O‘zbek tili va adabiyoti


Tabdil – yozuvni boshqa yozuvga o‘girish (masalan, eski o‘zbek yozuvidan kirill yoki lotin alifbosiga o‘girish). Nasriy bayon



Download 2,2 Mb.
bet72/93
Sana11.07.2022
Hajmi2,2 Mb.
#774606
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   93
Bog'liq
Matnshunoslik majmua to\'liq

Tabdil – yozuvni boshqa yozuvga o‘girish (masalan, eski o‘zbek yozuvidan kirill yoki lotin alifbosiga o‘girish).
Nasriy bayon – nazmiy matnni nasr yo‘li bilan bayon qilish.
Lug‘at ilmi –tilning lug‘aviy birliklari haqidagi ilm bo‘lib, turli xil lug‘atlarning tuzilish qoidalaridan boxabar bo‘lgan holda u qoidalarini mumtoz matnga to‘g‘ri qo‘llashni o‘rgatadi.
Muhozara – tarixiy voqea va rivoyatlarni, salaflarning hikmatli so‘z va asarlaridan o‘z o‘rnida foydalana bilish ilmi.
Ateteza – muallifi noto‘g‘ri ko‘rsatilgan muayyan asarni ilmiy asosda noo‘rin mualliflikdan himoya qilish. Bu holatda bahsga sabab muallifning mavjud asarlari qiyosan o‘rganilib, ularning hududiy, davriy, g‘oyaviy, uslubiy jihatlari tekstologik tadqiqi qilinib, xulosa chiqariladi.
Interpolyasiya – hoshiyadagi bitiklarning asosiy matnga qo‘shib yuborilishi. Matnshunos asosiy matnning o‘ziga xos uslubi va strukturasini jiddiy o‘rganish orqali interpolyasiyani aniqlash mumkin. SHuningdek, qo‘lyozma matnining ilgari o‘chib ketishi, yirtilishi natijasida ma’no mavhumligiga sabab bo‘lgan o‘rinlarini va ayni shu nusxadan ko‘chirilgan keyingi nusxalardagi matn bo‘laklarini qiyoslash orqali interpolyasiyani ajratib olish mumkin.
Konyektura – matn kontekstidan kelib chiqib, matndagi xato yozilgan o‘rinlar yoki o‘qib bo‘lmas darajada o‘chib ketgan so‘z va jumlalarni matn mantig‘idan kelib chiqib tiklash. Konyektura beixtiyor yoki e’tiborsizlik oqibatida yo‘l qo‘yilgan xatolarni tuzatishga nisbatan qo‘llanadi.
Ilmiy-tanqidiy matn – matn tarixining muallif matniga yaqin variantini ilmiy tekstologik dalillar asosida asliyat yozuvida taqdim qilish. Ko‘p nusxaga ega manba matni ustida ishlash, uning ilmiy-tanqidiy matnini tayyorlash butun “injiqlik”lari bilan o‘ta nozik va mas’uliyatli, to‘xtovsiz aniqlik va intizom talab etuvchi “zahmat”lari bilan mashaqqatli, ammo samarali mehnatdir.
Ilmiy-ommabop (akademik) matn – yagona, yangi topilgan asarni e’lon qilish uchun yoki ilmiy-tanqidiy, shuningdek, yig‘ma-qiyosiy matn asosida matnning soddalashtirilgan variantini tuzish.

Download 2,2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish