Nazorat uchun savollar:
1. O‘zbek matnshunoslari qo‘llaga tadqiq usullarini sanab bering.
2. Tekstologik belgilarni aniqlash usuli.
3. Matnni tiklash (rekonstruksiya) usuli.
4. Matnni sanalashtirish usuli.
5. Matnshunoslarning oldida turgan bosh vazifa nimalardan iborat?
6. Matnnnig qanday ko‘rinishlari mavjud?
Asosiy adabiyotlar
Lixachev D.S. Tekstologiya. –M.-L.: ANS. 1962.
SH.Sirojiddinov, S.Umarova. O‘zbek matnshunosligi qirralari. –T.: “Akademnashr”. 2015. 122 b.
Zufarov T. Xat ta’limi. –T.: Meriyus, 2010..
Qo‘shimcha adabiyotlar
Alisher Navoiy. Hayrat-ul-abror. Ilmiy tanqidiy matn. (Tuzuvchi: Porso Shamsiyev), –T.: Fan, 1970.
Zohidov R. Sabotul ojizin – ilmiy-adabiy manba. –T.:Muharrir, 2012.
Ismoilov M. Hujjatshunoslik va Markaziy Osiyo diplomatikasi. O‘quv qo‘llanma. – T.: Akademnashr, 2010.
Ishoqov F. Gulxaniyning “Zarbulmasal” asari. T.: “Fan”, 1976.
Yo‘ldoshev Ibrohim. O‘zbek kitobatchilik terminologiyasi. – T.: Fan, 2004.
Katolog fonda instituta rukopisey. 1 tom. – T.: Fan, 1989.
TESTLAR
Qaysi adabiyotshunos,tadqiqotchi olim prinsip deganda tadqiq usullarini ko‘zda tutadi?
+A)P.Shamsiyev
B) Sh.Eshonxo‘jayev
C) D. Lixachev
D) R.Zohidov
2. Kim matnshunoslikning tadqiq usullari haqida gapirar ekan, ularni «matn tuzishning metodik prinsiplari...» deb ataydi?
A)P.Shamsiyev
B) M.N.Osmanov
+C) D.Lixachev
D) A.N.Kononov
3. 1970-yillarda o‘zbek matnshunosligida manbalarni to‘plash va tadqiq qilish ishlarini qaysi olim boshlab berdi?
A) Porso Shamsiyev
+B) Hamid Sulaymonov
C) Aziz Qayumov
D) Sadriddin Ayniy
4. Matnshunoslikning asosiy uslubiy prinsipi qaysi javobda berilgan?
A) Matn talqini asosida tadqiq qilish
B) Nusxalar yordamida asosiy matn tuzish
+C) matn tarixini kompleks ravishda o‘rganish
D) A,B
5. Matnshunoslikning qaysi tadqiq usuli barcha usullarni kompleks ravishda ishga tushirishni taqozo etadi?
+A) asosiy matn tuzish usuli
B) matniy tafovutlarni tahlil qilish usuli
C) qo‘shimchalar va tushirib qoldirishlarni aniqlash usuli
D) ko‘chirishdagi xatoliklarni tahlil qilish usuli
6. Qaysi matnshunoslik tadqiq usuli nusxalar tahriri va boshqa xronologik voqealarning matn ko‘chirilishi bilan bog‘liq jarayonlarga ta’sirini aniqlash uchun muhimdir?
+A) matnni sanalashtirish usuli
B) matnni tiklash usuli
C) tekstologik belgilarni aniqlash usuli
D) ko‘chirishdagi xatoliklarni tahlil qilish usuli
Do'stlaringiz bilan baham: |