Ko‘rsatish olmoshlari predmet, shaxs, belgi, voqea-hodisa, o‘rin yoki vaqtga nisbatan
ko‘rsatish, ajratish, ta’kidlash uchun ishlatiladi.
Ko‘rsatish olmoshlariga quyidagilar kiradi: bu, shu, u, o‘sha, ana u, mana bu. Poetik
nutqda va tarixiy asarlarda ul, bul, shul, o‘shal olmoshlari qo‘llanilganligini kuzatish
mumkin.
Ko‘rsatish olmoshlariga qo‘shimchalar quyidagi tartibda qo‘shiladi:
Olmosh+kelishik: u+ni, shu+ning, o‘sha+ni.
Olmosh+ko‘plik: u+lar, bu+lar, o‘sha+lar.
Olmosh+ko‘plik+kelishik: u+lar+ni.
Olmosh+ko‘plik+egalik+kelishik:
shu+lar+ing+ni, o‘sha+lar+ing+da.
Do'stlaringiz bilan baham: |