1-topshiriq. Akademik litseylarning 3-bosqichida «Yulduzli tunlar» romanidan «Sekri. Qayta ko‘z ochgan buloq» parchasi kiritilgan. Mazkut epizodni o‘qib tahlil qiling.
2- topshiriq. 9-sinf adabiyot darsligida berilgan A. Qodiriyning “O‘tgan kunlar” romanidan Turkistonning ahvoli ifodalangan epizodlarni o‘qib,tahlil qiling.
3-topshiriq. E.Vohidovning KHKlarning adabiyot darsligida berilgan “Ruhlar isyoni” dostonidagi epizodlarni asar mavzusini ochib berishdagi ahamiyatini tadqiq eting.
Har qanday badiiy asar tahllida bo‘lgani kabi g‘azal va ruboiylar tahlilida ham shakl va ma'no mutanosibligi, shoiro‘zbek topildiq va kashfiyotlar, ularning poetik ifodasiga alohida e'tibor lozim bo‘ladi. Agar gap mumtoz asarlar ustida boradigan bo‘lsa, bularning yoniga mazkur asarlarning lug‘at tarkibi, so‘zlarning ma'no tovlanishlaridagi favquloddalik, o‘rni-o‘rni bilan esa ularning ramziyligi ham e'tiborda bo‘lishi kerak.
N.M.Mallaev, A.Hayitmetov, A.Abdug‘afurov, A.R.Qayumov, I.Haqqulov, N.Jumaxo‘ja, Yo.Ishoqov singari olimlar, Erkin Vohidov, Muhammad Ali, Jamol Kamol, Matnazar Abduhakim singiri ijodkorlar tomonidan amalga oshirilgan sharhlar talaba va o‘quvchilarimizning badiiy didlarini ortishida muhim omil bo‘ladi.
G‘azallar tahlilida she'riy vazn ham e'tibordan chetda qolmasligi maqsadga muvofiq bo‘ladi. Zero, g‘azaldagi musiqiylik, ravonlik mana shu vazn tufayli ro‘yobga chiqadi.
Qaro ko‘zum, kelu mardumlig‘ emdi fan qilg‘il,
Ko‘zum qarosida mardum kibi vqatan qilg‘il.
– – V – – V – – – – V – – V –
– – V – – V – – – – V – – V –
Mustafilun foilotun mustafilun foilotun
Mujtassi murabbai solim
Qoshi yosinmu deyin, ko‘zi qarosinmu deyin,
Ko‘nglima har birining dardu balosinmu deyin.
V – –VV – –VV – –VV –
foilotun failotun failotun failun
ramali musammani maxbuni mahzuf
Meni men istagan o‘z suhbatiga arjumand etmas,
Meni istar kishining suhbatin ko‘nglum pisand etmas.
Ne bahra topqamen andinki, mendin istagay bahra,
Chu ulkim, bahrai andin tilarmen, bahramand etmas.
Netay huru pari bazminki, qatlim yo hayotimg‘a
Ayon ul zahr chashm aylab, nihon bu no‘shxand etmas.
Kerakmas oy ila kun shaklikim, hucni malohatdin
Ichim ulchok-chok etmac, tanim bu band-band etmas.
Kerak o‘z chobuki qotilvashimajnun shiorimkim,
Buzug‘ ko‘nglumdin o‘zga yerda javloni camand etmas.
Ko‘ngul o‘z charxi zolidin, firibin yemackim, oxir
Ajal carishtacidin o‘zga bo‘ynung‘a kamand etmas.
Ul oy o‘tlug‘ yuzin ochca, Navoiy, tegmacin deb ko‘z,
Muhabbat tuxmidin o‘zga ul o‘t uzra cipand etmas.
G‘azal tahlili uni ifodali o‘qishdan boshlangani ma'qul. Bu g‘azal ancha osoyishta, bosiq ohangni talab etadi. Ayni paytda unda ayrim so‘zlar borki, ularning ma'nosini tushunish o‘kuvchilar uchun qyinlik qiladi. Shuning uchun ham bu so‘zlarni lug‘at vositasida ochiqlash kerak bo‘ladi.
Birinchi baytni o‘qiymiz:
Meni men ictagan o‘z cuhbatiga arjumand etmas,
Meni ictar kishining cuhbatin ko‘nglum picand etmas.
Baytning umumiy ma'nosi taxminan tasavvur etilsa-da, «arjumand» degan so‘zring ma'nosini anglashda biroz qiyinchilik bo‘ladi. Shuning uchun ham bu so‘zni izohlash kerak. Izohlashda o‘qituvchining o‘zi bu so‘zniaytib, lug‘aviy ma'nosini tushuntirishi, uni doskaga yozishi, kompyuter moslamasi yordamida ekranda ko‘rsatishi ham mumkin. Bundan hammunosibi esa o‘quvchilarning o‘zlariga lug‘at kitoblaridan foydalangan holda bu so‘z ma'nosini aniqlashni topshirishdir. Masalan, bu boradagi nisbatan yangiroq lug‘atlardan biri BerdakYusufning «Mumtoz adabiy asarlar lug‘ati»ni (2010 - yil) tavsiya etish mumkin. Unda yuqoridagi so‘z «aziz, ardoqli, izzatli, qadr-qimmatli» deb izohlangan (30-bet).
Keyingi baytdagi so‘zlar o‘quvchilar uchun unchalik qiyinlik qilmaydi.
Ne bahra topqamen andinki, mendin ictagay bahra,
Chu ulkim, bahrai andin tilarmen, bahramand etmas.
Faqat bu yerda ayrim so‘zlarning bugungi adabiy tilimizdan farq qiladigan darajadagi talaffuziga e'tibor qaratish o‘rinlidir. Shuningdek, baytning gap qurilishidagi o‘ziga xoslikning ham e'tibordan chetda qolmagani ma'qul bo‘ladi.
Agar e'tibor berilsa, birinchi vaikkinchi baytlarning orasida ancha katta yaqinlik borligini sezish qiyin emas. Har ikki baytda ham inson ruhiyatidagi birholat: o‘zi talpinayotgan tomondan munosib javobning yo‘qligi hamda unga intilayotganlardan ko‘ngilning qanoat topmasligi bilan bog‘liq bezovtalik tilga olinayotir. Butun voqelik «men» va «u» oralig‘ida kechmoqda. Birinchi baytda mening ishtiyoqim, orzu qilgan odamim mening bu istak va o‘ylarimni bilmaydi (yoki bilgan taqdirda ham nazar-pisand qilmaydi), ayni paytda menga intilayotigan odamdan men ham qanoat topmayman degan hukm anglanadi. Keyingi baytda ham shu fikrga yaqinlik seziladi.
Meni men ictagan o‘z cuhbatiga arjumand etmas,
Meni ictar kishining cuhbatin ko‘nglum picand etmas.
Ne bahra topqamen andinki, mendin ictagay bahra,
Chu ulkim, bahrai andin tilarmen, bahramand etmas.
Gap shu yerdaki, Navoiy yuqoridagi hukmning sezilarsiz bo‘lib qolmasligi, uni alohida ta'kidlanishi uchun shu yo‘lni tanlaydi. Bu yerdagi fikriy takrorlar yangicha, ohori to‘kilmagan shakllarda ifodalanayotgani kishiga huzur bag‘ishlaydi.
Netay huru pari bazminki, qatlim yo hayotimg‘a
Ayon ul zahr chashm aylab, nihon bu no‘shxand etmas.
Ushbu misralar Navoiy qalamining kuchini ko‘rsatib berishi bilan ajralib turadi. Bu yerda butun baytga xos bo‘lgan sanoq ohangi (ta'did), hayotdagi bir-birini inkor qiladigan hodisalar sanog‘i (tazod), ayni so‘zni takrorlashdan qochish maqsadida qo‘llangan olmoshlar (taqsim), ma'noni kuchaytirib berish uchun qo‘llangan ongli so‘z takrori (takrir) o‘quvchilarning ifodali o‘qishidan ham anglanishiga erishish kerak. Albatta bu yerda ham lug‘atsiz ish bitmaydi. Misralardagi «zahrchashm» va «no‘shxand» so‘zlari tushunarli emas. Lug‘atlarda ular shunday izohlanadi:
chashm – ko‘z, zahrchashm – yomonko‘zbilanboqish,
no‘shxand – shirin, chiroylikulgi, tabassum
Shu tarzdagi tahlil davomida misralarda uchraydigan tushunilishi qiyin bo‘lgan so‘zlarning ma'nolari, albatta, ochib borilishi kerak. Buning shakl va usullarini hoyatda xilma-xil bo‘lishi mumkin. Yuqoridagidek, ifodalio‘qishda, matn ustida ishlanganida, matnni o‘qishdan oldin, matn so‘ngida lug‘atlarni ilova qilish joiz bo‘ladi.
O‘quvchilarga g‘azal va ruboiylarni, qit'a va fardlarni – umuman, mumtoz asarlarni tavsiya qilishda ayrim asarlarning yaratilish tarixini esga olish ham maqsadga muvofiq bo‘ladi. Masalan, Bobur:
Oliy ta'lim tizimida, xususan, filologik yo‘nalishdagi bakalavriat bosqichida, albatta, «g‘azallarni o‘rganamiz» rukni ostitda maxsus kurs va maxsus seminarlarni tashkil etish joiz. Bu bo‘lajak til va adabiyot o‘qitiuvchilarini g‘azallarning nasriy bayonini tuzishga oid ko‘nikma va malakalar bilan qurollantirishda juda muhim omil bo‘ladi.
G‘azalning nasriy bayoni g‘azalning o‘rnini bosadigan pedagogik ashyo emas. Bunga hech qachon yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. G‘azalning nasriy bayoni g‘azalning asl matni bilan yonma-yon berilganidagina samarali bo‘ladi, xolos. Aksincha holatlardan asriy bayon foydaning o‘rniga zarar keltiradi. U ga‘azaldagi sehr-sinoatni, go‘zal musiqiylik va takrorlanmas ritmni, vazn va qofiyalar tufayli yuzaga kelayotgan ohangdorlikni sezmaslikka, so‘zlarning poetik jarangdorligi va tarovatini his etmaslikka, demakki, o‘quvchilarning badiiy-estetik didlarining zaiflashuviga olib kelishi mumkin.
G‘azallar tahlilida qiyoslash usulidan foydalanish ham o‘quvchi va talabalarning mustaqil, ijodiy fikrlash imkonlarini kengaytiradi. Har bir poetik asarning sharh va izohlarini nihoyatda rang-barang va xilma-xil shakllarda amalga oshirish mumkinligini ko‘rsatib beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |