Interiorizatsiya - tashqi real ishdan ichki ideal ishga o‘tish jarayoni.
Eksteriorizatsiya – oldin ichida o‘ylab, so‘ngra bevosita tashqi munosabatga o‘tish jarayoni.
Motiv – harakatning nima sababdan amalga oshirilishi.
Kommunikatsiya – o‘zaro hamfikrlilikka boshlovchi, ikki tomonlama axborot almashinuvi jarayoni.
Kooperatsiya - hamkorlik faoliyatini tashkillashtirish, guruh maqsadlariga erishishni ta’minlab beruvchi o‘zaro ta’sir.
Muzahhib – kitob ko‘chirilib, muqovalangach, sahifalarga surat chizuvchilar, oltinrang bilan naqshlovchilar, sahifalar hoshiyasi va yozuv oralariga oltin yoki kumush rang purkab bezatuvchilar.
Muloqot – o‘zaro munosabatda bo‘lgan odamlar o‘rtasida axborot almashinuvga, aloqalar, ular orasida bir-birini tushunish va ochiq munosabatlarni o‘rnatishga yo‘naltirilgan faoliyat turi sifatida o‘rganiladi.
Sahhof – muqovasoz, ya’ni sahifalarni to‘plab kitob holiga keltiruvchilar, nodir kitoblarga charm yoki boshqa bir qimmatbaho matodan jild yasovchilar, to‘zigan kitoblarni qayta tiklovchilar.
Qur’onni jamlash hay’ati – Payg‘ambar alayhissalomdan sobit bo‘lgan muborak so‘z yo jumlani yozishda uni bitta jihat bilan chegaralab, qusurli qilib qo‘yadigan har qanday alomatdan saqlashga mutasaddi shaxslar.
Kotib – qo‘lyozmani ko‘chiruvchi shaxs. O‘rta Osiyo xattotlik san’ati tarixini o‘rgangan xattot A. Murodov ta’kidlaganidek, SHarqda kotiblik bilan nom chiqargan har bir shaxsni biz oddiy texnik vazifasini bajaruvchi kishi sifatida emas, balki o‘z zamonasining madaniy hayotida favqulodda katta rol o‘ynagan ilm-ma’rifat ahli va yirik madaniyat arbob sifatida taniymiz.
Inkor etish. Inson unga og‘riq beruvchi voqelikka e’tiborsizlik bilan, o‘zini xuddi muammo mavjud emasdek tutadi.
Ko‘chirish – hissiyot ob’ektini xavfsizrog‘iga almashtirish. Aslida hissiyotlarning paydo bo‘lishiga umuman boshqa odam sabab bo‘lsada, inson muhabbat, nafrat, raqobatchilik haqida mulohaza yuritadi.
Toshbosma – kitob chop qilishning bir turi bo‘lib, bunda ustida bo‘rtma yozuvlar hosil qilingan maxsus toshga bo‘yoq (siyoh) surtilib, qog‘oz o‘sha tosh ustiga bosilgan. Natijada toshdagi matn to‘la holida qog‘ozda aks etgan. Bu uslub tosh ustidagi matnni bir necha nusxada ko‘chirish imkonini bergan.
Tahqiq – matndagi har bir so‘z, har bir jumlaning muallif matniga muvofiqligini ilmiy dalillar bilan har tomonlama asoslash. Bu faoliyat bilan shug‘ullanuvchi olim sharqda “muhaqqiq” atamasi bilan nomlangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |