O’zbek tilidan ma’ruzalar to’plami 1- qism



Download 340,5 Kb.
bet2/61
Sana23.05.2022
Hajmi340,5 Kb.
#607395
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   61
Bog'liq
1 Qism (fonetika -leksik)

Til va nutq farqi
Til so‘zlashish vositasi, ya’ni nutq sifatida namoyon bo‘lgandagina ma’lum vazifani bajaradi. Nutq til materiali, unsurlaridan tuziladi vanutqiy faoliyat natijasida yuzaga chiqadi. Demak,til materiallari faoliyati uchun xizmat qiladi. Til
bilan nutqni qiyoslash orqali ularning quyidagi o‘ziga xos xususiyatlarini ajratish mumkin:
1. Til aloqa materiali bo‘lsa, nutq aloqa shaklidir.
2. Tilni xalq, millat yaratadi, nutqni esa har bir shaxs yaratadi.
3. Tilning hayoti xalq, millatning hayotiga bog‘liq holda uzoq bo‘ladi, nutqning hayoti esa qisqa, xususan, og‘zaki nutq so‘zlangan paytdagina mavjuddir. Ammo yozma nutq nisbatan uzoq davr saqlanishi mumkin.
4. Til nisbatan turg‘un, barqaror bo‘lsa, nutqdoim harakatda bo‘lib, o‘zgaruvchan hodisa sanaladi.
5. Tilning hajmi noaniq, nutqning hajmi esaaniq. U dialog(ikki kish suhbati), monolog (bir kishi suhbati), matn (ko’pchilik)shaklida bo‘lishi mumkin.
Nutqiy faoliyat
Inson doimo o‘zini qurshab turgan olamni bilishga intiladi. Kishi­larning barcha faoliyati markaziy asab sistemasi yordamida boshqariladi. Olamni bilish jarayoni markaziy asab sistemasiga turli sezgi a’zolarimiz (tana, ta’m-maza, ko‘rish, eshitish kabi sezgi a’zolari) yordamida uzatilgan axborot orqali amalga oshiriladi.
Tana, ta’m-maza, ko‘rish, eshitish kabi sezgi a’zolari orqali olamni bilish vositasi barcha jonzotlarga xos xususiyatdir. Inson jonzotlarning eng oliy shakli sifatida ularga nisbatan yana bir qo‘shimcha bilish vositasiga — nutq orqali bilish qobiliyatiga ega. Birinchi bilish vositalarini mashhur ruhshunos P. Pavlov birinchi signal sistemasi, ikkinchisini esa ikkinchi signal sistemasi deb nomlagan.
Ko‘rinadiki, inson ikkinchi signal sistemasiga egaligi bilan boshqa jonzotlardan ajralib turadi, shuning uchun ham hazrat Alisher Navoiy barcha maxluqotlarning zoti sharifi inson ekanligini ta’kidlaganlar.
Har bir shaxs ma’lum bir jamiyat vakili sanaladi. Jamiyat a’zolari o‘zaro doimo aloqada bo‘ladilar. Biri obyektiv olamda o‘z sezgi a’zolari orqali his etgan ma’lum narsa va hodisa haqida boshqalariga tovush to‘lqinlari (yozma nutqda esa harflar ketma-ketligi) yordamida axborotni yetkazadi. Axborot uzatuvchi — so‘zlovchi, eshituvchi esa tinglovchi sanaladi. Tinglovchi olamdagi narsa va hodisaning umumlashgan obrazini so‘zlovchi uzatgan tovush signallarini eshitish sezgi a’zosi yordamida markaziy asab sistemasida tiklaydi.


Download 340,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish