BADIIY O‘QISH METODI – ta’lim usuli; she’riy, nasriy, publitsistik janrdagi adabiy asarlar, dramatik parchalarning o‘qituvchi yoki o‘quvchi tomonidan badiiy-ta’sirchan ifodali o‘qish usuli.
BADIIY TAHLIL – adabiy asarning yozilgan hamda tekshirilayotgan vaqtdagi badiiy va hayotiy mantig‘i hamda estetik jozibasini anglashga yo‘naltirilgan intellektual-hissiy faoliyat.
BADIIY TASVIR – badiiy asarning obrazliligini ta’minlovchi poetik vositalar tasviri.
BADIIY VOSITA – obrazlilikni namoyon qiluvchi badiiy unsur.
BADIIY OBRAZ – asarda ijodkor niyati va badiiy asar g’oyasini ifodalovchi qahramonlar, narsa va predmetlar.
BAHRI BAYT – (arabcha bahr – she’riy vazn nomi va bayt – uy so‘zlaridan) – she’riy musobaqa turi. Bunda maxsus qoida bilan navbatma-navbat bayt aytib tortishiladi.
BAHS-MUNOZARA METODI – interfaol tafakkur metodi. Ojegovning lug‘atida «munozara» va «debat» atamalari ma’nodosh so‘zlar sifatida izohlanib, muayyan vaziyatlarni muhokama qilish, ular haqida bahslashish, ziddiyatlarni bartaraf etish ustida fikr yuritishni anglatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |