Kishilik olmoshlari. Nutqdagi uch shaxs yoki predmetni ko‘rsatib, birlik va ko‘plikda
qo‘llanadi: men, sen, u; biz, siz, ular.
Ko‘plikni ko‘rsatuvchi biz, siz, ular olmoshlari qo‘llanishiga ko‘ra ba’ean birlik hamda
kamtarlik, hurmat, kibrlanish, faxrlanish kabi modal ma’nolarni ifodalaydi. Biz, siz
olmoshlariga ba’zan ko‘plikni ta’kidlash maqsadida –lar qo‘shimchasi qo‘shiladi. Kishilik
olmoshlari hech qachon egalik qo‘shimchalarini qabul qilmaydi. Men, sen olmoshlariga
qaratqich va tushum kelishigi qo‘shimchalari qo‘shilganda bitta n tushib qoladi: men+ni—
meni,
men+ning—mening.
U
olmoshi
jo‘nalish,
o‘rin-payt,
chiqish
kelishigi
qo‘shimchalarini olganda bitta n orttiriladi: u+ga—unga, u+da—unda, u+dan—undan.
Do'stlaringiz bilan baham: |