kirishadi. Bu jarayon m azkur so‘z!arda eski turkiy tildayoq ro‘y
bergan edi.
4 -§ . Boshqaruv. Hokim so‘zning talabi bilan tobe so‘z biror
shaklda bo'lib, shu gramm atik vosita orqali tobe so‘z hokim so‘zga
bog‘lanadi. Bunda tobe so‘z ko‘makchi va ko‘m akchi vazifasidagi
so‘z bilan birikadi yoki kelishik qokshim chasini oladi. Odatda,
tobe so‘z ot va ot m a’nosidagi so‘zlardan, hokim so‘z esa fe’l va
ba’zan belgi bildiruvchi so‘zlaryoki ko‘makchilar bilan ifodalanadi.
Til taraqqiyoti natijasida ana shu vositalar o ‘zgaradi, boshqa
vositalar bilan alm ashadi, natijada to b e va h okim so‘zning
gram m atik aloqa xususiyati ham o'zgara boshlaydi.
K o‘makchi orqali boshqarish qadimgi turkiy tilda mavjud edi.
K.o‘m akchiü boshqarish sohasida b o ‘lgan ta ra q q iy o t ayrim
ko‘m akchi va shu vazifadagi so‘zlarning ishlatilm ay qolib ketishi
va yangilarining paydo bo‘lishi bilan bog‘Iiq. M asalan, qadimgi
va eski turkiy tillardagi tàgü, ashnu, otrü, taba, basa, üzü, tâgrâ,
ara, azm, qaru ko‘makchilari orqali boshqaruv eski o ‘zbek tilida
kam ishlatiladi. Eski o ‘zbek tilidagi ayru (bizdin ayru), dàgin,
dàgiincha (yanm yolg‘a dàgin), tàgrü (kechà tàgrü), etrü (aya otrü),
üzà kabi ko‘makchili boshqaruv hozirgi zam on tilida uchramaydi.
B undan tashqari, ko‘m akchilam ing o ‘zlari ham m a’lum bir
so'zlarni m a’lum kelishik shaklida boshqargan. Bunday boshqarish usulida va shaklida ham m a’lum o‘zgarishlarbo‘lganini ko‘ramiz.
Bilán//bilá ko‘makchisi bosh kelishikdagi so‘znigina emas,
qaratqich kelishigidagi so‘zni h am boshqargan. Hozirgi zam on
tilida bu ko‘m akchi I, II shaxs olmoshlarining qaratqich kelishigidagi shaklini boshqara oladi. Ammo eski turkiy tilda olm oshning III shaxsi va boshqa turlari ham qaratqich kelishigi shaklida
kelgan: Am y birla urushdi (M K ). Bularmij bilásán qatil ham qanl
(Q B / Kimifj bilá qash bolsa (M K ). H atto bu ko‘m akchi eski vosita va o ‘rin kelishigi shaklidagi so‘zlarni ham boshqargan: Tunla
bilá kechálim (M K). Taijda bilá kersá meni ordák (M K).
Naru (nari) va kázin ( >keyin) ko‘makchilari hozirgi zam on
tilida chiqish kelishigidagi so‘zni boshqarsa, eski turkiy tilda o ‘rinpayt kelishigi shaklidagi so‘zni ham boshqara oigan: sániqdá kázin
(QB). Bu yerdin naru (QB).
Q adim gi va eski turkiy tilda ham da eski o‘zbek tilida ko‘makchi hisoblangan iek //d e k hozirgi o'zbek tilida ravish yasovchi
affiksga aylandi va so‘zlarni boshqaruv munosabatiga kiritish
vazifasini yo‘qotdil .
Kelishik shakllari orqali boshqarish eng mahsuldor usuldir.
Bu usul bilan boshqarish kelishik shakllarining taraqqiyoti va ulami
boshqargan so‘zlaming m a’no taraqqiyotiga bog‘liqdir2.
Bosh va qaratqich kelishigidan boshqa kelishikdagi ot va ot
m a’nosidagi so‘zlar fe’l yoki belgi bildiruvchi so‘z turkum lari
tom onidan boshqariladi.
Kelishik affikslari orqali boshqarish usuli taraqqiyotida quyidagi
Do'stlaringiz bilan baham: |