m a’lum o ‘zgarishlar ro ‘y berdi.
Tobe birikmalar
Tobe so‘z birikm alarini tashkil etgan qismlarning biri tobe,
ikkinchisi hokim so‘z bo‘ladi. Bu xil birikmalar uch xil sintaktik
usul bilan tuziladi: bitishuv, boshqaruv, moslashuv.
3 -§ . Bitishuv. Bitishuv munosabatiga kirishgan so‘zlar o ‘zaro
hech qanday gram m atik vosita yordamisiz birikadilar.
Sifat, son, ko‘rsatish olm oshi, sifatdosh bilan ot va ot bilan ot,
shuningdek, ravish yoki ravishdosh bilan fe’l va ot yoki olmosh
bilan fe’l bitishuv aloqasiga kirishadi.
Q adim gi turkiy tilda so‘zlar, asosan, bitishuv munosabatiga
kirishgan. Buning sababi so‘zlarni o'zaro bog'lashda xizmat qilgan gram m atik vositalarning kam bo‘lishidir. G ram m atik vositalarning q o ‘llanishi bilan so'zlam ing o ‘zaro aloqaga kirish xususiyati ham o ‘zgaradi. M asalan, qadimgi turkiy tilda turk va bodun
so‘zlari bitishuv m unosabatlariga kirishadi: Türk bodun yoq bolmazun, — täyin (KT). Hozirgi o ‘zbek tilida esa bunday so‘zlar
o'zaro izofali birikmani tashkil etadi (hokim so‘zning tarkibida
egalik afïïksi bo‘ladi: turk xalqi). 0 ‘zaro relyativ m unosabatda
bo‘lgan ayrim birikm alarning taraqqiyotida ham tobe so‘zning
m a’lum vosita bilan shakllanishga tom on borganligini ko‘ramiz:
Küläryuz isig sez ülä närj tavar (QB) — Mol-u dunyoni ochiq yuz,
issiq so ‘z bilan ula. Bu jum lada bitishuv munosabatiga kirishgan
so‘zlar hozirgi o ‘zbek tilida ko‘makchi yordamida boshqaruv yo‘li
bilan aloqaga kirishadi. ( Ochiq yuz bilan ula, issiq so *z bilan ula).
Yalavach barur er (QB) — Elchi bo‘lib (elchilikka) boradigan
odam . Qag'un buq yärgä tüshdi (M K) — Qovun biq etib yerga
tushdi.
B itishuv m unosabatiga kirgan so‘zlam ing taraqqiyotidagi
ikkinchi hodisa bunday birikm alarning qo‘shma so‘zga aylanishidir: sakiz on, toqqiz on (qadim gi turkiy til) — sakson, to ‘qson.
B a’zi birikmalardagi so‘zlarning m a’no vazifasidagi qisman
yoki to ‘liq o ‘zgarish bunday birikmalarning ham qo‘shm a so‘zga o ‘tishiga sabab bo‘ldi: Ulug‘ Türüknuy sezün y(a)qshi kerdi ( 0 ‘N);
yaxshi kerdi — hozirgi zam on tilida qo‘shm a fe’ldir (yoqtirdi).
Qadim gi va eski turkiy tilda bir otga bog‘langan bitishuv
munosabatidagi bo‘laklar tarkib jihatdan sodda —■ bir yoki ikki
aniqlovchidangina iborat b o ‘ladi. Eski o‘zbek tilida esa bunday
sifatiovchi b o ‘laklaming soni ham , tarkibi ham murakkablashadi:
Past boyiuq, bolma saqalhq, qoba yüzlük tanbal kishi (N ad). Bunday
m urakkab tarkibli sifatlovchilar badiiy adabiyotda keng qo'llana
boshlaydi.
M a’lum so‘z shaklining yoki m a’lum shakl vazifasining o‘zgarishi ham gap bo‘laklari orasida sintaktik m unosabatni o‘zgartiradi. M asalan, âstw, üstin, keyin, yuqaru, tegrà, chinlû kabi so‘zlar
vosita yoki jo ‘nalish kelishigi shaklida bo‘lib, hokim so‘z bilan
boshqaruv munosabatlarida bo‘lgan. Keyinroq bu kelishik shakllari
o ‘z vazifasini yo‘qotgach, hokim so‘z bilan bitishuv munosabatiga
Do'stlaringiz bilan baham: |