69
Rajiv Gandi:
“Farg‘onalik mard, nozikdid Bobur ismli yigit gang
tekisliklarimizgacha
yetib kelgan, buyuk mo‘g‘illar sulolasi atalgan
saltanatimizga asos solib, o‘zini hind deb bilgan edi”
Yangi darsning bayoni
Dastlab o‘quvchilarga lirika haqida ma’lumot beriladi. Bobur o‘zbek va
fors tillarida ijod etgan zullisonayn shoirdir. U o‘zbekcha she’rlarini to‘plab, 1519
– yilda Qobulda, 1528-29 Yilda Hindistonda devonlar tuzgan.Bu ikki top’lam
o‘sha joylar nomi bilan “Qobul devoni”, “Hind
devoni” deb ataladi. Qobul devoni topilgan emas.
Mutaxassislarning
fikricha,
saqlanib
qolgan
she’rlarining soni 400 dan ortiq. Shundan 119 tasi
g‘azal, 231 tasi ruboiy. Shuningdek,
shoir
devonidan tuyuq, fard, masnaviy, qit’a, muammo
kabi janrlar ham o‘rin olgan.
Bobur devonining
katta qismi g‘azallardan iborat. G‘azallarning ma’lum qismi hasbi hol xususiyatiga
ega bo‘lib, shoir hayotining muayyan lavhasi bilan bog‘lanadi. Uning “Topmadim”
radifli g‘azalini olaylik. Unda Samarqandday ulug‘ va muqaddas ota yurtini ikki
marotaba qo‘lga kiritib, ikki marotaba qo‘ldan berishiztirobi,
madad kutgan
kishilarning loqayd va beparvoligi tug‘dirgan yo‘lg‘izlik hissi, sarsonlikda kechgan
kunlar alami an’naviy ishqiy mavzuga xos tafsillar orqali ifodalangan. Bobur
g‘azallari mavzuga ko‘ra xilma-xildir. Unda hayotga bo‘lgan
mehrt aks etgan
jo‘shqin g‘azallar ham, afsus nadomat to‘la sh’erlar ham bor. Shoir hoh dunyoning
achchiq- chuchugini tatib ko‘rgan kishi sifatida falsafiy mushohada yuritadi,
odamlarni har qanday holda yaxshilik qilishga chorlaydi,
goh taqdirning ayovsiz
zarbalariga chiday olmay, el-yurtdan bosh olib chiqib ketmoqchi bo‘ladi. Insonga
xos quvonch ham, g‘am ham bu g‘azallarda bor.Shu va boshqa ma’lumotlar aytilib
darslikda berilgan she’rlari tahlil qilinadi,sharhlanadi.
Bobur ruboiy janrida ham samarali ijod qildi. U tabiatan ijtimoiy –
falsafiy bo‘lgan ruboiy janriga kundalik hayotiy mazmunni kiritdi. Uning
70
ruboiylari sarson – sargardon kechgan hayotining iqrornomalaridan taassurot
qoldiradi. Hech bir yurt uning uchun Vatan bo‘lolmaydi.
Tole yo‘qi jonimga balolig‘ bo‘ldi,
Har ishniki ayladim xatolig‘ bo‘ldi.
O‘z yerni qo‘yib, Hind sori yuzlandim,
Yo rab netayin , ne yuz qarolig‘ bo‘ldi.
Bobur she’riyatini o‘qib bir narsaga amin bo‘lasiz: u hayotni sevadi, umrning har
qanday daqiqasini g‘animat biladi. Shuning uchun har qanday og‘ir kunlarda ham
yashashga intildi, izlanishdan to‘xtamadi, ijodda davom etdi.
Shoirning
hayotsevarligi, ayniqsa yoz fasli, do‘stlarninf suhbati “Sendek menga bir yori
jafokor topilmas” kabi g‘azallarida yaqqol aks etgan. Demak, shoir she’rlari
benihoya samimiy tuyg‘ular bilan yog‘rilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: