Belgilash olmoshlari predmet yoki uning biror belgisini jamlab, yakkalab, ajratib
ko‘rsatish uchun ishlatiladi. Har kim, har nima, ba’zi, har qanday, har qaysi olmoshlari
shaxs yoki narsa belgini ajratib, alohida ta’kidlash orqli ifodalaydi.
Hamma, barcha, bari, butun olmoshlari jamlashga, umumlashtirishga xizmat qiladi.
Butun, bari olmoshlari ko‘plikda qo‘llanmaydi. Ba’zi olmoshi va har so‘zi ishtirokida
yasalgan belgilash olmoshlariga kelishik qo‘shimchasi egalik qo‘shimchasidan so‘ng
qo‘shiladi: ba’zisini, har qaysingizni.
Belgilash olmoshlari gapda sifatlovchi bo‘lib keladi. Otlashganda (hammasini,
ba’zilar, har narsangizni) otga xos morfologik, sintaktik xususiyatga ega bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |