ADABIYOT TO‘GARAGI − maktab, litsey, kollej va oliy o‘quv yurtlarida yoshlarning badiiy-estetik didini shakllantirish, ularning adabiyotga bo‘lgan qiziqishlarini qondirish, ularda badiiy ijodga doir qo‘shimcha tasavvurlar uyg‘otish maqsadida ixtiyoriy asoslarda tashkil etilgan vaqtinchalik ta’limiy tuzilma.
ADABIYOT O‘QUV FANI – adabiyot ta’limi jarayonida o‘quvchilarga taqdim etiladigan o‘quv yuklamasi, adabiyot fani asoslarini mujassamlashtirgan o‘quv fani. A.o‘.f. adabiyotdan o‘quv dasturi va darsligi asosida tashkil etiladi. Ushbu darslik o‘quv fani tarkibiga kirgan mavzular bo‘yicha o‘quvchilarga taqdim etiladigan o‘quv materiallarining muayyan qismini o‘zida mujassamlashtiradi. Shu bilan bir qatorda, o‘quv fani doirasida adabiyotdan tuzilgan xrestomatiya va o‘quv qo‘llanmalaridan ham foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |