O`zbek tili va adabiyotini o`qitish metodikasi fanidan ma’ruza (VI semester 4-kurs) Individuallik


Mavzu: Zulfiyaxonim – nafosat va tong kuychisi



Download 1,12 Mb.
bet64/111
Sana18.04.2022
Hajmi1,12 Mb.
#561052
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   111
Bog'liq
O`zbek tili va adabiyotini o`qitish metodikasi

Mavzu: Zulfiyaxonim – nafosat va tong kuychisi
Maqsad: Zulfiya lirikasi orqali o‘zbek va jahon adabiyoti namunalarini o‘qishga havas – ishtiyoqni oshirish; ijodkor o‘quvchilarning qobiliyatini aniqlash va rivojlantirish; ifodali o‘qish ko‘nikmalarini takomillashtirish; shoira she’rlarining g‘oyaviy motivlari: do‘stlik va vatanparvarlik, mehnatsevarlik va gumanizm, inson va tabiat go‘zalligi, muhabbat va sadoqat, urushga nafrat va tinchlik uchun kurash g‘oyalarini o‘quvchilar ongiga singdirish.
Kechaga tayyorgarlik va uni o‘tkazish rejasi to‘garak a’zolarining yig‘ilishida muhokama etiladi, TM pedagogika kengashining tasdig‘idan o‘tkaziladi, topshiriq va vazifalar belgilanadi. Yubilyar hayoti va ijodi yuzasidan “Zulfiyaxonim – qaynoq qalb shoira” insholar tanlovi o‘tkaziladi. Zulfiyaxonim asarlariga o‘quvchilar tomonidan ishlangan rasmlar ko‘rgazmasi tanlovi o‘tkazilishi ham maqsadga muvofiq ishdir. Kecha o’tkaziladigan kuni TM kutubxo‘zbek chisi boshchiligida Zulfiya asarlarinning ko‘rgazmasi, ko‘rik-tanlov g‘oliblarining ishi, devoriy gazetalar, shoira haqida ijodkorlar va kitobxonlar tomonidan aytilgan fikrlar stendlarga yozib tayyorlangan bo‘lishi va kecha ishtirokchilari e’tiboriga havola qilinishi lozim.
Kecha dasturi:

  1. “O‘rik gullaganda”. Hamid Olimjon so‘zi, M. Egamberdiyeva ijrosidagi qo‘shiq bilan kecha boshlanadi.

  2. “Zulfiyaxonim – o‘zbekning zabardast shoirasi” mavzusida adabiyot o‘qituvchisining kirish so‘zi.

  3. “Nafosat va mushoira sohibasining baxti” mavzusida adabiyotshunos olimning ma’ruzasi.

  4. Badiiy oqish: Zulfiyaxonim she’riyati namunalari o‘quvchi yoshlar ijrosida.

  5. Tabrik: ijodkor o‘quvchi qizlarning Zulfiyaxonimga bag‘ishlab va undan ta’sirlanib yaratgan she’rlari ijro etiladi.

  6. Badiiy o‘qish: Shoiraning “Lobar qizlarga” she’ri ifodali o‘qilgandan so‘ng sahnaga kecha mehmonlari – Zulfiyaxonim nomidagi mukofot sovrindorlari tashrif buyuradilar. Ular o‘zlari haqida kichik ma’ruzalar qilishadi hamda shoira ijodidan she’rlar ijro etishadi.

  7. Shoira she’rlari bilan aytiladigan qo‘shiqlar ijro etiladi.

  8. Mushoira she’rining montaji namoyish qilinadi, hind musiqasi yangraydi… sahnada sharq kiyimida 6 nafar qiz paydo bo‘ladi, mushoira boshlanadi:

Go‘zal tuproq uzra quyildi oqshom,
Kunduz olar dam.
Jo‘shqin mushoira etadi davom,
Do‘stim, kel sen ham!
Mushoiraga maktabning adabiyot to‘garagi a’zolari ham qo‘shiladilar, o‘z ijod namunalaridan o‘qiydilar. She’rning qolgan qismlari ham o‘qilib, afg‘on qo‘shig‘i, bahor valsi, bengal kuylari, hind ashulalari ijro etiladi.

  1. Dramatik sahna ko‘rinishi: Hamid Olimjon va Zulfiyaxonim hayoti va ijodiy hayoti muhrlangan fotolavhalar adabiy montaji namoyishi ostida sahnaga Hamid Olimjon va Zulfiyaxonim qiyofasidagi o‘quvchilar tashrif buyurishadi, orqa fonda Botir Zokirov ijrosidagi “Eng gullagan yoshlik chog‘imda…” qo‘shig‘i mayin ohangda eshitilib turadi: Hamid Olimjon Zulfiyaxonimga bag‘ishlab shu she’rni ifodali o‘qiydi, shundan keyin Zulfiya o‘zining “Sen bahorni sog‘inmadingmi?” she’rini o‘qiydi. Bu chiqish kecha kulminatsiyasi hisoblanadi, zal hayajondan ko‘ziga yosh olishi kutiladi. Hamid Olimjon sahnadan chiqib ketadi, orqadan Hamid Olimjon so‘zlari bilan aytiladigan qo‘shiq ijrosi ostida Zulfiyaxonim o‘zining “Men o‘tgan umrga…” she’rini o‘qiydi.

  2. Xotira: Hamid Olimjon va Zulfiyaxonim farzand(nevara, evara)lari ular haqidagi xotiralar bilan o‘rtoqlashadilar.

  3. Yakunlovchi so‘z: TM direktori ma’ruzasi.


Download 1,12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   111




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish