O`zbek tili tarixi” fani bo`yicha mustaqil ish bajarish bo`yicha mustaqil ish mavzulari



Download 143 Kb.
bet17/17
Sana31.03.2022
Hajmi143 Kb.
#520087
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
mustaqil ish....(1)

l)tojikcha-forscha; 2)arabcha; 3)ruscha - baynalminal qatlamlardan iboratdir.


Tojikcha -forscha so'zlar. Hozirgi o'zbek xalqining o'tmish avlodlari eroniy (ayniqsa, tojik) tilida so'zlovchi aholi bilan yaqin aloqada bo'lib qon- qarindosh yashab kelishgan.


Bu ikki xalqning iqtisodiy, madaniy munosabatlari natijasida ko'plab tojikcha so'zlar o'zbek tili lug'at tarkibida mustahkam o'rnashib qolgan. Masalan, chiroq, zardob, charm, sinch, nay, xokandoz, barkash, obdasta, parda, gugurt, gilam, choyshab, payandoz, paypoq, paytava, poshna, astar, marjon, zarbop, ustun taxta, g'isht, xari,panjara, juvoz, mardikor, ajdar, jonivor, kaptar, bedana, parranda, parvona va boshqalar.


O'zlashgan tojikcha so'zlar ko'proq kundalik hayotga uy-ro'zg'or, bog'dorchilik, dehqonchilik, hunarmandchilik ishlariga doir tushunchalanii ifodalaydi.


Arabcha so'zlar. Qadimgi turkiy tilga arabcha so'zlar VI-VIII asrlardan boshlab kira boshlagan.


Bu hol arablarning shu davrda Markaziy Osiyoni istilo qilishi bilan bog'liq, ular mahalliy aholiga o'z alifbosini joriy qiladilar, davlat va idora ishlarini arab tilida olib boradilar. Shunday sabablar bilan bir qancha arabcha so'zlar o'zbek tiliga o'zlashib qolgan.


Bu jarayon Somoniylar hukmronligi (X-XI asrlar) davrida arab xalifaligining susayishi bilan cheklandi va din tili sifatida ish ko'radi.


Hozirgi o'zbek tilida taxminan quyidagicha so'zlarini ko'rish mumkin; maqola, faylasuf, ilm, amaliyot,qashshoq, maktab, madrasa. adabiyot, kasb, kitob, qalam, atir, farmon, sinf, hukumat, hokimiyat, fuqaro, jinoyat, huquq, xizmat, musobaqa, qonun, avliyo, azon, harf, alifbe, xat, savod, xato, daftar, maorif, muallim, imtihon, talaba, axloq, insho va boshqalar.


O'zbek tiliga arab so'zlari ikki xil yo'l bilan o'zlashgan. Birinchidan, maktab, madrasa, kitob, din,davlat tizimi orqali kirgan. Masalan, maktab, dars, qalam,kitob, nashriyot, muharrir, muallif, matbuot, jild, nusxa, xat, tarbiya, ta'lim, saboq; ikkinchidan, eroniy tillar orqali kirgan. Masalan, baquvvat, qarzdor, g'amxo'r, mansabdor va boshqalar.


Ruscha -baynalminal so'zlar. Rus tili va u orqali baynalminal so'zlarning o'zbek tiliga o'zlashishi XIX asming ikkinchi yarmidan boshlandi. Bunday so'zlar, asosan, ikki yo'l bilan, birinchidan, Rossiyaning Markaziy Osiyoni xususan, xonliklarni bosib olishi ikkinchidan, turli siyosiy, madaniy aloqalar, fan, texnika rivojlanishi bilan o'zlashgan. Masalan, zavod, fabrika, kridit, shtraf, samovar, chaynik, yashik, odekolon, manifest, izvosh, soldat kabilar.


Rus tili orqali boshqa tillaridan o'zlashgan baynalminal xususiyatiga ega bo'lgan birqancha so'zlar ham mavjud. Masalan, revolyutsiya. filologiya, psixologiya, fizika, federatsiya,bank, chek, aktyor, konsert, palto, ferma, telefon va boshqalar.


Tarixiy etimologik jihatdan qaralsa, hozirgi o'zbek tilida uchraydigan ayrim so'zlarning uzoq o'tmishga egaligini ko'rish mumkin. Masalan, but, lak, nil, Nilufar (Nilufar), dunyo, barcha, bibi, paysa, chakdon(sandal), tovus, chit kabi hindcha; choy, lag'mon, shiypon, jambul, kabi xitoycha; mo'miyon, marmar, nomus, afyun, ark, marvarid, iqlimjamdui kabi qadimiy grekcha so'zlarni ham uchratish mumkin. Ammo bunday so'zlar sanoqligina bo'lgani uchun ham alohida qatlamni tashkil etmaydi.
Download 143 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish