DAVLAT TAHLIM STANDARTI – 1) ta’lim olish shaklidan qathi nazar, bitiruvchilar erishishlari zarur bo‘lgan ta’lim darajasini belgilovchi asosiy hujjat; 2) o‘quv fani bo‘yicha ta’limning yakuniy natijalarini belgilovchi asosiy hujjat; 3) ta’lim dasturlari mazmunining minimumi, o‘quvchilar tomonidan bajariladigan o‘quv ishlarining maksimal hajmi hamda bitiruvchilar tayyorgarlik darajalariga qo‘yiluvchi talablar.
DARS – muayyan o‘quvchilar guruhi bilan olib boriladigan ta’lim mashg‘uloti. Bundan tashqari, sinfda yoshi, dunyoqarashi va bilim saviyasi jihatidan deyarli bir xil bo‘lgan, ma’lum miqdordagi o‘quvchilar guruhiga ma’lum hajmdagi bilimlarni yetkazish maqsadida amalga oshiriladigan mashg‘ulot.
Do'stlaringiz bilan baham: |