Guruhlarning bilim va ko‘nikmalarini baholash mezonlari
Topshiriqlar, baholash, ko‘rsatkichlari va mezonlar
|
1- guruh
|
2-guruh
|
3-guruh
|
Maksimall ball – 2 ball
|
|
|
|
- savol to‘liq yoritib berildi (0,5 ball)
|
|
|
|
- javoblar etarli darajada asoslab berildi (0,5 ball)
|
|
|
|
- talabalarning faolligi (0,5 ball)
|
|
|
|
- berilgan savollarga javob berdi (0,3 ball)
|
|
|
|
- vaqt taqsimotiga rioya qildi (0,2 ball)
|
|
|
|
Jami: (2 ball)
|
|
|
|
1,5 – 2 ball - «а’lo»
1,0 – 1,4 ball - «yaxshi»
0,5 – 0,9 ball - «qoniqarli»
Mavzu: “Asarni obrazlar tizimi orqali o‘rganish. Obrazlarga singdirilgan ma’no va mazmun (Alisher Navoiyning “Farhod va Shirin”, Abdulla Qodiriyning “O‘tkan kunlar”, Cho‘lponning “Kecha va kunduz” asarlari misolida)”
Reja:
1. Badiiy asarni obrazlar tizimi orqali o‘rganishning o‘ziga xosliklari.
2. Obrazlarni o‘xshash va farqli xususiyatlariga ko‘ra tasnif qilish orqali tahlil qilish.
3. Obrazlarga singdirilgan ma’no va mazmun.
(A. Navoiyning “Farhod va Shirin”, A. Qodiriyning “O‘tkan kunlar”, Cho‘lponning “Kecha va kunduz” asarlari misolida).
Badiiylik – san’atning ham joni, ham ruhi , uni yuzaga keltiruvchi asosiy vositalardan biri badiiy obrazdir va u adabiyotshunoslik fanining markaziy muammosi sanaladi.
“Obraz” atamasi “raz” (chiziq) so‘zidan olingan bo‘lib, “raz” so‘zidan “razit” (chizmoq, yo‘nmoq, o‘ymoq) va undan “obrazit” (chizib, o‘yib, yo‘nib shakl yasamoq) so‘zi yasalgan. “obrazit”dan “obraz” (umuman olingan tasvir) vujudga kelgan.
Aslida “obraz” slavyan tillariga xos bo‘lib, u voqea-hodisalarning xayolda namoyon bo‘ladigan manzarasini bildiradi. Slavyanlar “obraz” deganda, avvalo, odamzodni azob uqubatlardan saqlab qolish uchun Alloh tomonidan yuborilgan Iso payg‘ambarning rassomlar, haykaltaroshlar tasvirlangan qiyofasini tushunishgan.
Yuqoridagi barcha fikrlarni jamlasak bitta xulosa kelib chiqadi: adabiyotga hayotning hamma unsurlari (inson, narsa, buyum, hayvon, hodisa, predmet, o‘simlik; ko‘chma ma’nodagi so‘zlar, iboralar, leksik resurslar; ifoda, tasvir vositalari, mubolag‘a, kichraytirish, o‘xshatish, omonim, sinonim, antonimlar; anafara, epefora, asindenton va shu kabilar) kirar ekan, kirganda ham san’atkor ongi va qalbida jilolanib, boyib, kattalashib, eng muhimi insonlashib va bir butunlik kasb etib muhrlanar ekan – ularning barchasini obraz deb yuritish qonuniyatdir.
Ushbu texnologiya katta muammolarni yechimini topishga qaratilgan. Yuqori qismida muammolar turi yozilsa, pastki qismida esa ularning echimi yozilib, misollar yordamida izohlanadi.
1.Dars ishlanmalarning qanday shakllarini bilasiz?
2.Dars ishlanmalarning dars jarayonidagi ahamiyatini izohlang.
3.Dars ishlanmalarning pedagogik va ilmiy talablarini tahlil qiling.
4.Dars ishlanmalari tayyorlashda qanday tartib va tavsiyalarga e’tibor beriladi?
Do'stlaringiz bilan baham: |