Xorazm bayozchilik an’anasi – Xorazm bayozchilik maktabida adabiy matnlar asosan janriga ko‘ra jamlangan. Jumladan, Muhammad Rahimxon (Feruz) davrida “Bayozi musaddasot”, “Bayozi majmuai ash’or”, “Bayozi muxammasot”, “Bayozi ruboiyot” kabi bayozlar tuzilgan.
Aruz(ar. عروض– chodir qurish uchun chodirning markaziga tikiladigan yog‘och) qisqa, cho‘ziq va o‘ta cho‘ziq hijolarning muayyan tartibda guruhlanib takrorlanishiga asoslangan she’r vaznlari haqidagi ilm.
Bayon – ifoda yo‘llari haqidagi ilm. Muhammad Fazlihaq Rompuriyning “Mahorat quyoshlari” asarida ta’riflanishicha, bayon ilmi shunday qoidalardan iboratki, ular bir ma’noni turli shaklda, o‘sha ma’noga ochiq dalolat qiladigan har xil jumlalar orqali ifodalashni o‘rgatadi.
Devon – lug‘aviy ma’nosi “yozish, ro‘yxatga olish, to‘plam”. Devon sharq mumtoz adabiyotidagi she’riy to‘plamlarning asosiy turi. Devonga shoirlarning o‘zlari yoki boshqa shaxslar, masalan, kotiblar, shogirdlar, muxlislar tomonidan tartib berilgan.
Devon tartib berish an’anasi – bu an’ananing o‘ziga xos qonuniyatlari bor. Devonga kiritilgan she’rlar, bir tomondan, janriga ko‘ra, ikkinchi tomondan esa g‘azallarni alifbo tartibiga ko‘ra joylashtiriladi. Devonlar, asosan, g‘azal janri bilan, ba’zan esa qasida bilan boshlanadi.
Testlar
TEST SAVOLLARI
Savollar
|
To‘g‘ri
|
Noto‘g‘ri
|
Noto‘g‘ri
|
Noto‘g‘ri
|
Turkdavnashr ta’sis etish haqida qaror sanasi
|
* 1920
|
1910
|
1895
|
1925
|
Matnshunoslik tarkibiy qismlari
|
*amaliy va nazariy
|
ijtimoiy va siyosiy
|
qo‘lyozma va toshbosma
|
yozma va og‘zaki holati
|
Matn so‘zining lug‘aviy ma’nosi
|
*mustahkam, pishiq
|
Tekst
|
satr chizig‘i
|
hoshiya
|
“Matnshunoslik maxsus fan emas, ilmiy vosita”
|
*Tomashevskiy
|
Lixachev
|
Reyser
|
A.Qayumov
|
Rus filologiyasida “matnshunoslik” so‘zi bilan birga.... so‘z birikmasi ham qo‘llangan..
|
*matn tanqidi
|
xronotop nazariyasi
|
matn har xilligi
|
har uchala javob ham xato
|
Didaktika
|
* pand-nasihat
|
ta’lim jarayoni
|
boshqaruv
|
psixik xususiyat
|
Asar tili bilan bog‘liq metod turi
|
* lingvistik
|
Sotsiologik
|
biografik
|
tipologik
|
Manba so‘zining o‘zagi
|
* naba’a
|
Ba’aya
|
munado
|
nabayo
|
Savollar
|
To‘g‘ri javob
|
Noto‘g‘ri javob
|
Noto‘g‘ri javob
|
Noto‘g‘ri javob
|
Tekst
|
*yozuvda qayd etilgan nutq;
|
og‘zaki tovushlar;
|
Harflar majmui;
|
manba
|
“Manba” so‘zining tilga mansubligi qaysi javobda to‘g‘ri ko‘rsatilgan
|
* arabcha;
|
forscha;
|
lotincha
|
o‘zbekcha
|
Poygir nimani bildiradi
|
* sahifalar ketma-ketligini;
|
kotib nomini;
|
Qo‘lyozma oxirini;
|
toshbosma kitobni
|
Sarf bu ...
|
*morfologiya
|
Sintaksis
|
kelishik
|
fonetika
|
Rasmul xat
|
*yozuv san’ati
|
Husnixat
|
muhr
|
unvon
|
|
|
|
|
|
Savollar
|
To‘g‘ri javob
|
Noto‘g‘ri javob
|
Noto‘g‘ri javob
|
Noto‘g‘ri javob
|
Ifoda yo‘llari haqidagi ilm
|
bayon ilmi;
|
so‘z yasalishi haqidagi ilm;;
|
she’r vaznlari haqidagi ilm;
|
misralarni hamohang tugatish haqidagi ilm
|
Mubayyin” kimning asari:
|
* Bobur
|
Fuzuliy;
|
Navoiy
|
Mashrab
|
Adabiy ilmlar tasnifi A.Rustamiy variantida
|
12 ta *
|
10 ta
|
8 ta;
|
4 ta.
|
Tarbiya adabiyotning ... ga xos xususiyat:
|
*shakliga;
|
ruhiga;
|
Mazmuniga
|
Tiliga
|
Asarning badiiy saviyasini belgilovchi sabab – bu:
|
tab’i nazm;
|
adabiy ta’lim;
|
qofiyadoshlik;
|
ma’no uyg‘unligi.
|
Savollar
|
To‘g‘ri
|
Noto‘g‘ri
|
Noto‘g‘ri
|
Noto‘g‘ri
|
Turkdavnashr ta’sis etish haqida qaror sanasi
|
* 1920
|
1910
|
1895
|
1925
|
Matnshunoslik tarkibiy qismlari
|
*amaliy va nazariy
|
ijtimoiy va siyosiy
|
qo‘lyozma va toshbosma
|
yozma va og‘zaki holati
|
Matn so‘zining lug‘aviy ma’nosi
|
*mustahkam, pishiq
|
Tekst
|
satr chizig‘i
|
hoshiya
|
“Matnshunoslik maxsus fan emas, ilmiy vosita”
|
* Tomashevskiy
|
Lixachev
|
Reyser
|
A.Qayumov
|
Rus filologiyasida “matnshunoslik” so‘zi bilan birga.... so‘z birikmasi ham qo‘llangan..
|
*matn tanqidi
|
xronotop nazariyasi
|
matn har xilligi
|
har uchala javob ham xato
|
Didaktika
|
* pand-nasihat
|
ta’lim jarayoni
|
boshqaruv
|
psixik xususiyat
|
Asar tili bilan bog‘liq metod turi
|
* lingvistik
|
sotsiologik
|
biografik
|
tipologik
|
Manba so‘zining o‘zagi
|
* naba’a
|
ba’aya
|
munado
|
nabayo
|
Savollar
|
To‘g‘ri
|
Noto‘g‘ri
|
Noto‘g‘ri
|
Noto‘g‘ri
|
Matnshunoslik tarkibiy qismlari
|
*amaliy va nazariy
|
ijtimoiy va siyosiy
|
qo‘lyozma va toshbosma
|
yozma va og‘zaki holati
|
Matn so‘zining lug‘aviy ma’nosi
|
* mustahkam, pishiq
|
Tekst
|
satr chizig‘i
|
hoshiya
|
“Matnshunoslik maxsus fan emas, ilmiy vosita”
|
* Tomashevskiy
|
Lixachev
|
Reyser
|
A.Qayumov
|
Didaktika
|
* pand-nasihat
|
ta’lim jarayoni
|
boshqaruv
|
psixik xususiyat
|
Asar tili bilan bog‘liq metod turi
|
* lingvistik
|
Sotsiologik
|
biografik
|
tipologik
|
Savollar
|
To‘g‘ri javob
|
Noto‘g‘ri javob
|
Noto‘g‘ri javob
|
Noto‘g‘ri javob
|
Tarjima jarayonida sodir bo‘ladigan tafovutlar
|
*uchta;
|
ikkita;
|
beshta;
|
Bitta
|
Badiiy tarjimada baholash mezoni
|
* talqin;
|
fikr
|
Xotira
|
insayt;
|
Tarjima so‘zi
|
*arabcha;
|
forscha;
|
o‘zbekcha;
|
Hindcha
|
Adekvat tarjima bu ...
|
* asl nusxani to‘liq aks ettiruvchi tarjima
|
sinxron tarjima:
|
yozma tarjima
|
so‘zma-so‘z tarjima
|
Tarjima jarayoni necha bosqichdan iborat
|
*uch
|
to‘rt;
|
Ikki
|
Besh
|
1970 yildagi tarjima simpoziumi joyi
|
* Leypsig
|
Germaniya;
|
Avstriya;
|
Amerika
|
1-SEMINAR MASHG‘ULOT
Matnshunoslik fan sifatida
O‘quv mashg‘ulotining maqsadi: O‘zbek matnshunosligining shakllanish va rivojlanish bosqichlari, manba va matn tushunchasining tadriji, adabiy tanqid, matn tanqidi, arxeografiya, germenevtika, ekzegetika atamalarining istilohiy ma’no doirasi, rus matnshunosligining o‘zbek matnshunosligidan farqli jihatlari haqida ma’lumot berish.
O‘zbek xalqining ko‘pming yillik tarixi, boy ilmiy-ma’naviy merosi, adabiyot va san’ati haqidagi qimmatli ma’lumotlar qo‘lyozma manbalarda aks etgan. O‘zbekiston mustaqillikka erishgandan keyin uning ilmiy-tarixiy va madaniy merosini tiklash davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishidan biriga aylandi. 2014 yil 15-16 may kunlari Samarqand shahrida O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimov tashabbusi bilan tashkil etilgan “O‘rta asrlar Sharq allomalari va mutafakkirlarining tarixiy merosi, uning zamonaviy sivilizatsiyasi rivojidagi roli va ahamiyati” mavzusidagi xalqaro konferensiya mamlakatimizda Istiqlolning dastlabki yillaridanoq davlatimizda qadr-qimmati bilan adabiyotga daxldor ilmiy, madaniy merosimizni ko‘z qorachig‘idek asrab-avaylash, keng miqyosda o‘rganish xalqimizga etkazish sohasida olib borilgan olamshumul ishlarning o‘ziga xos sarhisobi bo‘ldi. Xalqaro konferensiyaning ochilish marosimida davlat rahbari tomonidan so‘zlangan nutqda Sharq qo‘lyozmalarida saqlanayotgan ulkan merosni o‘rganish va ommalashtirish, yoshlarga etkazish haqidagi da’vat, shu yo‘nalishda yurtimiz va xorijdagi tegishli etakchi universitetlar, ilmiy tadqiqot markazlari o‘rtasida har tomonlama hamkorlikni mustahkamlash borasidagi qilingan da’vat butun kurrai zamindan yig‘ilgan xorijiy va mahalliy olimlar tomonidan mamnuniyat bilan qabul qilindi.Nutqda e’tibor qaratilgan ko‘pgina jihatlar mamlakatimizda manbashunoslik va matnshunoslik sohasida to‘plangan boy tajribani bir tizimga keltirishni mahalliy olimlar zimmasiga muhim vazifa qilib yukladi. Ma’lumki, o‘tgan asrda xalqimiz tarixiga oid yozma manbalarni izlab topish, to‘plash, ilmiy muomalaga olib kirish bo‘yicha salmoqli ishlar amalga oshirildi. O‘zbekiston hududida mavjud davlat kutubxonalarida to‘plangan yuzlab qo‘lyozma manbalar O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi SHarqshunoslik instituti tashkil etilgach, uning qo‘lyozmalar fondiga birlashtirildi. Uzoq yillar davomida institut xodimlari tomonidan olib borilgan arxeografik ekspeditsiyalar natijasida jahonda o‘zining hajmi va salmog‘i bilan etakchi o‘ringa chiqqan bebaho qo‘lyozmalar xazinasi yaratildi. Keyinchalik Hamid Sulaymon tomonidan Angliya, Fransiya va Hindistonga uyushtirilgan arxeografik ekspeditsiya natijasida xalqimizning buyuk shoiri va mutafakkiri Alisher Navoiyning asarlari mikrofilm va fotonusxalari keltirilib, adabiy merosimiz qimmatli ma’lumotlar bilan boyitildi. O‘zbekiston Fanlar akademiyasi tarkibida Qo‘lyozmalar instituti tashkil etilib, adabiy merosimizni har tomonlama tadqiq etish ishlari boshlanib ketdi. Bu qo‘lyozma manbalarni ilmiy iste’molga kiritish yillari O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti va Qo‘lyozmalar institutida faoliyat ko‘rsatayotgan o‘zbek manbashunoslarining zabardast vakillari atrofida ilmiy maktablar shakllandi. Tarixiy manbashunoslik sohasi jadal rivojlanib, olamshumul yutuqlar qo‘lga kiritildi. Jumladan, tarixiy, aniq fanlar, geografiya, kosmografiya, biografik, agiografik asarlar, rasmiy hujjatlar ustida yuzlab ilmiy tadqiqotlar olib borildi. Yozma manbalarni tavsiflash, ilmiy iste’molga kiritish bo‘yicha bir necha avlod vakillari fidokorona mehnat qildilar va minglab manbalarning kataloglashtirish ishini olib bordilar. Ammo shuni ham tan olish lozimki, yurtimizda o‘tgan asrning boshlaridan davom etib kelayotgan Sharq qo‘lyozmalarini o‘rganish ishlari mustabid kommunistik tuzum belgilab qo‘ygan chegara va doiradan chiqa olmadi. Natijada matnlarni chuqur o‘rganish ishlari orqa planga surilib qoldi. Tarixiy asarlar matni zamiridagi davr mafkurasi ruhi xaspo‘shlab o‘tildi. Tadqiqotchining yondashuvida tuzum tazyiqi yaqqol sezilib turdi. Ana shu ko‘rinmas tazyiq olimlarni ko‘proq manba-qo‘lyozma tavsifi va bayoni bilan cheklanishga, matn tubiga kirishdan ongli ravishda qochishga olib keldi. Shundan O‘zbekistonda manbashunoslik sezilarli rivojlansa-da, matnshunoslik faqat nomigagina mavjud bo‘lib keldi.
Filologiya sohasi bo‘lgan matnshunoslikni tarixchi olimlarning asosiy faoliyat sohasi bo‘lgan manbashunoslik bilan birlashtirishga bo‘lgan urinishlar, mamlakatimizda “adabiy manbashunoslik” atamasining paydo bo‘lishiga olib keldi. Holbuki, bu matnshunoslikning tarkibiy qismi bo‘lgan “matn tarixi” bilan bog‘liq tadqiqotlar qisminigina tashkil etuvchi bo‘lim edi. Matnshunoslikning asosiy va salmoqli qismi bo‘lgan “matn talqini” kommunistik tuzum zo‘ravonligidan hurkib, Sharq qo‘lyozmalarini o‘rganish ishlariga tatbiq etilmadi. U faqat zamonaviy adabiy matnlar tahlili bilan shug‘ullanuvchi tilshunos olimlarning mulkiga aylanib qoldi.
O‘zbekiston mustaqillikka erishgandan so‘ng sharq qo‘lyozmalarini o‘rganish, xalqimiz mulki bo‘lgan turli qo‘lyozma manbalarni topish, tadqiq qilish va nashr etish ishlarining keskin jonlanishi, ayniqsa, milliy uyg‘onish, milliy iftixor va g‘urur mafkurasi asosida o‘tmish ijodkorlarimiz asarlarini o‘rganish matnshunoslik sohasining jilliy rivojlanishiga turtki berdi. Yuzlab qo‘lyozma manbalar hozirgi o‘zbek imlosiga transliteratsiya qilinib chop etildi. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi SHarqshunoslik ilmiy-tadqiqot instituti, mamlakatimiz kutubxonalari va ma’rifatli fuqarolarimizning qo‘llarida saqlanayotgan bebaho qo‘lyozma manbalar olimlar ko‘magida nashr etilib, xalqimizga taqdim etildi. Ana shunday sa’y-harakatlar natijasida biz ilgari nomlari butkul noma’lum bo‘lgan yoki mustabid sho‘ro tuzumi mafkurasi o‘rganishni man etgan yuzlab mutafakkirlarimiz, diniy arboblarimiz va adiblarimizning ilmiy-ijodiy merosidan bahramand bo‘la boshladik. Ayniqsa, badiiy asarlar matnini o‘rganish, chop etish ishlarida sezilarli ko‘tarilish bo‘ldi. Ilgari kam o‘rganilgan ko‘plab shoirlarimizning asarlari to‘liq tiklanib, mustaqillik mafkurasi nuqtai nazaridan qayta ko‘rib chiqildi. Ushbu xayrli ishlarni amalga oshirishda faqat sharqshunos olimlar emas, balki arab imlosidan xabardor barcha adabiyot ixlosmandlarining hissa qo‘shgani mamlakatimizda qo‘lyozma manbalarni to‘plash, o‘rganish va chop etish ishlarining keskin ko‘tarilishiga xizmat qildi. Biroq, shu bilan birga respublikamizda badiiy asarlar matni tarixini o‘rganish sohasida uzoq yillar davomida yig‘ilgan tajribaning ommalashtirilmagani, matnshunoslikning tadqiqot usullaridan bexabarlik oqibatida nashr yuzini ko‘rgan manbalarning ilmiy-badiiy ahamiyati va yozma yodgorlik sifatidagi qimmatini to‘liq ko‘rsatishga ojizlik qildi. Matnshunoslik sohasining vazifalari, tasnifi, nashr tiplari va prinsiplarining sistemalashtirilmaganligi matn tarixi tadqiqiga qo‘l urayotgan adabiyotshunoslarimizga manbalarni ilmiy iste’molga kiritish ishlarida muayyan qiyinchiliklar tug‘dirdi. Natijada adabiy manbashunoslik va matnshunoslik sohasida muayyan oqsoqliklar paydo bo‘ldi. Ayni vaqtda ma’naviy-ma’rifiy sohadagi islohotlar samarasini oshirish zarurati bu yo‘nalishdagi ishlarni sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarishni davr talabiga aylantirdi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev tomonidan 2017-yil 24-mayda imzolangan “Qadimiy yozma manbalarni saqlash, tadqiq va targ‘ib qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qaror matnshunoslik, adabiy manbashunoslik, tilshunoslik, falsafa, madaniyat tarixi sohalarida milliy madaniyatimizning hali o‘rganilmagan ko‘pgina qatlamlarini ochib berishga yo‘naltirilgan ilmiy tadqiqotlarni olib borish, qo‘lyozmalar bilan ishlash malakasiga ega bo‘lgan yosh mutaxassislarni reja asosida maqsadli tayyorlash uchun katta imkoniyat eshiklarini ochdi. Mazkur Prezident Qarorida belgilangan vazifalardan kelib chiqib, Alisher Navoiy nomidagi o‘zbek tili va adabiyoti universiteti 5120100-Filologiya va tillarni o‘qitish (o‘zbek tili) ta’lim yo‘nalishi o‘quv rejasidagi matnshunoslik fani dasturi qayta ko‘rib chiqildi va tegishli o‘zgartirishlar kiritildi.
Manba va matn. Manbashunoslik va matnshunoslikda matn ma’nosi keng qamrovli tushuncha. Matn deganda, muallif ijod etmoqchi bo‘lgan fikr va g‘oyaning yozuvdagi in’ikosi tushuniladi. Matn deganda yaxlit bir asar, qo‘lyozma nusxa ham anglashiladi. Qadimiy matnlar tadqiqi bilan matnshunoslar (manbashunoslar) shug‘ullanadilar. Ularning vazifalariga adabiyotshunoslik va tilshunoslikka xos bo‘lgan, tarixchilarning manbashunoslik va istoriografiya sohalaridagi barcha tadqiq usullarini qo‘llash kiradi. Matnshunoslik qo‘lyozma nusxaning matn xususiyatlaridan tortib nashr ko‘rinishidagi barcha yutuq va kamchiliklari haqida tasavvur uyg‘otuvchi tadqiqotni amalga oshiradi. Matn taqdiri, saqlanish darajasi, nashr bezaklari va tavsifiy belgilarini o‘rganish matn tushunchasining klassik ta’rifiga sig‘masa-da, matnshunoslikda qabul qilingan matn tushunchasi, uni o‘rganish doirasiga kiradi.
Hozirgi zamon filologiyasida matn ustida ishlash masalalarida ko‘pchilik tomonidan qabul qilingan yagona qoida yo‘q. Manbashunoslar matn tarixi, tadqiqi va tavsifi ustida ko‘proq bosh qotirsalar, matnshunoslar ularga qo‘shimcha ravishda matn talqini tadqiqiga alohida e’tibor qaratadilar. Shuning uchun ham manbashunoslik tarixiy va tabiiy fanlar sohasiga, matnshunoslar asosan filologiya sohasiga tegishliligi bilan farqlanib turadi. O‘z navbatida matnlarni badiiy va lingvistik tadqiq etish masalarida ham matnshunoslar o‘rtasida bir to‘xtamga kelinmagan. Bu matn interpretatsiyasi ustida ishlayotgan olimning qaysi fan sohasida ish olib borishiga bog‘liq.
Talqin tadqiqi badiiy asarning yozma yodgorlik sifatidagi qimmatini baholash, davr ruhi, muallif yondashuvi (ob’ektivlik va sub’ektivlik), badiiy asar matni haqida to‘liq tasavvur paydo bo‘lishida ob’ektiv asos bo‘lib xizmat qiladi. Zotan, matnshunoslik badiiy asarning matn zamiridagi yashirin ma’nolarini, botiniy jihatlarini ochib berish, uning yaratilish tarixi, matn o‘zgarishiga olib kelgan holatlarni aniqlash va muallif varianti saqlanib qolmagan taqdirda, asarning dastlabki ko‘rinishiga yaqin matnni tuzishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘yadi. Shu jihatdan matnshunoslikni quyidagi 3 tarkibiy qismga bo‘lish mumkin:
1.Matn tarixini o‘rganish.
2.Matn talqinini tadqiq etish.
3.Matn tuzish.
Shuni ham aytib o‘tish kerakki, matn bir qancha yordamchi sohalar – editsiya, arxeografiya, germenevtika, ekzegetika kabilar bilan bog‘liq holda ham tadqiq etiladi. Masalan, editsiya – hujjatli va mumtoz matnlarning ilmiy nashrini amalga oshirishdir. Arxeografiya yozma manbalarni qidirib topish, birlamchi ishlov berish, ilmiy muomalaga kiritishni nazarda tutadi. Kutubxona, turli fondlardagi qo‘lyozmalarning turkumlashtirilgan tavsifi, arxeografik qiyosiy tahlili manba matnini tuzishda muhim hisoblanadi. Bunday ishlar natijalari matn ustida ishlashning ravon borishini ta’minlaydi. Germenevtika qadimgi yozma matnlar mazmunini izohlash bilan shug‘ullanadi, matnshunoslik uchun asarning o‘tmishda tutgan o‘rni, asar umumiy mazmuni kabi ma’lumotlarni beradi. Ekzegetika esa diniy matnlarni filologik jihatdan tahlil etishda matnshunoslik ishlari bilan bevosita bog‘lanadi. Matnshunoslik qo‘lyozma nusxaning matn xususiyatlaridan tortib nashr ko‘rinishidagi barcha yutuq va kamchiliklari haqida tasavvur uyg‘otuvchi tadqiqotni amalga oshiradi. Matn taqdiri, saqlanish darajasi, nashr bezaklari va tavsifiy belgilarini o‘rganish matn tushunchasining klassik ta’rifiga sig‘masa-da, matnshunoslikda qabul qilingan matn tushunchasi, uni o‘rganish doirasiga kiradi. Matnshunoslikning asosiy uslubiy prinsipi matn tarixini kompleks ravishda o‘rganishdir. U matn taqdirini yoritadi va matndagi o‘zgarish xususiyatlari, sabablari va bosqichlarini oydinlashtiradi.
Matnshunoslik sohasi filologiya fanining asosiy va muhim tarmoqlaridan biri bo‘lib, yozma yodgorliklarning asl matnini tiklash hamda ularni nashr ettirishning nazariy va amaliy jihatlari bilan shug‘ullanadi. Matnshunoslikning asosiy vazifasi qo‘lyozma yoki toshbosma nusxadagi muayyan asarning matnini muallif qalamidan chiqqan asl holatini tiklash va nashr ettirishdir. Izohli lug‘atda “matnshunoslik” istilohiga shunday ta’rif beriladi: “Matnshunoslik – adabiyot va folklorga oid qo‘lyozma asarlarni, tarixiy hujjatlarni, ularning haqiqiy, asl matnlarini aniqlash va tanqidiy o‘rganish, sharhlab e’lon(nashr)qilish maqsadida ular ustida tadqiqotlar olib boruvchi yordamchi tarixiy-filologik fan sohasi; tekstologiya”[1]. O‘zbek tilida bu istiloh arabcha “matn” (ﻤﺘﻥ) lug‘aviy ma’nosi – mustahkam, pishiq, qattiq degani bo‘lib, qo‘shma so‘zning ikkinchi qismi “shunos”(“tanimoq”, “bilmoq” ma’nolarini ifodalovchi forscha “shenoxtan” fe’lidan olingan) va turkiy “-lik” ot yasovchi qo‘shimcha tarkibidan yasalgan.
“Matnshunoslik” istilohining fanda qachondan qo‘llana boshlangani borasida rus paleografiyasi tarixi va zamonaviy matnshunoslik ishlari, xususan, XVIII – XX asrlarda amalga oshirilgan nashrlarni o‘rgangan S. A. Reyser shularni yozadi: “Tekstologiya so‘zi nisbatan yaqinda paydo bo‘lgan. Bu so‘z 1930-yillar o‘rtalarida birinchi marta B. V. Tomashevskiy tomonidan 1926/27 o‘quv yili Leningrad san’at tarixi instituti kurslarida qo‘llangan. 1957–1967 yillar oralig‘ida birin-ketin SSSR Fanlar akademiyasining Jahon adabiyoti institutida “Tekstologiya masalalari” nomi bilan to‘rt to‘plam: “Tekstologiya asoslari”, “X–XVII asrlar rus adabiyoti materiallarida tekstologiya”, “Tekstologiya. Qisqacha ocherk” kabi ahamiyatli kitoblar bosiladi. “Tekstologiya” garchi yangi istiloh hisoblansa–da, lekin tushunchaning o‘zi qadimiydir. Adabiy tanqid, matn tanqidi, arxeografiya, germenevtika, ekzegetika so‘zlari tarix, qadimgi adabiyot, manbashunoslik kabi fanning turli tarmoqlarida qo‘llansa ham aslida bitta tushunchani anglatadi”[2]. Bu haqda mashhur rus tekstologi B. V. Tomashevskiyning yozganlari quyidagicha edi: “...zamonaviy filologiyada matn tanqidi bo‘yicha ba’zi usullar sistemasi ishlab chiqildi. Ulardan bir qismi qadimiy yodgorliklarni o‘rganish tajribasidan ko‘chirildi, bir qismi yangi materialning o‘ziga xosligi bilan belgilanadi. Bu filologik usullar sistemasini “matnshunoslik” so‘zi bilan belgilash qabul qilindi”[3].
TESTLAR
1.Matnshunoslikning asosiy uslubiy prinsipi qaysi javobda berilgan?
A) Matn talqini asosida tadqiq qilish
B) Nusxalar yordamida asosiy matn tuzish
+C) matn tarixini kompleks ravishda o‘rganish
D) A,B
2.Matnshunoslik uchun katta ahamiyatga ega tavsifiy mezonlarni aniqlang. 1) kotib nomi 2) kotib qaydlari 3) qo‘lyozma asarning yaratilish va ko‘chirilish sanasi 4) muallifning asarni yozish maqsadi ifodalangan so‘zboshisi
A) 1,3
B) 1,2,3
C)1,3,4
+D) 1,2,3,4
3.Matnshunoslikning qaysi tadqiq usuli barcha usullarni kompleks ravishda ishga tushirishni taqozo etadi?
+A) asosiy matn tuzish usuli
B) matniy tafovutlarni tahlil qilish usuli
C) qo‘shimchalar va tushirib qoldirishlarni aniqlash usuli
D) ko‘chirishdagi xatoliklarni tahlil qilish usuli
4.Kim matnshunoslikning tadqiq usullari haqida gapirar ekan, ularni «matn tuzishning metodik prinsiplari...» deb ataydi?
A)P.Shamsiyev
B) M.N.Osmanov
+C) D.Lixachev
D) A.N.Kononov
Do'stlaringiz bilan baham: |