lotin
|
|
|
11-topshiriq. She’rni ifodali o’qing va yod oling.
N.Narzullayev “Til bilan aziz”
Bugun til bayrami – bo’laylik xurram,
Oliy maqomdagi tilimiz uchun!
Tili bilan inson aziz, mukarram,
Jonimiz baxshida elimiz uchun!
Azaldan qadimiy o’zbekmiz, o’zmiz,
Ahli dunyo bilar bir so’zligimiz.
Dunyoni fatx etgan lisonmiz, so’zmiz,
Aslo unutmaymiz biz o’zligimiz.
Qoshg’ariy bobomiz tilida mehri,
Navoiy qo’llagay bizni toabad.
Onamiz allasi tilimiz sehri,
O’zbekni yak qalam aylagan ijod!
O’rxun xatlarida jondosh bitiklar,
Tariximizdan so’zlab ko’xna Avesto.
Erning qatlarida lahjalar uxlar,
Salom ham kalom ham mangu qalbga jo!
Sevganday Quyoshni, sevganday Oyni,
Sevganimiz kabi yulduzlarni ham.
Tuproqni sevganday jondek baayni,
Havoday hamnafas bo’laylik hamdam.
Sevganimiz kabi bir-birimizni,
Ziyoga talpin, do’st, bag’ring kengroq och!
Sevib elimizni, o’z tilimizni,
Dillaru dunyoga bo’laylik tilmoch!
Adabiyotlar ro`yxat:
Vikram Bisen Priya.Business communication.New Delhi.2009.
Qo‘ng‘urov R., Begmatov E., Tojiyev Yo. Nutq madaniyati va uslubiyat asoslari, -T.: «Fan», 1992, 254 b.
Rasulov R., Husanov N., Mo`ydinov Q. Nutq madaniyati va notiqlik san’ati. T.: “IQTISOD-MOLIYA”, 2006. [15: 100-113]
4. O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi qarori: «O‘zbek tilining asosiy imlo qoidalarini tasdiqlash haqida», «Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosi» (Vazirlar Mahkamasining 1995-yil, 24-avgustdagi 339-sonli qarori.).
5.O‘zbekiston Respublikasining “Referendum yakunlari hamda davlat hokimiyati tashkil etilishining asosiy prinsiplari” to‘g’risidagi Konstitutsiyaviy qonuni. - T.: O‘zbekiston, 2002.
6. Karimov I.A. Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot pirovard maqsadimiz. T.8. -T.: O‘zbekiston, 2000, 528 b.
7. Karimov I.A. Yuksak ma`naviyat yengilmas kuch T.: O‘zbekiston, 2006.
8. Husanov N., Mirahmedova Z. Mutaxassislik tili. T.: TMI, 2003.
9. Stephen Bailey. Academic Writing. A Handbook for International Students. London, 2015 [14: 4-8-betlar]
2-MAVZU. BIZNES MULOQOT VA NUTQIY FAOLIYAT
1-topshiriq. Matnni o’qing. Matnni so’zlab bering.
Muloqot jarayoni va uning maqsadi
Muloqot -kishilaroʻrtasidagifaoliyatehtiyojlaridankelibchiqadiganbogʻlanishlarrivojlanishiningkoʻpqirralijarayonidir.
Rivojlanib borayotgan jamiyatimizda sogʻlom avlodni, komil insonlarni voyaga yetkazish masalasiga katta e’tiborberilmoqda. Komilinsonningmuhimsifatlaridanbirimuloqotmadaniyatidir. Muloqotinsonhayotivafaoliyatiningmuhimshartidir. Aynan muloqot jarayonida insonlar tabiatni oʽzlashtirish va oʻz ehtiyojlarini qondirish uchun birgalikda harakat qilish imkoniyatlariga ega boʻladilar. Hozirgi kunda ijtimoiy amaliyotda muloqot va shaxslararo munosabatlar muammosi muhim ahamiyat kasb etmoqda. Muloqot va uning asosiy xususiyatlari, samarali muloqotning psixologik aspektlari, muloqotga oʻrgatishga oid psixologik mashqlar, samarali muloqotning psixologik vositalarini oʻrganish ishbilarmonlik faoliyatida asosiy oʻrinni egallamoqda. Muloqot jarayonimuloqotning nazariy va amaliy jihatlarini chuqu roʻrganishga yordam beradi.
Muloqot (munosabat) birgalikdafaoliyatkoʻrsatuvchilaroʻrtasidagiaxborotayirboshlashni oʻz ichiga oladi. Bunda munosabatning kommunikativ jihati hisobga olinadi. Kishilar munosabatga kirishishda avvalo tilga murojaat qiladilar. Muloqotning yana bir jihati munosabatga kirishuvchilarning oʻzaro birgalikdagi harakati nutq jarayonida faqat soʻzlar bilan emas, balki harakatlar bilan ham ayirboshlashdan iborat. Masalan, munosabatga kirishar ekanmiz, u bizni qoniqtirsa, imo-ishora bilan muloqotda boʻlamiz. Munosabatning keyingi jihati muloqotga kirishuvchilarning bir-birlariniidroketaolishlaridir. Masalan, biz bir kishi bilan muloqotga kirishishdan avval uni hurmat qilib yoki mensimasdan munosabatda boʻlamiz Muloqotqonuniyatlarinibilishhamdaunioʻrnatishmalakalarivaqobiliyatlarinirivojlantirishharbirkishiuchunmuhimdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |