Bosh harflar imlosi (66—74-bandlar)
1. Kishilarning ismi, otasining ismi, familiyasi, taxallusi bosh harf bilan yoziladi: Sobirov Zokirjon Shukurjonovich, Abdurauf Fitrat kabi.
O’g’il, qizi, inb, binni so’zlar kichik harf b-n yozilsin.
2. Mamlakatlar, shaharlar, qishloqlar, shaharchalar, daryo, dengiz, tog‘, tepa, adir nomlari ham bosh harf bilan yoziladi: Hindiston, Muborak, Urgut, Tentaksoy, Qo‘ng‘irtog‘, Qashqadaryo, Qora dengiz va hokazo.
3. Korxona, tashkilot, muassasa nomlari, adabiyot va san’at asarlari, sanoat va oziq-ovqat mahsulotlari, transport vositalarining nomlari bosh harf bilan yoziladi: «Malika» firmasi, «Sharq» nashriyot-matbaa konserni, «O‘zqishloqxo‘jmashxolding» kompaniyasi, «Damas» avtomobili, Ko‘kdumaloq kompressor stansiyasi, Xorazm chanqovbosti ichimliklar zavodi, Qizilqum fosforit kombinati, «Amudaryo» jurnali, «Shaytanat», Quvasoy sement zavodi, Samarqand chinni zavodi asari va hokazo.
! Qoshtirnoqqa olingan birliklarga nomili, nomidagi so’zlar kelsa, qo’shtirnoq qo’yilmaydi. “G’ofur G’ulom” bog’i. G’ofur G’ulom nomidagi bog’.
4. Muhim tarixiy sanalar va bayramlar nomi bosh harf bilan yoziladi: Mustaqillik kuni, Navro‘z bayrami, Xotira kuni.
5. Oliy darajadagi davlat tashkilotlari, xalqaro birlashmalar nomi har bir bosh harf bilan yoziladi:
O‘zbekiston Respublikasi, Oliy Majlis Senati, Vazirlar Mahkamasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Raisi, Oliy Sud, Yevropa Ittifoqi Kengashi, Qizil Yarim Oy Kengashi, Xalqaro Olimpiya Qo’mitasi kabi.
6. Vazirliklar, idoralar, qo’mitalar , jamg’armalr, harakatlar nomining birinchi harfi bosh harf bilan yoziladi.Mudofaa vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati, Davlat soliq qo’mitasi, Davlat test markazi, Buxor viloyati hokimligi, Farg’ona davlat universiteti, «Umid» jamg‘armasi, Xususiy tadbirkorlik va kichik biznesni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi kabi tashkilotlar
7. Oliy darajadagi unvonlar va mukofotlar nomi tarkibidagi so‘zlar har biri bosh harflar bilan yoziladi: «O‘zbekiston Qahramoni» unvoni, «Oltin Yulduz» medali.
Shuningdek, «Sog‘lom avlod uchun» ordeni, «Shuhrat» medali singari mukofotlarning birinchi so‘zi bosh harf bilan yoziladi.
8. Har bir gap bosh harf bilan boshlanadi: Har qanday intilish, izlanish, ijod xalq manfaatlariga xizmat qilsagina u qadrlidir. (A. Oripov)
9. Yulduz, sayyora va boshqa osmon jismlari o’z vazifasida kelsa bosh harfda yoziladi. Oy, Quyosh, Qavs, Mirrix, Hulkar, Mars.
Bilamizki, Yer Quyosh atrofida aylanadi. Bobo quyoshning zarn nurlarida yerga urug’ qadadi.
10. Siz va O’zingiz olmoshlari matn tarkibida hurmat ma’nosida kelsa bosh harf b-n yozildi.
Bolalar biz Sizga……
11. Ko’chirma gaplar qo’shtirnoq ichida bosh hatf b-n yoziladi. A. Navoiy aytadi: “Tilga e’tibor-elga e’tibor”.
12. Atoqli otlar bu umumiylik ma’nosida kelsa kichik harf b-n yoziladi. Kecha Farhod keldi. Kecha farhodlar keldi.
13. Davlat nomlarida oldi, orti, bo’yi so’zlari qo’shib yoziladi. Kavkazorti, Orolbo’yi, Uraloldi
M: So‘zlarni qo‘shib yoki ajratib yozish qoidalari asosida ikki guruhga bo‘lib ko‘chirib yozing.
Ko‘z//oynak, sotib//olmoq, alla//qachon, shu//yerga, baland//parvoz, xom//semiz, tinchlik//sevar, umum//davlat, shaharlar//aro, shirin//so‘z, jigar//rang, besh//kokil, otash//qalb, g‘ayrat//qilmoq, bilag//uzuk, Yakka//saroy, Olti//ariq, Qum//qo‘rg‘on, Sot//voldi, kino//yulduz, radio//markaz, tele//tanlov
Do'stlaringiz bilan baham: |