3-SEMINAR MASHG‘ULOT
Kitob va uning ilk namunalari
UNESCO tashkiloti bergan ta’rifga ko’ra, 48 va undan ko’p sahifaga ega bo’lgan bosma nashr sharafli KITOB degan nomga ega bo’la oladi. Bugunda biz kitob deganda ustiga matn bosilgan va bir jildga jamlangan qog’oz to’lamini tasavvur qilamiz (albatta, turli tuman muqovalar bilan). Kitob doimo shunday shaklga ega bo’lganmi, degan savolga Andijon shahar Xalq Ta’limi Boshqarmasiga qarashli 14-o’rta maktabning 5-sinf o’quvchisi ham “Yo’q!” deb javob bera oladi. Insoniyat ixtiro qilgan ilk g’ildirak bilan hozirgi eng oxirgi rusmdagi avtomobil o’rtasida qanday farq bo’lsa, birinchi kitob va zamonaviy kitob o’rtasida ham shunchalik katta farq bor. Hamma biladiki, o’zbek tilidagi KITOB so’zi arab tilidan kirib kelgan bo’lib, YOZUV degan ma’nini bildiradi. Axir, kitob bo’lgandan keyin, yoziladida, to’g’rimi?
Ingliz tilidagi BOOK so’zi qadimgi normand tilidagi “BӦKA” so’zidan olingan bo’lib, “HARF” degan ma’noga ega. Harf ham borib yozuvga taqaladi.
Rus tilidagi “KNIGA” so’zining kelib chiqishini o’rganib hayron qoldim. Bu so’z turkiy tildan kelib chiqqan bo’lib “KUIN BITIG” ya’ni “QOG’OZ O’RAMIGA YOZILGAN YOZUV” degan ma’noni bildirar ekan. Demak, ruscha so’z unchalik ham begona emas ekan bizga. Eng birinchi kitob qanday shaklga ega? Menimcha ilk kitoblar qoya toshlai va g’or devorlari shakliga ega:
Aynan shu “kitoblar” orqali biz eng qadimgi insonlar haqida bilim olamiz. Aynan shu kitoblar ular tomonidan YOZIB qoldirilgan. Balki tarixchilar fikrimni rad qilishar, lekin menimcha bunday qoya toshlardagi kitoblar dunyo bo’ylab keng tarqalgan. Insoniyat taraqqiyotida katta ahamiyat tutgan kitob (yozuv) turi bu mix-xatlar bitilgan tosh, sopol, loy lavhalar bo’lib, ular Mesopotamiyada yaratilgan. Ularning noyob namunalari Luvr va Britaniya muzeylarida saqlanadi, o’zim ko’rganmiz.
Eng qadimgi madaniyat egalari bo’lmish misrliklar papirusdan yozuv materiali sifatida foydalangani yaxshi ma’lum. Papirus Nil daryosida o’suvchi qamishdan olingan bo’lib, juda qimmatbaho bo’lgan. Shuning uchun ham qadimgi Misrda faqat boy odamlarning farzandlarigina o’qiy olgan.
Kitobning yana bir mashhur shakllaridan biri bu qog’oz o’rami shaklidagi kitoblardir. Hozirda bunday kitob shakli yahudiy dinining muqaddas kitobi – Tavrotda o’z aksini topgan bo’lib, bu kitob qadim an’analarga muvofiq, odatda o’ram shaklidagi qog’ozga yozib kelinadi.
Kitob haqida so’z borar ekan, qadimgi Hitoyni eslamaslikning iloji yo’q. Chunki hozirgi kundagi ko’pchilik taraqqiyot omillari aynan shu ko’hna o’lkada kurtak otgan. Bunda albatta kitobning o’rni katta. Hitoyning qadimgi kitoblari sizu bizning kitob haqidagi tasavvurimizga zid tarzda qamish tahtachalarga yozilgan va ip bilan o’ralib, bir majmuaga jamlangan.
Vaqt o’tishi va taraqqiyot jadallashi barobarida kitob tobora bizga tanish shaklga yaqinlashib kelgan. Biroq, hali ham kitob chop etish uchun qog’ozdan foydalanishga ancha qovun pishig’i bor edi.
Muqaddas kitobimiz Qur’oni Karim avvalida teri, suyak kabi unsurlarga yozib borilgani ma’lumdir. Halifa Usmon tomonidan jamlangan Mus`haf – Qur’on ham garchi shaklan bizga tanish kitob bo’lsada, teriga yozilgan.
Qog’ozga yozilib, bugungi shaklga kelgan kitoblar uzoooq muddat qo’lda yozilgan. Bu juda katta mehnat va chidam talab qilgan. Shuning uchun ham tarixda kitoblar juda qimmatbaho matoh hisoblanib, ulardan faqat sanoqli odamlar foydalana olgan. Aytishlaricha, Ibn Sino hazratlari kitob yazsalar, 10-15 nafar xattotni ziyofatga chaqirar ekanlar. Ziyofatdan keyin, u zot aytib turar, xattotlar esa yozar ekanlar. Shunday qilib, bir kechada kitobning 10-15 nusxasi paydo bo’lar ekan. Bosma kitoblar 1440 yilgi Iogann Gutenberg ixtiro qilgan kitob bosish uskunasi ishga tushgach paydo bo’la boshlagan. Bu ixtiro kitobning tan narxini pasayishi va ko’proq odamlarning kitob o’qiy olishiga imkon yaratgan.
Bugungi kunga kelib esa, kitob nashr qilish texnologiyalari shu darajada taraqqiy etdiki, muallif o’z asarida eng aql bovar go’yalarni ham osonlik bilan ro’yobga chiqarishi mumkin. Eng asosiysi – kitob hamma yerda va kitob hamma uchun.
TESTLAR
Toshkent, Buxoro, Samarqand, Namangan, Andijon va Qo‘qonda kitob do‘konlari ochgan jadid ma’rifatparvari kim?
+A) Behbudiy
B) Munavvar qori
C) Fitrat
D) Abdurahmon Sa’diy
2. Qo‘lyozma manbalar asosida tayyorlangan “O‘zbek adabiyoti namunalari” kitobi kimniki?
A) Behbudiy
B) Munavvar qori
+C) Fitrat
D) Abdurahmon Sa’diy
3. ”O‘zbek adabiyoti” 4 jildlik xrestomatiya kitobi qachon nashr etildi?
A) 1939-yil
B) 1940-yil
C) 1948-yil
+D) 1959-yil
O‘rta Osiyoda kitobat san’ati qaysi davrda keng quloch yoydi?
+A) temuriylar davrida
B) somoniylar davrida
C) qoraxoniylar davrida
D) g‘aznaviylar davrida
5. Boysunqur Mirzo saroyida 40 nafar xattot kitob ko‘chirgani haqida qaysi asarda qayd etilgan?
A) “Makorimul axloq”
+B) “Tazkiratush shuaro”
C) “Majolisun nafois”
D) A,B
6. O‘rta Osiyoda toshbosma usulida kitob nashr etish qaysi yildan boshlandi?
A) 1879-yildan
B) 1880-yildan
C) 1778-yildan
+D) 1874-yildan
7. Qo‘lyozma kitoblarning badiiy bezaklaridan birini toping?
A) Toqa
B) Labaki
+C) Doira
D) La’ba
8. ”........ kitobning asosiy qismi bo‘lib, unga ayrim hoshiya yozuvlari, jadval, poygirlar kirmaydi” Nuqtalar o‘rniga kerakli so‘zni toping?
A) ichki unvon
B) basmala
C) zarvaraq
+D) matn
9. Qo‘lyozma kitoblarda matnlar qanday shakllarda joylashtirilishi mumkin? 1) ikki ustun 2)sidirg‘a 3) zina 4) doira 5) uch ustun 6) romb
A) 1,2,3,4,5
B) 1,3,4,5,6
+C) 1,2,3,4,6
D) 1,2,3,5,6
10. Q.Sodiqov yozishicha, turk buddaviylari orasida ancha keng tarqalgan kitob turini aniqlang?
+A) potxi kitob
B) o‘rama qog‘oz
C) daftar
D) jildlangan kitob
11. Potxi usulida kitob tartib berishni qaysi xalqlar kashf etgan?
A) xitoyliklar
+B) hindlar
C) tibetliklar
D) turklar
12. Potxi usulida kitob tartib berish turklarga qaysi xalqlardan o‘tganligi qayd etiladi?
A) xitoyliklar
B) hindlar
+C) tibetliklar
D) arablar
13. Ko‘k turk yozuvida bitilgan va bizgacha butun holda yetib kelgan yagona kitobni aniqlang?
A) Suja bitigi
+B) Irq bitigi
C) Kul tigin
D) 1-Qorabalg‘asun
Do'stlaringiz bilan baham: |