O‘zbek tili va adabiyoti


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS



Download 2,2 Mb.
bet87/93
Sana11.07.2022
Hajmi2,2 Mb.
#774606
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   93
Bog'liq
Matnshunoslik majmua to\'liq

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS
TA’LIM VAZIRLIGI
URGANCH DAVLAT UNIVERSITETI

TASDIQLAYMAN”


O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor
________ dots. S.U.Xodjaniyozov
___”________ 2020 -yil

MATNSHUNOSLIK” FANIDAN



ISHCHI O‘QUV DASTURI

Bilim sohasi - 100000 (Gumanitar)
Ta’lim sohasi – 120000 (Gumanitar fanlar)
Ta’lim yo‘nalishi - 5120100 Filologiya va tillarni o‘qitish (o‘zbek tili)

Umumiy oʻquv soati – 122 soat


Shu jumladan:
Ma’ruza - 36 soat (5-semestr – 36 soat)
Amaliy mashgʻulot - 36 soat (5-semestr – 36 soat)
Mustaqil ta’lim - 50 soat (5-semestr –122 soat)

Urganch – 2020
Fanning ishchi o‘quv dasturiOʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta-maxsus ta’lim vazirligi 2018-yil ________dagi “___” - sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Matnshunoslik” fani o‘quv dasturi asosida tayyorlangan.

Fanning ishchi o‘quv dasturi Urganch davlat universiteti Kengashining 2020-yil ________dagi “___” - sonli bayoni bilan tasdiqlangan.



Tuzuvchi:

Z. Saidjanova – UrDU, “O‘zbek tili va adabiyoti” kafedrasi o‘qituvchisi

Taqrizchilar:
S. Matkarimova – UrDU, “Oʻzbek tili va adabiyoti” kafedrasimudiri,
filologiya fanlari nomzodi, dotsent.

I.A.Xajiyeva – TATU Urganch filiali “Gumanitar va ijtimoiy fanlar”
kafedrasi mudiri, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.

UrDU Filologiya fakulteti dekani: _______________dots. D.Q.Gʻayipov.


2020-yil “___” ________

“Oʻzbek tili va adabiyoti” kafedrasimudiri: __________ dots. S.Q.Matkarimova.


2020-yil “___” ________

  1. Oʻquv fani o‘qitilishi bo‘yicha uslubiy ko‘rsatmalar

oq o‘rganish adabiyotshunos va tilshunos olimlarimiz oldida turgan muhim ishlardan biri ekani ta’kidlangan. Shunga ko‘ra o‘zbek mumtoz adabiyoti namunalarini asliyat asosida o‘rganish, talabalarni qadim adabiy manbalardan har tomonlama xabardor mutaxassis sifatida tayyorlash universitet ta’lim-tarbiya tizimida madaniy-ma’rifiy saviyaning oshishiga sabab bo‘ladi. Qadim adabiy manbalarni qo‘lyozma nusxalar asosida nashr etish, ularning mukammal ilmiy izohlar, ko‘rsatkichlar bilan ta’minlangan tanqidiy matnini tayyorlash, adabiy manbashunoslik va matnshunoslik yo‘nalishida yangi ilmiy-nazariy tadqiqotlar olib borish har qachongidan ham dolzarb masalalardan biri bo‘lib turibdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 24-mayda qabul qilingan “Qadimiy yozma manbalarni saqlash, tadqiq va targ‘ib qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida ”™PK--995-sonli Qaror”i, shuningdek, Prezident Shavkat Mirziyoyevning 2017-yil 23-dekabrda O‘zbekiston Respublikasi Alisher Navoiy nomidagi davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetiga tashrifi chog‘ida o‘zbek mumtoz adabiyotiga taalluqli manbalarni o‘rganishga qaratilgan ilmiy tadqiqot ishlarini yo‘lga qo‘yish, shu yo‘nalishda birinchi navbatda yetuk manbashunos va matnshunos kadrlarni tayyorlash vazifa qilib belgilanganligidan kelib chiqib, ushbu dastur qayta ko‘rib chiqildi.
“Matnshunoslik” fani asosiy ixtisoslik fanlardan biri hisoblanib, Filologiya va tillarni o‘qitish (o‘zbek filologiyasi) yo‘nalishi bo‘yicha 6-semestrda o‘qitiladi. Ushbu fan dasturi “Til tarixi”, “O‘zbek xalq og‘zaki ijodi”, “O‘zbek mumtoz va milliy uyg‘onish adabiyoti” kabi umumkasbiy fanlar bilan uzviy bog‘langan bo‘lib, ushbu fanlarda aks etgan ayrim adabiy-nazariy masalalarni qamrab olishi jihatidan uyg‘unlik kasb etadi.
Fanning maqsadi – muayyan malakaga ega matnshunos mutaxassislar tayyorlash, talabalarda “Matnshunoslik” fani bo‘yicha yetarli bilim, malaka va ko‘nikma hosil qilish, ularni qadimiy merosimizga hurmat va muhabbat ruhida tarbiyalash hamda kelajakda ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanishlari uchun zamin hozirlashdan iborat.
“Matnshunoslik” fanining vazifalari – talabalarda shu fanning asosiy masalalari, mavzulari, xulosalari, umumlashmalari haqida tasavvur tug‘dirish, eski o‘zbek yozuvidagi manbalarni o‘qish, uqish, tahlil va talqin qilishga o‘rgatish, qadimiy matn adabiy-badiiy asar tahliliga o‘rgatishdan iborat.
“Matnshunoslik” fani bo‘yicha talaba matnshunoslikda va tilshunoslikdagi matn tushunchasining farqi, arab yozuvi tarixi, matnshunoslikning dolzarb muammolari, tabdil,transkripsiya, transliteratsiya, mumtoz matnlarni tushunishda lug‘at ilmining o‘rni haqida bilimga ega bo‘lishi,
Nasta’liq xatidagi toshbosma va qo‘lyozma kitoblarni o‘qiy olish, XX asr boshi isloh qilingan alifboni o‘qib tushunish, nazmni nasriy bayon qilish, mumtoz matnni muxtasar va to‘la sharhlash, adabiy manbani tasniflash ko‘nikmalariga ega bo‘lishi;
eski o‘zbek yozuvini, qo‘lyozma kitobda unvonning ahamiyatini, mumtoz matnda ilmiy ko‘rsatkich imkoniyatini, qo‘lyozma turlarini, kataloglardagi ilmiy tavsif tuzilishi haqida malakaga ega bo‘lishikerak.
Oliy o‘quv yurtlarida filologik ta'limni yo‘lga qo‘yishda ushbu fan muhim ahamiyat kasb etadi. Qadimgi adabiy manbalarni qo‘lyozma va toshbosma nusxalar asosida nashr etish, ularning mukammal ilmiy izohlar,ko‘rsatkichlar bilan ta'minlangan tanqidiy matnlarini tayyorlash, fondlarda mavjud qo‘lyozma va toshbosma matnlarni tadqiq etish bilan bevosita filolog mutaxassislar shug‘ullanadi. Shu sababli ushbu fan ixtisoslik fanlaridan biri hisoblanib, o‘zbek tili va adabiyot fanining ajralmas bo‘lagidir.


Download 2,2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish